Начальник школы подготовки сержантов юзово


Ikkinchi muammo – to‘liq bo‘lmagan nazorat



Yüklə 374,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix29.03.2023
ölçüsü374,96 Kb.
#90939
1   2   3   4   5
Serjantlar tayyorlash maktabi

Ikkinchi muammo – to‘liq bo‘lmagan nazorat. 
Hattoki qo‘lda boshqariladigan UUA ni ham, sputnikli aloqa kanalini o‘chirish 
va boshqaruvni o‘z qo‘liga olishi mumkin. 
Narx qiymati. UUA ning loyihalashtirish va qurilish tarmog‘ining o‘n yildan 
buyon 
rivojlanishiga 
qaramasdan
“narx qiymati-sifat” qismiga nisbatan 
muvaffaqiyatlarga erishish bo‘lmadi. 
Ishlab chiqaruvchilar o‘z “dronlar”ini faqat katta narxlarda ishlab 
chiqaradilar. Ushbu holatda ularning samaradorligini oshirishda ancha kamchiliklari 
borligi ko‘zga tashlanadi va zamonaviy mahaliy nizolarga to‘g‘ri kelmaydi. 
YAna bir echimi topilmagan muammolardan biri bu operatorga uchuvchisiz 
apparatdan signalning etkazilishidir. Hamma muammo shundaki, UUA va operator 
o‘rtasidagi uzoq masofa signalning o‘z vaqtida etkazilish tezligiga to‘sqinlik 
qilishidadir. Hattoki, kuchli texnologiyasiga qaramasdan AQSH ning eng zamonaviy 
sputnigi ham signalni bir zumda etkazib berolmaydi. Bir necha soniya ichida okean 
orqali “uchib keladigan” signal vaqtida operatsiya o‘tkazish hududidagi holat 
shunchalik o‘zgarishi mumkunki, raketadan terrorist emas, balki mahaliy aholi 
yakson qilinishi mumkin. 
SHunday holatlar ma’lumki, UUA uchun o‘tkazilayotgan to‘ylar nishonga 
aylangan. Bu holat agentura razvedkalarining etarli darajada yaxshi bo‘lmaganligi, 
UUA ni harbiy operatsiyalarni o‘tkazishda tez-tez qo‘llashnilishi va xalqaro 
huquqning noto‘g‘ri talqin qilishi haqida xabar beradi.
Raqamlarga qaytamiz. 
Xozirgi vaqtda AQSHning HHK va boshqa yordamchi xizmatlari o‘z 
ixtiyorida zarba beruvchi UUAlar bilan boshqara oladigan ikki mingtadan ortiq 
xodimlariga ega.
AQSHning HHK, Pentagon harbiy maqsadlari uchun ishlatiladigan dronlar 
miqdorini sanab chiqib kadrlarning etishmasligidan vahimaga tushdilar.
Ko‘p miqdorli UUA ni boshqarish uchun, tayyorgarlikning o‘ziga xos 
xususiyatlari ya’ni, ish hajmining kattaligini hisobga olib, kamida 15 ming xodimni 
yollash va o‘qitish talab qilinadi. SHuningdek AQSH da jangovar UUA ni boshqarish 
qiyinlashib bormoqda. 
SHunga qaramasdan, UUA ning operatorlari rasmiy holatda jangovar 
uchuvchilar qatoriga tenglashtiriladi, lekin xizmat pog‘onasida ko‘tarilishlari amalda 
kuzatilmagan. 



Bundan tashqari ba’zi bir holatlarda operatorlarning kichik ruhiy bebarqarorligi 
aniqlanadi, manitorga qarab va bo‘yruqlarni bajarishiga qaramasdan u asta-sekin 
ayibsiz insonlarni o‘ldirayotganligini anglab boradi va ko‘pgina operatorlar bunday 
yuk bilan yashay olmaydilar. YAna raqamlarga murojat qilamiz: faqat 2013 yil 
hisobida UUA larning operatorlari sababsiz o‘z jonlariga qasd qilishining 25 ta holati 
qayd etilgan.
Kundan kunga Amerika harbiy boshqarmasini hamda amerikaliklarni ushbu 
qurolni qo‘llamaslikka ishontirish qiyin bo‘lmoqda, shuning uchun ajab emaski shu 
yildan boshlab osmonimiz oxirigacha ishlab chiqilmagan bu texnologiyadan holi 
bo‘lsa.
UUAning zaif joyi – bu radioelektron kurashishning maxsus qurilmalari bilan 
GPS kanalini bostirilishi. Og‘irligi 10 kg yaqin bo‘lgan bunday shovqinni 
pasaytiruvchi moslamalar (glushitellar) 150 kmgacha samarali bosish radiusiga ega. 
Garchi hozirgi vaqtgacha Afg‘onistonda Amerika UUAlari o‘zini erkin his qilsalarda 
ularning zaifligi oddiy shaxsiy kompyuterdan kam emas.

Yüklə 374,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin