vakillarining XI asrda aytgan o‘zaro qasamyodlarini tarqoqligini
bartaraf qilish
uchun birinchi qadam qo‘yildi.
Bibliya. Bibliya Yaxudiylik va Xristianlik dinlari talimotiga ko‘ra u Xudo
tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o‘zida jamlagan
muqaddas kitoblar majmuasidir.
Uning tarkibiga kirgan yaxudiy diniga talluqli kitoblar “Qadimiy axd” deb, xristian
talimotiga tegishli kitoblar “Yangi axd” deb nomlanadi. Yaxudiy va Xristian
bibliyalari bir-biriga mos kelmaydi. Yaxudiylarning
muqaddas kitobi Qadimiy
Isroil va Qadimiy Yaxudiylarning diniy talimot va urf-odatlari asosida eramizdan
avalgi XIII davrda yozilgan bo‘lsa, Xristianlarning kitobi esa eramizning
boshlarida vujudga keldi. Yaxudiylar Xristianlarning
kitobini muqaddas kitob
sifatida tan olmaydilar Xristianlar esa Yaxudiylarning kitobini muqaddas kitob
sifatida tan oladilar.
Bibliya so‘zining grekchadan tarjimasi
biblia - kitob, o‘ram ma’nolarini anglatadi.
Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida esa 66
kitobdan iborat. Yaxudiylarning yana bir diniy
manbasi Talmudning xabar
berishicha Qadimiy axdda 24 ta kitob bo‘lishi kerak. Qadimiy yaxudiy tarixchisi
Iosif Flafiyning aytishicha 22 ta kitob bo‘lishi kerak. Protestantlar va yaxudiylar,
Trident Soboridan keyin (1545-1563) katoliklar ham qadimiy axd tarkibiga 45 ta
kitob kirgizadilar. Bu son bilan yuqorida keltirilgan son o‘rtasidagi tafovutni
keyinchalik ba’zi kitoblar bir necha mustaqil kitoblarga bo‘linib
ketganligi bilan
izoxlash mumkin. Masalan, “Musoning besh kitobi” avval bir butun bo‘lib,
keyinchalik beshta mustaqil kitobga ajratib yuborilgan, “kichik payg‘ambarlar
kitobi” 12 kitobga ajratib yuborilgan.
Yaxudiylar Qadimiy Axdni 3 qismga bo‘ladilar:
1.
birinchisiga “Musoning besh kitobi” - “Tora”(“Tavrot”);
2.
ikkinchisiga “Payg‘ambarlarning avvalgi va keyingi kitoblari (Netiim);
3.
uchinchisiga qolgan kitoblar (Ketubim)
Xristianla rQadimiy Axdni “Rivoyatlar kitoblari”, “Ta’limotlargakitoblari”ga,
“Payg‘ambar kitoblari”ga bo‘lishadi. UlarYangiAxdning 27 kitobini ham shunday
tasnif qiladilar. “Rivoyatlarkitoblari”ga “Injil” va “Xavoriylar faoliyati”
kitoblarikiradi.
“Ta’limotlar”ga
“Xavoriylarmaktublari”
kiradi,
“Payg‘ambarlarkitoblari”ga “Vaxy” kitobikiradi.
Bibliyaning kitoblari boblarga, boblar esa suralarga bo‘linadi. Uning hozirgi qabul
qilingan bo‘linishi Nenterberiya episkopi Stefan Langton (vafoti 1228 y.)
tomonidan kiritilgan. U 1214 yili lotin tilidagi matnni boblarga bo‘lib chiqdi va bu
narsa keyinchalik yaxudiy va yunon tillaridagi matnlarga ham joriy qilindi. Suralar
avval Santes Panino (v. 1541 y.) keyinchalik 1555 yilarda Robert Etenlar
tomonidan raqamlandi.
Tavrot. Musoga tegishli bo‘lgan, besh kitob “Tavrot”
deb ataladi va u quyidagi
kitoblarga bo‘linadi: 1) “Borliq” yoki “Ibtido”; 2) “CHiqish”; 3) “Levit”; 4)
“Sonlar”; 5) “Ikkinchi qonun”.
Injil. Injil - xushxabar ma’nosini anglatadi. Yangi axd tarkibiga kirgan Injil 4 ga
bo‘linadi. 1) Matvey injili; 2) Marko injili; 3)
Luka injili; 4) Ioann injili.
Dostları ilə paylaş: