4. Xristianlikning O’rta Osiyoga kirib kelishi.
Fanda xristianlik dinining Markaziy Osiyo hududiga kirib kelishi ikki yoʼl bilan
amalga oshgani eʼtirof etiladi. Birinchisi, milodning III asrlaridan to bugungi
kunga qadar xristianlikni targʼib etuvchi missionerlarning targʼibotchilik harakati
boʼlsa, ikkinchi yoʼl, mintaqaning Rossiya Imperiyasi tomonidan bosib olinishi va
xristian diniga eʼtiqod qiluvchi aholining ushbu mintaqaga koʼplab koʼchib kelishi
orqali amalga oshgan.
Zamonaviy Oʼzbekiston va Qozogʼiston hududlarida apostol Andrey
Pervozvannыyning diniy faoliyati ilk xristianlik tarixi manbalarida qayd etilgani
diqqatga sazovor. Buning dalili sifatida bugungi qadar saqlanib qolgan hind
xristianlarining “Foma qaydnomalari” va milodiy II–asrda tashkil topgan Markaziy
Osiyo cherkovi taraqqiyoti haqidagi tarixiy yozma manbalar xizmat qiladi. Hozirgi
Oʼzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʼiziston, Qozogʼiston va Sintszyan–
Uygʼur muxtoriyati (Xitoy) hududida arxeologik qazilmalar natijasida topilgan
koʼplab xristianlik yodgorliklari, jumladan ibodatxona va monastirlarning
harobalari, freskali ikona yozuvlari, matolarga bitilgan ikonalar (zandanachi), Injil
qissalari tasvirlangan keramiklar, boʼyinga osiladiganxoch va medallar hamda
xristianlik timsoli tushirilgan davlat tangalari ahamiyatga molik. Undan tashqari
minglab xoch tushirilgan qabr toshlar yoki qabr ustiga qoʼyilgan xochlar topilgan.
Yuqoridagilarning aksariyati IV – XIV asrlarga mansub deb topilgan.
Missionerlar faoliyati natijasida 280 yilda Talos (Marke) cherkovlari qurilib
boʼlgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 yildan),
Xorazmda va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlarida yepiskoplik, missiyalar
tuzilgan. Keyinchalik Samarqandda, Marvda (430 yillar), Hirotda (658 yillar)
yepiskoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar boʼlgan. IV asr
boshlarida tashkil etilgan Marv yepiskopligi, V asr boshida mitropoliyaga
aylangan. Xurosonliklar va sugʼdiyonaliklar zardushtiylar, monaviylar,
buddaviylar bilan bir qatorda xristianlar ham boʼlgan. Ular qoraxitoylar va
sosoniylarga qarashli yerlarda yashaganlar.
431 yilda Vizantiyadagi xristianlarning Efes soborida mojaro yuz berdi –
Nestorean oqimining xristianlari, hukmron din aqidalariga xilof ish qilgan deb
eʼlon qilindi. Shuni aytish joizki, Nestorianlar – Konstantinopol patriarxi
Nestorning izdoshlari boʼlib, (5–asr boshlarida) – ular Xristosning ilohiy kelib
chiqishi haqida gapirib, uning onasi Mariya Xudoni emas, balki insonni dunyoga
keltirib, uning tanasiga Xudo kirib olgan va shuning uchun laʼnatlangan deb
hisoblaydilar.
Markaziy Osiyoga ilk rus pravoslavlarning kirib kelishi XIX asrning 40–yillaridagi
Chor Rossiyasining Turkistonning shimoliy hududlarini egallashi natijasida
Turkistonga ruslarning koʼchib kelishi bilan bogʼliq. Har bir polkda maxsus
ruhoniylar boʼlib, askarlarning diniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida koʼchma
ibodatxonalar tashkil etilgan edi. 40–yillar oxiriga kelib doimiy ibodatxonalar
mahalliy paxsa uslubida qurila boshlaydi va 1850 - yili Kopalda birinchi muqim
ibodatxona bunyod qilinadi.
