Dastlab soliq
to‘lovchi tomonidan ma’lumotnoma detallaridan soliq turi,
hisobot turi, yili, davri, suvdan foydalanish yoki suvni
iste’mol qilish joyidagi
soliq organlari tanlanadi.
Xususan,
iqtisodiyotning
barcha
tarmoqlaridagi
korxonalar,
shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan foydalanilgan suv
hajmining manbalari tanlanadi (4 va 5-ustun) hamda soliq solinadigan
suvning taxmin qilinayotgan hajmi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.
Soliq solinadigan suvning
taxmin qilinayotgan hajmi
to‘g‘risidagi
ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilgandan so‘ng 6-7-ustunlarda avtomat tarzda
shakllangan soliq stavkalari asosida hisoblangan soliq summasi yer usti
hamda yer osti manbalari
bo‘yicha 9 va10-ustunlarda
aks etib, jami soliq
summasi 8-ustunda avtomatik shakllanadi.
E
’tibor bering, soliq to‘lovchilar yer usti va yer osti manbalaridan olib
foydalanilgan suv resurslari hajmlarining alohida hisobini yuritadi.
Suv resurslarining yer usti va yer osti manbalaridan suv keladigan
vodoprovod
tarmog‘idagi suvdan foydalanilganda, soliq bazasi manbaning
har bir turi
bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Misol uchun, Toshkent shahri bo‘yicha kelib tushadigan suvning nisbati
90,2 foizi yer usti hamda 9,8 foizi yer osti manbalaridan olingan.
Soliq
to‘lovchilarga suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliqni
hisoblab chiqarishda turli maqsadlarda foydalaniladigan suv resurslari
hajmining hisobini alohida-alohida yuritish imkoniyati yaratilganligi bois,
sanoat korxonalari,
elektr stansiyalari, kommunal xizmat
ko‘rsatish
korxonalari, avtomoykalar, alkogolsiz ichimliklar hamda pivo va vinodan
tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar
yuqorida keltirilgan
tartibda
ma’lumotnomani to‘ldiradilar.
Asosiy faoliyati qishloq
xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘lmagan
korxonalar tomonidan qishloq
xo‘jalik yerlarini sug‘orish va baliqlarni o‘stirish
(yetishtirish) uchun foydalanilgan suv hajmi
to‘g‘risidagi ma’lumotlar agarda
sug‘orish ishlari suv o‘lchash uskunalarisiz amalga oshirilgan bo‘lsa, hisobot
shaklining
0701-satri
4-ustunida,
suv
o‘lchash uskunalari orqali
foydalanilganda, hisobot shaklining 0702-satri 4-ustunida
ko‘rsatiladi.
Hosil
bo‘lgan yillik soliq summasi teng ulushda to‘rtga bo‘linib,
9-10-ustunlarning 0801-0804-satrlarida avtomat tarzda shakllanadi.
Shuningdek, Soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash
miqdorining ikki yuz baravaridan
ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar
tomonidan
oylik
(10608_6-kod)
Dostları ilə paylaş: