Lamaizmning oliy diniy rahnamosi Dalay–Lama (tibetcha – “dengizdek ulugʼ
lama”) tugʼilgan mavjudotlarning eng ulugʼi, “boddhisattva”ning Yerdagi
koʼrinishi, tirik xudo hisoblanadi.
“Lamaizm” tibetliklarning asosiy dini hisoblanadi. Tibetda 3000 dan ortiq
buddaviylik ibodatxonalari mavjud. Shuningdek, lamaizm Rossiyaning, Buryatiya,
Tuva, Oltoy kabi hududlarida ham keng tarqalgan.
Buddaviylik miloddan avvalgi VI–V asrlarda Shimoliy Hindistonda vujudga
keldi. Bu davrga kelib ko‘p xudolikka asoslangan vedachilik, braxmanlik, jaynizm
yangi ijtimoiy sharoitga javob bera olmay qolgan edi. Buddaning bo‘ysunish va
itoatkorlik, azob–uqubatlardan qutulishning asosiy yo‘li, aql farmoniga bo‘ysunish
orqali inson oliy saodatga erishishi mumkinligi haqidagi g‘oyalari o‘sha davr
ijtimoiy–siyosiy va ma’naviy hayotini yorqin aks ettirar edi.
Baqtriya–Toxaristonning eng taraqqiy etgan madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan
Termizning madaniy–ma’naviy hayotida buddaviylikning o‘rni misolida ko‘rish
mumkin. Miloddan avvalgi 1–asrda Termizda buddaviylik ustuvor mavqega ega
bo‘ldi. Bunda shahar zadagonlarining buddaviylikni qabul qilishi va ibodatxonalar
qurilishiga homiylik qilishlari muhim ahamiyat kasb etgan. Qoratepa va Fayoztepa
ibodatxonalari eng katta sajdagohlardan hisoblangan. Ularda Buddaning loydan
yasalgan katta haykali va stupalar bo‘lgan. Ibodatxonalar odatda er osti va er usti
qismlaridan iborat bo‘lgan. Bu erda alohida stupalar ham mavjud bo‘lib, ular oq
marmardan mahorat bilan ishlangan Budda haykalchalari
bilan bezatilgan
“Zo‘rmala” stupasi mahobati bilan ajralib turgan. Stupalar bir necha balandlikda
to‘rtburchak shaklda bunyod etilgan. Stupa usti gumbazsimon qilib ishlanib, unga
yog‘och yoki toshdan yasalgan langar o‘rnatilgan. Bu langarlarda toshdan yasalgan
bir necha soyabon bo‘lib, buddaviylar uni “chatra” deb atashgan. “Chatra”
muqaddas daraxt timsolidir. Fayoztepa “vixara” (sanskritcha – kulba, boshpana,
buddaviy rohiblarning yomg‘ir mavsumi vaqtida yashaydigan kulba, hovli va
bog‘dan iborat bo‘lgan joyi) uslubidagi ibodatxona bo‘lib, uning markazida diniy
marosimlar o‘tkazilgan. Ibodatxona bilan yonma–yon joylashgan stupadan oltin
suvi yurgizilgan, sopol va marmardan yasalgan haykallar topilgan. Bu erdan
marmartoshdan nafis ishlov berib yasalgan muqaddas “Boddxa”
daraxti ostida
o‘tirgan Budda va uning ikki tomonida turgan ikki rohib haykali ham topilgan.
Qoratepa xarobasidan shimoliy Baqtriyadagi eng katta va mahobatli stupa
topilganini alohida qayd etish lozim. Bizgacha stupaning asosi hamda
zinapoyaning ikki tomonida joylashgan kichik stupalar, o‘sha davrga tegishli
yozuv namunalari saqlanib qolgan. Kushon podsholigining dastlabki poytaxti
Dalvarzintepa o‘rnida bo‘lgan. Kushonlar hukmdori Kanishka davrida
Dalvarzintepa shahar sifatida shakllanib, savdo–sotiq
markazlaridan biriga
aylangan. Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida joylashgan Dalvarzintepa
(qalinligi 10 metrgacha bo‘lgan qudratli mudofaa devori bilan o‘rab olingan qal’a
shahar) majmuasidan Budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan dahma,
shuningdek, oltin xazina to‘ldirilgan ikki yarim metrli sopol ko‘za topilgan. Bular
buddaviylikning o‘sha davr xalqlari ijtimoiy–ma’naviy hayotidagi mavqei va
boshqa mahalliy dinlar o‘rtasida egallagan o‘rnini ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyo xalqlari qadimgi tarixi va madaniyati rivojida buddaviylik
muayyan o‘rin egallaydi. Bunga Markaziy Osiyo hududida joylashgan
Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Ayritom mavzelaridan topilgan
arxeologik
qazilmalar, jumladan, Shakyamuni sanamlari, haykalchalar, ramziy
g‘ildiraklar va stupa qoldiqlari, shuningdek, marmardan yasalgan va juda yaxshi
saqlangan Budda haykali aniq dalolat beradi. Qadimgi
Termiz xarobalaridan
topilgan yirik ibodat majmuasida 25 ta Budda kompleksi (Buddaning tikka turgan,
o‘tirgan va yotgan holdagi haykallari 3–4 metrgacha balandlikda loy–ganchdan
ishlangan) borligi aniqlangan. Qoratepada topilgan arxeologik yodgorliklar er usti
va g‘or ichida joylashgan ibodatxona, saroy, rohib (zohid) uchun moslashtirilgan
hujralardan iborat bo‘lgan. Arxeologik qazilmalar natijasida topilgan yodgorliklar
buddaviylikning o‘sha davrdagi mavqei haqida xabar beradi. Shuningdek,
ajdodlarimizning yuksak moddiy madaniyati, dini, urf–odati, tafakkur tarzi
haqidagi tasavvurimizni boyitishga xizmat qiladi.