Ruslar joylashgan hududlarda kichik diniy qarorgohlar vujudga keladi. Dastlabki
qarorgohlar 1850–yillada Fort №1 (Aralsk shahri, Koraqalpogʼiston), Perovsk
(Qizil–Oʼrda, Qozogʼiston), Katta Olma–Ota tumani (Olma–Ota, Qozogʼiston),
Sergiopol (Ayaguz), Lepsin (Lepsinsk), 1860–yillarda Toshkent, Jizzax,
Samarqand, Chimkent, Avliyoota (Jambul), Toʼqmok, Katta–Qoʼrgʼonda rus
pravoslavlarining diniy qarorgohlari mavjud edi.
1871 - yilda Toshkent gospitali huzurida arxiepiskop Yermogen (Golubev)
tomonidan pravoslav qarorgohi taʼsis etilgan. Bu ibodatxona xozirgi Uspenskiy
kafedral sobori oʼrnida boʼlgan.
Dastlab Turkiston Orenburgning tarkibida boʼlganligi bois Tomsk yeparxiyasiga
boʼysingan. Koʼp oʼtmay mustaqil arxierey kafedraga aylanadi.
1869 - yil Turkiston mustaqil yeparxiyasini tashkil qilish toʼgʼrisida qaror qabul
qilingan. 1871 - yil Toshkent va Turkiston yeparxiyasini tashkil etish toʼgʼrisida
imperator farmoni chiqadi. Biroq mahalliy imperator amaldorlari Toshkentdagi
kafedra faoliyati diniy avtoritetni kuchaytirib asl siyosiy maqsaddan chalgʼitadi
deb qarshilik koʼrsatgan. General–gubernator fon Kaufman “Toshkentda na
arxiereylik, na jandarmiyaga oʼrin yoʼq” deb taʼkidlagan. Uning koʼrsatmasiga
binoan yepiskop kafedrasi qarorgohi Vernыy (1854 - yil asos solingan «Vernыy»
shaharcha, zamonaviy Olma–Ota) shahriga koʼchirilishi kerak edi. “Toshkent va
Turkiston” nomini olgan yeparxiya yepiskoplari markazdan tashqariga chiqib
boshqarish mantiqsizlik ekanligi va noqulay boʼlganligi bois koʼchishdan bosh
tortadi. Imperatorlik davrida Toshkent arxiereyasi kafedraning Toshkentda boʼlishi
uchun kurashganlar. Nihoyat 1916 yil oxirida arxiepiskop Innokentiy
(Pustыnskыy) harakatlari tufayli bu masala butunlay ijobiy yakun topgan.
Dastlabki cherkovlarning koʼpchiligi odmi boʼlgan va qoʼngʼiroqlari ham
boʼlmagan. Rus aholining koʼpayishi XIX asr oxirlaridan boshlab bir nechta
Rossiya cherkovlaridan qolishmaydigan cherkovlarning bunyod boʼlishiga olib
keldi. Ular orasida Toshkent Svyato–Preobrajenskiy (1888 - yili qurilgan, 1923 -
yili buzib tashlangan.), Vernыy (Olma ota)dagi Voznesenskiy (1907 - yili qurilgan,
1995 qayta tiklangan), Samarqanddagi Svyato–Aleksievskiy (1911 - yili qurilgan,
hozirda ochiq va qayta tiklanmoqda) soborlari alohida ajralib turgan.
Markaziy Osiyoga katolik va protestant yoʼnalishi vakillarining kirib kelishiga
1879 - yil 27 - martdagi Rossiya imperatorining maxsus qonuniga koʼra birinchi
jahon urushida asrga olingan nemis, polyak, eston, shved, litva, latish va boshqa
yevropalik askarlarning Turkiston oʼlkasiga surgun qilinishi turtki boʼldi. Bu oʼz
navbatida, yevropalik asirlar orasida diniy jamoalar tuzish hamda cherkovlar paydo
boʼlishiga olib keldi. Xorijliklarning bunday faoliyati asrimizning taxminan 20–30
yillariga qadar davom etdi. XX asr boshlariga kelib Turkistonda 6,03 million
musulmonga 391 ming pravoslav toʼgʼri kelgan yoki 5340 masjidga 306 cherkov
toʼgʼri kelgan. Bundan tashqari, 10,1 ming pravoslaviega mansub boʼlgan
staroobryadchilar, 8,2 ming lyuterchilar, 7,8 ming katoliklar, 17,1 mingga yaqin
boshqa oqimlarga mansub dindorlar va 26 ming yahudiy diniga mansub kishilar
tashkil etgan.
