68
savollariga javob yozmagan holda qaytib berishlarining oldini olishdir.
Treningni yakunlash bosqichini tashkil etish trenerdan chuqur bilim va juda katta mahorat
talab etadi. Bu jarayonda u ishtirokchilarga nisbatan mehrini va hissiyotlarini ochiq ifodalash
imkoniga ega bo‘ladi. Quyida yakunlash bosqichini о tkazishda nimalarga e tibor berish lozimligi
haqida ayrim tavsiyalar havola etiladi.
Bu jarayonda treneming vazifasi nimalardan iboratligini ko‘rsatib o'tish lozim.
- trening yopilishini yuqori hissiy toTqinlarda yakunlash tadbirini tayyorlash va o‘tkazish har
bir ishtirokchiga o‘z hissiyotlarini ifodalash uchun qulay sharoit yaratish
- ularga birgalikdagi faoliyatlari uchun o'zaro tashakkur bildirishlariga imkon berish
- ulardan bo‘lib o'tgan trening samarasi haqida fikrlarini so‘rash
- hamda ishtirokchilarga nisbatan o‘z moyilligini namoyon etish.
Albatta, har qanday trening mashg‘ulot ishtirokchilarida katta taassurot qoldirishi va ular
uchun ma lum bir samaraga ega boTishi mutaxassislarga ma’lum. Lekin treneming o‘zi o‘zidan
qoniqish hosil qilishi uchun mashg‘ulotnmg ayrim jihatlarini aniq yakun topganligini bilib olishi
zarurki, bu unga keyingi guruhlar bilan ishlash jarayonida asqotadi.
Trener “qayta aloqa”ni amalga oshirishida bir qancha usullar mavjud boTib, ulardan eng
asosiylarini sarrnb o‘tamiz:
Poster - bu juda oddiy texnika boTib, trening mashg‘ulotining boshida trener xonaga 2 - 3ta
plakat joylashtiradi va bu plakatlarga ishtirokchilar o‘z kutuvlarini yozadilar, treningni yakunida esa
trener va ishtirokchilar birgalikda bu kutuvlaming mohiyati hamda ulaming amalga oshganlik
darajasini muhokama qiladilar.
Kutuvlar daraxti - bu juda rang-barang texnika bo’lib, treneming oldindan tayyorgarlik
ko‘rishi talab etiladi, ya’ni trener oldindan turli rangli kartochkalar (stiker), katta vatmanga
chizilgan daraxt rasmini tayyorlab qo'yadi va guruhni 3-4 ta kichik guruhchalarga boiadi. Har bir
guruh o‘z kutuvlarini daraxt barglari shaklida qirilgan kartochkalarga umumlashtirib yozadi va
oldindan chizilgan daraxtga yopishtirib chiqadi. Agar ishtirokchilaming soni kam bo‘lsa, u holda
har bir ishtirokchiga o‘z kutuvini alohida yozish taklif etiladi. Mashg‘ulotlar yakunlanganidan so‘ng
anketa savollari yig‘ib olingach, trener “Kutuvlar daraxti”ni yana doskaga yoki ko'rinarli
joylashtiradi va ishtirokchilarga turli xil mevalar shaklida qirqilgan stikerlami tarqatadi.
Ishtirokchilarga mashg'ulotlarga kelishdan maqsadlari yoki birinchi kunda o‘zlari kutgan kutuvlari
mashg'ulot jarayonida amalga oshgan-oshmaganligini qayd etish so‘raladi. So‘ng bu “mevalar”
daraxtning shoxlariga yopishtiriladi. Trener dastlabki kutuvlar darxt barglari boTgan boTsa,
kutuvlaming amalga oshiganligi, erishilgan natijalar go‘yoki daraxt mevalari ekanligiga nisbat
beradi va “meva’Targa yozilgan fikrlami o‘qib, guruh bilan birgalikda muhokama etadi.
Dostları ilə paylaş: