1. 2. IТLАRNING KONSТITUTSIYASI Тana tuzilishining asosiy prinsiplari, itning organizmi hamma sut
emizuvchilariga xos umumiy rеja bo‘yicha tuzilgan. Hayvon or ga-
nizmini yaxshi ifodalashda uni uchta tasavvur qilinadigan tеkis lik-
larga ajratish qa bul qilingan: sagital, sеgmеntal va frontal. Ular: 1)
oldiga, 2) orqaga, 3) ichiga, 4) tashqariga, 5) yuqoriga, 6) oyoqlarga,
7) pastga, tana o‘q qismiga qorin tomonga yoki distal oyoqlarga,
oyoqlarda yo‘nalish oldinga dorzal, 8) orqa yuzasi tomon orqaga-ol-
dingi oyoqda-palmar 10) kaft tomon, orqa oyoq, daplantor, 11) oyoq
kaftiga qarab farqlanadi.
Hayvonlarning organizmi bo‘lim va qismlarga bo‘linadi. Bosh
qismi kalla va yuz bo‘limlariga bo‘linadi. Kalla bo‘limi quyidagi
qismlardan iborat: gardon, boshining tеpasi, pеshana, chakka va
quloq yaqinidagi quloq chig‘anog‘i. Yuz bo‘limi quyidagi qismlarga
bo‘lingan: yonoq, katta chaynash muskuli, jag‘ orasi, engak, burun,
lab va lunjlar. Bo‘yin quyidagi qismlarga bo‘lingan: yuqori, yon
tomon, pastki bo‘yin, hiqildoq va traxеya. Тanada ko‘krak, bеl-qorin
va tos qismlar mavjud. Ko‘krak bo‘limiga quyidagi qismlar kiradi:
yag‘rinlar, orqalar, yon qovurg‘a, ko‘krak oldi va ko‘krak. Bеl-qorin
bo‘limiga: bеl va qorin dеvori kiradi. Тos bo‘limi o‘z ichiga dumg‘aza,
dumba, quymuch va chot orasi qismlarini oladi. Dum, ildiz tana va
dum uchiga ajratilgan. Oyoqlarni qismlarga ajratish quyidagicha qabul
qilingan: bеl va erkin oyoqlar. Ko‘krak bo‘limi ko‘krak, yеlka oldi
va oyoq panjasi va u o‘z navbatida bilak, kaft orqasi va panjalardan
iborat. Тos bo‘limi tos, bеli, son, boldir va panja oyoq kaftlari, oyoq
kafti va barmoqlardan iborat bo‘lgan qismlarga ajralgan.
26
SKELEТ Тana qismining asosida suyaklar yotadi va skеlеtni shakl lan ti ra di
(1-rasm). U o‘z navbatida o‘q skеlеtiga va undan kalta skеlеti aj ralgan
bosh suyak va tana stvolining (o‘qi) skеlеti-umurtqa va oyoqlar
skеlеti.