Ayrim maʼlumotlarga koʼra, XIX asr oxirlarida Toshkentda 2300 ga yaqin
katoliklar boʼlgan. Oʼsha vaqtda rim katoliklari jamoalariga Yustin Pranaytis
rahbarlik qilgan. Toshkentda birinchi katolik cherkovi 1912 - yilda qurila
boshlanib, 1917 - yilda bitkazilgan. Hozirgi kunda bu bino tarixiy obida sifatida
qayta taʼmirlandi.
Yurtimizda faoliyat olib borayotgan Arman apostol cherkovi eng qadimiy xristian
cherkovlaridan biri boʼlib, maʼlumotlarga koʼra, Oʼrta Osiyoda armanlar taxminan
III–IV asrlarda paydo boʼlganligi qayd etilgan. 1890 - yilga kelib ularning soni
3839 kishini tashkil etgan. XIX asr oxirlaridan boshlab Echmiadzin Sinodi
Turkiston oʼlkalarida ibodatxonalar qurishga qaror kilgan. Samarqand cherkovi oʼz
faoliyatini 1903 - yildan eʼtiboran boshlagan.
Oʼzbekistonda tarqalgan xristianlikning uch asosiy yoʼnalishidan biri
protestantizmdir. Keyingi oʼn yillikda mahalliy koreys millatiga mansub shaxslar
orasida protestantizm yoʼnalishiga qiziqish ortdi. Bunga, bir tomondan
koreyslarning oʼz qarindosh–urugʼlari bilan diydor koʼrishish va boshqa
maqsadlarda Janubiy Koreya, AQSh va boshqa rivojlangan davlatlarga borib
kelishlari omil boʼldi. Xorijda ular maʼlum bir diniy oqim taʼsiriga tushib,
Oʼzbekistondagi yaqinlariga ham mazkur oqim taʼlimotlarini targʼib qila
boshladilar. Shuningdek, Janubiy Koreya va AQShlik koreys millatiga mansub
shaxslar ham katta moddiy mablagʼga ega boʼlgan protestantizm yoʼnalishi
markazlari hisobiga mahalliy koreys millatlari ichida missionerlik faoliyatini olib
bordilar.
Oʼzbekistondagi
koreys
protestant
cherkovlarining
deyarli
barchasini
pyatidesyatniklik yoʼnalishidagilari tashkil etadi. Ibodat tarzlari protestantizmdagi
yoʼnalishlarda
bajariladigan
amallar
kabidir.
Hozir
Oʼzbekistonda
pyatidesyatniklik, baptistlik yoʼnalishidagi cherkovlar hamda birgina metodistlik
yoʼnalishiga oid cherkov faoliyat koʼrsatmoqda.
Oʼrta Osiyoda dastlabki adventist missionerlar XIX asrning boshlarida paydo
boʼlganligi haqida ayrim manbalarda qayd etilgan. Mazkur oqimning Toshkentdagi
birinchi jamoasi 1910 - yilda tashkil etilib, bir yil ichida uning tarafdorlari 150
kishiga yetgan. Jamoa 1912 - yilda yashirin yigʼilishlar uyushtirganligi sababli
tarqatib yuborilgan. 1917 - yildan soʼng umumiy soni 450 kishilik tarafdori bilan
Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand shahri va boshqa hududlarda
faoliyat koʼrsata boshlagan. Shu davr ichida oqim tarafdorlari koʼpayib, cherkov
rahbarlari saylandi hamda tashkiliy ishlar yoʼlga qoʼyildi.
Adventistlarning Janubi–sharqiy ittifoqi tarkibida 1925 - yili Oʼzbekistonda
adventistlarning Markaziy Osiyo boshqaruvi tashkil etildi. Uning birinchi qurultoyi
1926 - yilda oʼtkazilib, unda Butunittifoq adventistlar ittifoqi tarkibining beshinchi
ittifoqi sifatida qayd etildi. 1930–yillar oxiriga kelib dindorlar va ular qatorida
adventistlar jamoalari tarqatib yuborildi hamda taʼqib ostiga olinadigan boʼldi.
Barcha yoʼnalishdagi jamoalar yashirin faoliyatga oʼtib ketdi.
1976 - yil 26 - avgust kuni Toshkentda ilk bor adventistlar jamoasi davlat
roʼyxatidan oʼtdi. Shuningdek, adventistlarning Toshkent, Fargʼona, Samarqand,
Surxondaryo va boshqa viloyatlarda norasmiy jamoalari tuzila boshladi.
Ayrim maʼlumotlarga koʼra, 1967 - yili Toshkentda V.A.Shelkov boshchiligidagi
adventist–islohotchilar paydo boʼlgan va hozirgi davrga qadar faoliyati davom
etmoqda.
Turkiston oʼlkalarida ilk baptistlar jamoasi 1891 - yillarda paydo boʼldi. Toshkent
shahar boshqarmasi tomonidan 1909 - yil 2 - iyulda 60 kishilik baptist jamoalari
uchun ibodat uyi ochishga ruxsat berildi. 1911 - yil oktyabr oyida ‘Samarqand
jamoasi tuzildi.
1921 - yildan eʼtiboran Turkiston baptistlari orasida birlashish maqsadida
boshqaruv organini saylash uchun harakat boshlandi. Ushbu boshqaruv organi
1922 - yilda Toshkent baptistlar qurultoyida Markaziy Osiyo baptistlar ittifoqi,
soʼng Umumrossiya ittifoqi tarkibida Turkiston boʼlimi tuzildi.
1946 - yildan Oʼzbekiston hududida Yevangelchi xristian–baptistlar (EXB)
jamoasi sifatida qayd etildi, 1948 - yil oktyabr oyidan esa T.Penkov Butunittifoq
YeXB kengashining Oʼzbekistondagi vakili etib tayinlandi. 1930 - yillarga kelib
baptistlarning 6 jamoasi rasman qayd etildi. 1958 - yilga kelib Oʼzbekistonda
baptistlar soni ikki ming kishini tashkil etdi. Shu davr ichida norasmiy 32 ta jamoa
faoliyat koʼrsatgan.
1964 -yilda bu jamoalar norasmiy Markaziy Osiyo Yevangelchi xristian–baptistlar
cherkovlari kengashi markazini tuzdilar, keyinchalik «Osiyo janubi boʼyicha
baptist birodarlar kengashi» deb nomlandi. 1992 - yil noyabr oyida Moskvada
boʼlib oʼtgan baptistlarning 1–qurultoyida Yevangelchi xristian–baptistlar ittifoqi
federatsiyasi Yevro–Osiyo YeXB ittifoqi nomiga oʼzgartirildi.
Oʼzbekistonda
faoliyat
koʼrsatayotgan
Toʼliq
Injil
xristianlarining
(pyatidesyatniklik) asrimiz 20–yillari oxirlarida Toshkent shahrida birinchi
jamoalari tuzildi. 30–yillarga kelib ularning soni 950 kishiga yetdi. Ular tashkilot
sifatida qayd etilmagan boʼlsalar–da, Toshkent jamoasi markaziy oʼrin tutdi. 1945
- yilga kelib baptistlar va pyatidesyatniklar birlashishga qaror qildilar, lekin bu ish
toʼliq amalga oshmay qoldi. Mazkur tashkilot 1992 - yildan eʼtiboran rasmiy
faoliyat koʼrsatib kelmoqda.
Respublikamizda mavjud boʼlgan lyuteranchilik – lyuteranlar cherkovlari
tomonidan eʼtirof qilingan taʼlimotdir. Yevangelchi–lyuteranlar Oʼzbekiston
hududida 1877 - yildan buyon faoliyat koʼrsatib kelmoqda. 1884 - yildan
lyuteranlar ibodatlarini rasman amalga oshirganlar. 1890 - yilda arxitektor
A.L.Benua rahbarligida boshlangan cherkov qurilishi 1896 - yilning dekabr oyiga
kelib nihoyalandi.
Ayrim manbalar Oʼrta Osiyoda Iegova shohidlarining XX asrning 40–yillapida
paydo boʼlganligini bildiradi. Oʼsha davrda ular oʼzlarini «kanalistlar» deb atab
kelganlar.
Dostları ilə paylaş: |