12-mavzu. Buddaviylik va xristian dini tarixi va falsafasi Reja: 1


 Buddizmdagi oqimlar va O’zbekiston hududidagi buddizn yodgorliklari va



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix29.03.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#91041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
12-mavzu

2. Buddizmdagi oqimlar va O’zbekiston hududidagi buddizn yodgorliklari va 
ularning tadqiq etilishi. 
Ilk buddaviylikning dxarmalar tabiati haqidagi mavhum metafizik asoslari 
buddaviylikda ikki oqim “Xinayana” (kichik g’ildirak) va “Maxayana” (katta 
g’ildirak) yuzaga kelishiga olib keladi. 
Xinayana ta’kidlashicha dxarmalar tabiatini o’rganish va nirvanaga erishish 
ma’naviy yo’l bilan bo’ladi. Bu yo’l juda og’ir va faqat monaxlargina nirvana 
holatiga etishi mumkin. Maxayana esa Budda tanasi jonzotlarni azobdan qutqarish 
uchun turli jonzot formasiga kirishi mumkin va hayot zanjiridagi barcha uni 
o’rganishi, anglashi mumkin deydi. Bu narsa cheksiz Budda ramlarini, xudolarni 
kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu xudolarga ishonish yo’llari barchaga mumkin. Shu 
sababli “Katta g’ildirak” deb nomlanadi. 
“Dzen buddizm” V–VI asrlarda Xitoyda paydo boʼlgan mahayana yoʼnalishidagi 
maktablaridan biridir. Uning asoschisi afsonaviy rohib Boddxidxarma hisoblanadi. 
“Dzen” (lotincha – mediatatsiya, fikrni jamlash, diqqat bilan mushohada qilish) 
buddizmning asosiy xususiyatlari sifatida nazariyadan koʼra amaliyotga, diniy oʼgit 
va qonun–qoidalarni yodlash oʼrniga mushohada qilishga alohida eʼtibor 
berilishini, irratsionalizm va mistikaga moyillikni qayd etish mumkin. 
Dzen buddistlar “yoga” mashqlarini bajarish, jismoniy mehnat qilish, sanʼat turi 
bilan shugʼullanishga katta ahamiyat beradilar. Har qanday aqida va eʼtiqod 
shakllarini (hattoki, Buddani ham) inkor qilish, hech kimga taqlid qilmaslik va 
ruhiy erkinlikka erishish, “vaqt–abadiylik”, “subʼekt–obʼekt”, “hayot–oʼlim”, 


“haqiqat va yolgʼon”, “yaxshilik va yomonlik” kabi ziddiyatlarni bartaraf etishni 
kamolotga erishishning oliy yoʼli, deb hisoblaydilar. Dzen buddizmda tashqi 
olamdan uzilib, abadiy tashvishlardan chetlanish va fikrni bir nuqtaga jamlashga 
alohida eʼtibor beriladi va “satori” (sanskritcha – yilt etib koʼrinish)ni targʼib 
qilinadi. Trans holatiga tushgan kishining haqiqatga erishishi dzenning oliy 
maqsadi, deb bilinadi. 
“Dzen buddizm” barchani irqi, millati, diniy eʼtiqodidan qatʼi nazar, “hammaga 
mos jonli amaliy haqiqat” sirlaridan ogoh boʼlishga chaqiradi. Hozirda dzen 
buddistlar 10 milliondan ortiq, ularning 85 foizi Yaponiyada yashaydi. Unda ilgari 
surilgan gʼoyalarning bevosita “dildan–dilga” uzatilishi, insonning oʼz ruhiy 
mohiyati bilan yaqinligi, belgi va shakllarga qaram boʼlmaslik, yaʼni fikrning soʼz 
va belgilarsiz ifoda etilishi, insonning oʼz ichki dunyosiga murojaat qilishi orqali 
Budda kabi barkamollikka erishish mumkinligi haqidagi qarashlar ommaviy tus 
olgan. 
Hozirda Yaponiyada dzen ibodatxonalari diniy, siyosiy va madaniy markazga 
aylanib, yoshlar tafakkuri, turmush tarzi, faoliyatiga katta taʼsir koʼrsatmoqda. 
Ayniqsa, dzen sanʼati xitoy va yapon madaniyati anʼanalaridan biriga aylangan. 
Samuraylar dzen buddizm targʼibotchilari hisoblanadi. Dzenga “hammaga mos 
jonli amaliy haqiqat” deb taʼrif berishgan, yaʼni inson ichki dunyosi orqali haqiqat 
va barkamollikka erishishi mumkinligi eʼtirof etilgan holda qatʼiy tartib va maxsus 
ruhiy mashqlarga amal qilish talab etiladi. 
Bugungi kunda dzen buddizm Gʼarbiy Yevropa mamlakatlari, AQSh va Kanada 
yoshlari orasida keng tarqalganini qayd etish lozim. Shu asnoda mediatatsiya 
qonun va talablarini buzib talqin etish, mast qiluvchi ichimlik va narkotik 
moddalardan foydalanish orqali “nirvana”ga erishish mumkin, degan qarashlar 
ham keng yoyilib borayotganini taʼkidlash zarur. Yoshlarning bunday qarashlar 
taʼsiriga berilishi ularning turmush tarziga salbiy taʼsir koʼrsatib, nosogʼlom 
mayllarning kuchayishi, alkogolizm va narkomaniyaning chuqur ildiz otishiga 
zamin yaratmoqda. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin