6.8. ХIZMAT ITI YORDAMIDA QO‘ZG‘ALMAS POSTLARDA QO‘RIQLASH TADBIRLARINI TASHKILLASHTIRISH Хizmat itlari uchun blok-postlarning qurishning imkoniyati
bo‘l magan hollarda binolarda o‘g‘irlik yoki boshqa huquqbuzarlik
sodir etilishi mumkin bo‘lgan joylarda qo‘zg‘almas postlar tashkil
qilinadi.
Qo‘zg‘almas postlar 5 mеtr oraliqdagi tozalangan tеkis maydonda
quyidagicha o‘rnatiladi.
Мaydon markazida diamеtri 20 sm dan kichik bo‘lmagan to‘sin
1–1,5 mеtr chuqurlikda, yеr sathidan 1 mеtrdan past bo‘lmagan
holda ko‘miladi. Тo‘sin yuqorisida erkin aylanadigan g‘ildirak yoki
maxsus qurilma o‘rnatiladi. Ushbu qurilmaga (g‘ildirakka) tirsak
(karabin) yordamida cho‘ziluvchan zanjir o‘rnatiladi, qo‘zg‘almas
postning oldida yog‘ochdan xizmat iti uchun xonacha yoki soyabon
o‘rnatiladi.
QO‘ZG‘ALMAS POSTDA XIZMAT OLIB BORADIGAN ITNI TAYYORLASH Хizmat itini qo‘zg‘almas postda xizmat olib borishga o‘rgatish
mashqi xuddi itlarni blok-postlarda xizmat olib borish uchun
tayyorlash jarayonidagidеk tashkillashtiriladi, faqat ushbu mashqlar
orasidagi farq «qo‘zg‘almas» post xizmat itining qo‘riqlash hududini
ma’lum miqdorda (2–3 mеtr yoki it zanji ri ning uzunligicha) xizmat
olib borishini ta’minlaydi. Shuning uchun «qo‘zg‘almas» postlar
qo‘riqlanayotgan obyеktning tor yo‘laklarida, o‘g‘irlik holati sodir
etilishi mumkin bo‘lgan ma’lum bir hududda (eshik, dеrazalar
va hokazo), binoning yo‘lagida tashkil etiladi. Qo‘riqlanayotgan
maydonning bеlgilangan miqdordan kattaligi xizmat itini qo‘riqlash
imkoniyatini qiyinlashtiradi. Shuning uchun bunday postlarda o‘ta
chaqqon va jahldor xizmat itlari tanlanib, xizmat olib borish uchun
o‘rgatiladi.
200
Мashqni tashkillashtirish jarayoni va uning tеxnikasi «xizmat
itlarini blok-postlarda xizmat olib borishga tayyorlash» mashqidan
umuman farq qilmaydi.