Hozirgi davrda buddaviylik Janubiy, Janubiy–sharqiy, Sharqiy Osiyo mamlakatlari
Shri Lanka, Hindiston, Birma, Tailand, Laos, Mo‘g‘uliston, Kambodja, V’etnam,
Xitoy,
Singapur, Butan, Nepal, Malayziya, Koreya, Yaponiya, qisman Evropa va
Amerika qit’asi, Rossiyaning Tuva, Buryatiya, Qalmiqiston kabi hududlarida keng
tarqalgan. 700 milliondan ortiq kishi buddaviylikning turli yo‘nalishlariga e’tiqod
qiladi. Hozirda buddaviylik Yaponiyaning davlat dini hisoblanadi. Xristianlik dini
buddaviylik va islom dinlari qatorida jahon dini hisoblanadi. Bu din o‘ziga e’tiqod
qiluvchilarning soni jihatidan jahon dinlari orasida eng yirigi hisoblanadi. Unga
e’tiqod qiluvchilarning soni 1 mlrd. 600 mln. bo‘lib, bu son dunyo aholisining
deyarli uchdan biriga to‘g‘ri keladi.
Xristianlik asosan Evropa, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya qit’alarida
hamda qisman Afrika qit’asining janubiy qismida va Osiyo qit’asining sharqiy
qismida tarqalgan.
Xristianlik eramizning boshida Rim imperiyasining
sharqiy qismida Falastin
erlarida vujudga keldi. Iso Masix (Iisus Xristos) Bibliyaning xabar berishiga ko‘ra,
xristianlik ta’limotining asoschisi bo‘lib, u Rim imperiyasi tashkil topganining 747
yili Falastinning Nazaret qishlog‘ida bokira qiz Maryamdan Xudoning amri bilan
dunyoga keldi. Yangi eraning boshlanishi ham Iso Masihning dunyoga kelishi
bilan bog‘liq.
Eramizning boshlarida yaxudiylar xokimiyatning uch tabaqasi bilan bog‘liq og‘ir
tushkunlikni boshdan kechirar edilar. Bir tomondan Rim imperatori va uning
joylardagi noiblari, ikkinchi tomondan Falastin podshoxi Irod Antipa, uchinchi
tomondan esa ruhoniylar xalqni turli soliqlar va majburiyatlar bilan ko‘mib
tashlagan edilar. Xuddi shu davrda yaxudiylar o‘rtasida kutilayotgan xaloskorning
kelishi yaqinlashib qolganligi haqida xabar tarqatuvchilar paydo bo‘ldi. Ular xalqni
kutilayotgan xaloskor kelishiga tayyorlash uchun chiqqan edilar. Shunda Iso Masix
yaxudiylikni islox qilish va uni turli xurofotlardan tozalash g‘oyasi bilan chiqib,
xristian diniga asos soldi. Yaxudiylar uni va uning izdoshlarini Falastindan quvg‘in
qildilar. Isoning 33 yoshida fitnachilikda ayblab qatl etishga xukm qildilar.
Муқаддас “Троитца”
Биби Марям иконаси
Isoning tarixiyligi xususida diniy va diniy bo‘lmagan
manbalar orasida ixtilof mavjud: xristianlik
manbalari Isoning o‘zi xudo bo‘la turib,
insoniyatning gunoxlarini o‘ziga
olish uchun odam
qiyofasida tug‘ilganini, uning tarixiy shaxs ekanini
ta’kidlab, uning hayot tarzini, insonlar bilan muloqoti
haqidagi keng ma’lumotlarni bersada, diniy
bo‘lmagan
manbalarda
Isoning
nomi
uchramaganligini nazarda tutib, u tarixiy emas, balki
afsonaviy shaxsdir deguvchilar ham bor.
Iso nomiga qo‘shiluvchi Masix so‘zi qadimiy
yaxudiy tili -
ivritdagi
“moshiax” so‘zidan olingan
bo‘lib, “silangan” yoki “siylangan” ma’nolarini
beradi. Grekchada bu so‘z “xristos” (“christos”)
shakliga ega. Bu dinning
“xristianlik” yoki
Dostları ilə paylaş: