Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Rolli o‘yinlarni o‘tkazish bosqichlari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/122
tarix28.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#90655
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   122
I. psixologik trening haqida tushuncha. Uning maqsad va vazifala

 
8.2. Rolli o‘yinlarni o‘tkazish bosqichlari
• Rolli о yinlar о tkazilishi uchun ma’lum bir vaqt belgilanishi kerak, belgilangan vaqt 
ishtirokchilarga e Ion qilinadi va trener tomonidan nazorat qilib boriladi; 
• O ‘yin qoidalarini o ‘yinning mohiyati va mazmunini tushuntirmasdan oldin tanishtirish 
maqsadga muvofiq va bunda eng yaxshi usul — har bir ishtirokchi qoidalarga rioya qilishini 
og‘zaki tasdiqlashi lozim;
• Trener o‘yin qoidalaridan so‘ng o‘yin maqsadini (nima uchun bu o‘yinni o 
‘tkazayotganligini) tushuntiradi. O ‘yinning mazmuni o 'q ib beriladi yoki u aks etgan f kartochka 
ishtirokchilarga tarqatiladi va ularga o'zini tutishi lozim bo‘lgan ma’lum bir vaziyat yoki holatlar 
taklif etiladi;
• Rolli o‘yin tugaganidan so‘ng hosil qilingan tajriba muhokama qilinadi. Trener rolli o‘yin 
qatnashchilariga fikrlarini bayon qilishlari uchun ko‘maklashadi.
• Fikrlami bayon etish ham qoida asosida — ma’lum tartib va shaklda amalga oshiriladi, 
bunda har bir qatnashchining o‘z kechinmalari va fikrlarini bayon qila olishi juda muhimdir, buning 
uchun trener o'yin jarayonida qatnashchilarda namoyon boTgan har bir hissiyotning yuzaga 
chiqishini qo'llab-quvvatlab, rag'batlantirib borishi zarur;
• Agar o‘yin qatnashchilaridan birortasi o‘z kechinmalari bilaq o’rtoqlashishni istamasa, uning 
bu istagini albatta inobatga olish kerak, lekin o‘yindan« keyingi o'tkaziladigan psixogimnastik 
mashqlarda uning bu holatini yo’qotishga e’tibor berish kerak.
8.3. Rolli o‘yinlarni o'tkazish qoidalari
Qoidalar nafaqat o‘yinga, shuningdek uning yakunlarini muhokama qilishga ham tegishlidir. 
О‘yin qoidalari o'yinning mazmunidan kelib chiqqan holda ishlanadi, bunda o‘yindagi o‘zaro 
munosabatlar va tajriba almashishga katta ahamiyat berish zarur.
1. O‘yinda qatnashayotganda har bir ishtirokchi o ‘zini samimiy tutishi va o'zgalar bilan ham 
samimiy munosabatda bo‘lishi, shuningdek unga taklif qilingan rolga mas’uliyat bilan yondashishi 


51
lozim.
2. Natija va tajribalami o‘rtoqlashayotganda ishtirokchilaming likri treneming fikriga mos 
kelmagan holatlar bo‘lganida, trener o‘z fikrini o‘tkazishga harakat qilmasdan, ulaming nuqtai-
nazarini hurmat qilishi zarur.
3. О yin va muhokama jarayonida hamma bir-birining fikrini bo’lmasdan, diqqat bilan eshitib, 
boshqa ishtirokchilaming o‘yin jarayonida nimalami his qilganligini tushunishga harakat qilishi 
zarur.
4. Muhokamada barcha ishtirokchilar faqatgina o‘z kechinma va hissiyotlari liaqida gapirishi, 
boshqalaming xatti-harakatini taxlil qilmasligi sham Ulaming fikrini, tajribasini o'zidan eshitgan 
ma’qulroq. 
Rolli o'yinlar trening jarayonida eng foydali va asosiy usul ekanligi ma’lum. I.ekin shu bilan 
birga t a ’kidlab o ‘tish lozim, uni o ‘tkazish va o ’zlashtirish ham trener uchun, ham ishtirokchilar 
uchun qiyinroq kechishi tabiiydir. Quyidagi tavsiyalar bu usulning foydaliligini va samarasini 
oshirishga yordam beradi: 
• Treningni dastlabki kunlarida rolli o‘yinlarga ko'ngilli, sergap va faol ishtirokchilami tanlab 
olish lozim; 
• Treneming o‘zi ham bosh rollardan birini ijro etishi maqsadga muvofikdir;
• Ishtirokchilarga qaysi yo‘nalish bo’yicha harakat qilishlari lozimligini tushuntirish yoki 
ulaming ishni boshlab olishlari uchun birorta ssenariyni taklif etish kerak;
• Ishtirokchilarga instruksiya berishda turli xil "rekvizit"lar — ro'mol, sharf, do‘ppi, ismlar 
yozilgan kartoclikalar, pariklar va h.k.lardan foydalanishlari mumkinligini aytish kerak;
• Trener imkoni boTsa, vaziyatni yumor bilan to'ldirishga harakat qilishi lozim; 
• Butun guruhni juftliklarga boTib tashlash va har bir juftlik hayotiy vaziyatlardan kelib 
chiqib, ma’lum bir sahnani (masalan, ota-o‘g‘il kabi rollar) ijro etishini so‘rash kerak.
• Shu tarzda butun guruh oldida mavjud bo'lgan xijolatpazlik, bir-bindan uyalish kabilar 
yo‘qoladi. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin