18
Individual suhbat jarayonida ishtirokchiga asosan quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi:
Sizda, oilaviy (ota-onangiz, turmush o‘rtog‘ingiz, farzandingiz yoki boshqalar bilan) yoki ishda
(rahbar yoki hamkasblaringiz bilan) qanaqadir muammolar bormi? Treningda ishtirok etishga sizni
nima majbur qilyapti? Treningdan nima kutyapsiz? Trening sizga nima beradi deb o‘ylaysiz?
Bundan tashqari ishtirokchining individual-pisixologik xususiyatlarini aniqlash maqsadida
psixologik metodikalardan (Ksttel, Lyusher testi, Sub’ektiv nazorat darajasini aniqlash metodikasi
(SND) va turli proektiv testlardan) foydalanish mumkin. Ba’zi hollarda (agar ishtirokchilarning
psixikasi va xulqida jiddiy o’zgarish borligi sezilsa) MMPI so'rovnomasining moslashtirilgan
shaklidan foydalanish ham maqsadga muvofiq bo‘ladi. Individual suhbat natijasida trener
guruhning har bir a ’zosi haqida m a i u m bir informasiyaga ega b o i i s h bilan birga, guruhning
umumiy ahvoli haqida ham tasawurga ega bo‘ladi. Bu ma’lumotlar unga guruhning muammosi
yuzasidan o‘tkaziladigan trening dasturini tuzishda katta ahamiyatga ega boiadi.
Individal suhbat oxirida trener iloji boricha bo‘lajak ishtirokchining “Men haqimda nima deya
olasiz?”, “Test natijasi qanaqa chiqdi?” degan savollariga javob berishdan qochishga harakat qilishi
lozim. Chunki bunday maTumotlaming ishtirokchi hukmiga havola etilishi ishtirokchida turli
o'zgarishlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Trening gumhlarini yig‘ ishda yana quyidagi holatlami ham hisobga olish lozim: - Psixologik
trening mashg‘ulotlarida (nogironlar bilan o‘tkaziladigan maxsus treninglami hisobga olmaganda)
tashqi jismoniy kamchilikka ega boigan va psixik holatida buzilishlar bo‘lgan kishilar ishtirok
etmasligi lozim. Negaki, bunday holatlarda aynan shunday kamchilikka ega boiganlarda aks ta’sir
etish ehtimoli kuchliroq boiishi har qanday mutaxassis uchun tushunarli bo’sa kerak.
- Trening mashg‘ulotlari uchun moijallangan gunihlarga imkon boricha, muammosi bir xil
boTgan ishtirokchilami to‘plash kerak.
- Trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish boiishlari lozim.
- Har b ir ishtirokchi o ‘zi uchun o ‘zi pul t o i a s h i shark Bu hoi ishtirokchilarning treningda
qatnashishidagi tashkiliy jarayonlarda yordam beradi va ulaming motivasiyasini kuchaytiradi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, bu jarayonlami tashkil etish trenerdan katta mahoratni,
ayniqsa psixologik bilim, ko’nikma va malakani ham talab etadi. Shuning uchun trener shaxsiga
qo’yiladigan talablar doirasida bunga ham e’tibor qaratish lozim.
Dostları ilə paylaş: