12.2. Texnologiyalarni xalqaro uzatish shakllari va mexanizmlari
Xalqaro texnologik ayirboshlashga inson faoliyatining kuyidagi
to‘rt sohasi keng jalb qilinadi: - ilm-fan (tabiatni anglashning nazariy
336
qonuniyatlari); - texnik (tabiatni o‘zlashtirish tajribasi); - ishlab
chiqarish (moddiy neʼmatlarni yaratish); - boshqarish (ishlab chiqarish
va boshqa masalalarni hal etish bilan bog‘liq faoliyat). Texnologiyani
xalqaro uzatish huquqiy himoya bilan kafolatlangan. Jahonning
ko‘pchilik mamlakatlarida yangi texnologiyalar qator huquqiy
dastaklar yordamida himoyalanadi.
Patent — hukumatning mutasaddi organlari tomonidan ixtirochiga
beriladigan guvohnoma bo‘lib, u ixtirodan fovdalanishi monopol
huquqni beradi. Patentning amal qilish muddati 15-20 yil bo‘lib, u
berilgan mamlakat hududida amal qiladi. Patentdan foydalanish
huquqini saqlab turish uchun katta miqdordagi patent to‘lovini to‘lash
talab etiladi.
Litsenziya - texnologiya egasi (litsenziar) tomonidan manfaatdor
tomonga (litsenziatga) patent bilan himoyalangan yoki himoyalan-
magan texnologiyadan muayyan muddat va maʼlum to‘lov evaziga
foydalanish uchun beriladigan ruxsatnoma.
Kopirayt (taqdim etish huquqi) — adabiy, audio- va videoasar
muallifining o‘z ishini ko‘rsatish va taqdim etish huquqi.
Tovar belgisi — muayyan tashkilot belgisi bo‘lib, undan tovar
ishlab chiqaruvchini individuallashtirish uchun foydalaniladi. Tovar
belgisidan egasining rasmiy ruxsatisiz boshqa tashkilotlar tomonidan
foydalanish man etiladi. Ko‘pchilik hollarda tovar belgisi rasm, grafik
tasvir, harflar klaviaturasi, korporatsiya tashkilotchisi yoki egasining
ismi shaklida bo‘lishi mumkin. Agar tovar eksport qilinsa, tovar
belgisi importyor mamlakatda ro‘yxatdan o‘tishi zarur. Texnologiya-
larni xalqaro uzatish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
Patent shartnomasi - xalqaro savdo bitimi bo‘lib, unga muvofiq
patent egasi ixtirodan foydalanish huquqini xaridorga beradi. Odatda,
tor doirada ixtisoslashgan kichik firmalar ixtironi ishlab chiqarishga
joriy etish imkoniyatiga ega bo‘lmaganliklari sababli patentni yirik
korporatsiyalarga sotadilar. Litsenziya shartnomasi - xalqaro savdo
bitimi bo‘lib, unga muvofiq kashfiyot egasi texnologiyaga bo‘lgan
egalik huquqini xaridorga muayyan chegara va shartlarda foydalanish
uchun beradi.
“Nou-xau” — muayyan yutuqqa erishish imkonini beruvchi texnik
tajriba va ishlab chiqarish sirlarini taqdim etish. Ular texnologik,
iqtisodiy, maʼmuriy va moliyaviy xarakterga ega bo‘ladi. “Nou-xau”da
337
oldi-sotdi predmeti bo‘lib tijorat ahamiyatiga ega bo‘lgan patentlan-
magan ixtirolar xizmat qiladi.
Injiniring — xarid qilingan yoki ijaraga olingan mashina va
uskunalarni o‘rnatish hamda ishlatish uchun zarur bo‘lgan texnologik
bilimlarni taqdim etish. Injiniring loyihalarning texnik-iqtisodiy asos-
nomasini tayyorlash, maslahatlar berish, nazorat qilish, loyihalash-
tirish, tajriba o‘tkazish, kafolat davri va kafolat davridan so‘ng servis
xizmat ko‘rsatish kabi kompleks tadbirlarni qamrab oladi. Xalqaro
texnologiyani uzatish uch bosqichda amalga oshiriladi:
- texnologiyani tanlash va sotib olish;
- sotib olingan texnologiyani o‘zlashtirish va unga moslashish;
- fan-texnika chegarasida joylashgan texnologiyani takomillash-
tirish.
Xalqaro texnologiyani uzatishning quyidagi kanallari mavjud:
- tashqi savdo — texnologiyani mashina-uskunalar bilan birgalik-
da qo‘shib uzatish;
- ichki firma kanali — yangi texnologiyani transmilliy korpora-
tsiyalarning filiallari va “qiz” korxonalariga yetkazib berish; - firma-
lararo kanal. Xalqaro texnologiyalar uzatishning asosiy shakllaridan
biri litsenzion savdo bo‘lib, u litsenzion shartnoma asosida amalga
oshiriladi.
Litsenzion shartnomada litsenziya turi (patentli va patentsiz),
texnologiyadan foydalanish huquqi, xarakteri va chegarasi (oddiy,
istisnolik, to‘liq), ishlab chiqarish sohasi va territorial foydalanish
chegarasi belgilanadi.
Patentli litsenziya - patentdan foydalanish huquqini “nou-xau”siz
taqdim etilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Patentsiz litsenziya — ixtironing patentsiz “nou-xau”dan fovdala-
nish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Istisnosiz litsenziya - litsenziyalarga shu texnologiya ushbu
hududda joylashgan boshqa litsenziatlarga ham taqdim etish huquqini
qoldiruvchi litsenziya.
Istisnoli litsenziya — litsenziatning texnologiyadan foydalanish
monopol huquqini mavjudligini hamda litsenziarni ushbu hududda
patentlangan texnologiyalar va “nou-xau”lardan mustaqil foydalanish
va ularni sotishni rad etilganini nazarda tutuvchi litsenziya.
338
To‘liq litsenziya — shartnoma amal qilingan davrida litsenziar-
ning patent yoki “nou-xau”dan to‘liq foydalanish huquqini va listen-
ziarning ulardan mustaqil foydalanishdan voz kechishini belgilovchi
litsenziya.
Litsenzion to‘lov - litsenziat tomonidan shartnoma predmetidan
foydalanganligi evaziga litsenziarlarga to‘lanadigan taqdirlov. Litsen-
zion taqdirlash hajmi texnologiya narhi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi
va litsenziat foydasining bir qismini tashkil etadi. Texnologik jihatdan
afzallik yuqori foyda olishni taʼminlaydi. Texnologiyani sotish
jarayonida litsenziar yuqori foyda olish huquqini muayyan ulush
evaziga sotgan bo‘ladi. Foydaning mazkur ulushi litsenzion mukofot
bo‘lib, uning quyidagi turlari mavjud:
Royalti - shartnomaning amal qilish muddati davrida xaridor
daromadidan litsenziyadan foydalanishda oladigan foydasi hajmidan
kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan ajratmalar. Ko‘pchilik
hollarda royatli litsenziat tomonidan kelishilgan vaqt mobaynida (har
yili, har kvartal, har oy) qat’iy belgilangan foiz stavkasi ko‘rinishida
amalga oshiriladi. Royalti stavkalari asosan 3-5 % tashkil etadi.
Xalqaro amaliyotda qabul qilingan usul bo‘yicha royalti stavkasini
quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi;
t 7=1
bu yerda:
- litsenziya narxi;
- bir yildagi mahsulotning ishlab chiqarilishi yoki sotilishining
kutilayotgan hajmi;
Zi - i- yilda mahsulot birligining narxi;
T — litsenzion kelishuvning amal qilish muddati (yillarda);
Ri – i - yilda royalti stavkasi.
Royalti stavkasi yillar bo‘yicha o‘zgarib borishi hamda ishlab
chiqarilayotgan mahsulot hajmi va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lishi
mumkin. Bunda har bir yilga alohida maxsus hisoblash dasturi ishlab
chiqilishi mumkin va uning umumiy summasi listenziyaning umumiy
narxini ko‘rsatadi. Agar royalti foydaning bir qismi sifatida hisoblansa,
quyidagi formuladan foydalanish mumkin;
S ^ B G Щ i=]
bu yerda:
B, - litsenziar foydasi.
339
Litsenziat tomonidan texnologiyalarni yaratish litsenzion shart-
nomalarda narxlarni belgilashga taʼsir etuvchi muhim omillardan
biridir. Texnologiyalarni yaratish ehtimoli qanchalik yuqori bo‘lsa,
litsenziar tomonidan olinadigan mablag‘ shunchalik kam bo‘ladi.
Nazariy jihatdan litsenziat o‘zi texnologiya yaratish uchun zarur
xarajatlar hajmiga teng bo‘lgan mablag‘da litsenziya uchun pul
to‘lashi mumkin. Litsenziya to‘lovlari hajmiga texnologiyalarning
hayotiylik muddati va uni uzatish davrida o‘z hayot siklining qaysi
bosqichida ekanligi; litsenziatga belgilanuvchi cheklovlar xarakteri va
soni; uzatilayotgan axborotning huquqiy himoyasi darajasi (uchinchi
shaxsda patentlarning mavjudligi uzatilayotgan texnologiyaning
qiymatini oshiradi) taʼsir ko‘rsatadi. Yuqorida qayd etilgan omillarni
baholash qiyinchiligi noaniqlik va risk litsenzion muzokaralarni uzoq
muddatli va ko‘p xarajatli jarayonga aylantiradi. Pausha to‘lovi -
shartnomada qayd etilgan bir marta to‘lanadigan to‘lov bo‘lib,
litsenziyadan foydalanish vaqti bilan bog‘liq bo‘lmay, ekspert
baholash asosida oldindan belgilanadi.
Bu turdagi to‘lovlar asosan kompleks asbob-uskunalar yetkazilib
berilganda va texnologiya qiymati asbob-uskunalar qiymatiga kiritil-
ganda, litsenziat texnologiyadan foydalanish ustidan nazoratdan holi
bo‘lishini xohlagan paytda, muttasil amalga oshiriladigan to‘lovlarning
xorijga o‘tkazilishi xavfi tug‘ilganda amalga oshiriladi.
Foydada qatnashish - litsenziya predmetidan foydalanish evaziga
olingan litsenziat foydasining bir qismini litsenziarga ajratish.
Ko‘pchilik hollarda litsenziarning litsenziat foydasida qatnashishi 30%
ni (istisnoli litsenziya berilganda) va 10% ni (istisnosiz litsenziya
berilganda) tashkil etadi.
Mulkda qatnashish - litsenziat tomonidan litsenziarga litsenzi-
yadan foydalanganlik uchun o‘z korxonalari aksiyalarining bir qismini
berishi. Bu to‘lov turi TMKlar tomonidan ko‘p foydalaniladi. Chunki,
ular o‘z texnologiyalarini ishlatuvchi xorijiy korxonalar mulki ustidan
nazorat o‘rnatishni xohlaydilar.
Yuqoridagilardan tashqari xalqaro texnologiyani uzatishda muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan shartnoma shakli - bu franchayzingdir.
U inglizchadan ustunlik deb tarjima qilinadi va kommersiya
konsepsiyasi shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi. Franchay-
zingning quyidagi shakllari farqlanadi:
340
Ishlab chiqarish franchayzingi - muayyan mahsulotni ishlab
chiqarish texnologiyasiga ega bo‘lgan firmaning mijoz firmaga mazkur
mahsulotni muayyan hududda tayyorlash va sotish huquqini beradi.
Tovar franchayzingi - firmaning boshqa firmaga muayyan
hududda yetakchi firmaning savdo markasidan foydalanish huquqini
beradi. Xalqaro texnologiyani uzatishning muhim shakllaridan biri
xalqaro texnik hamkorlik yoki texnik yordamdir.
Xalqaro texnik hamkorlik dasturlari rivojlanayotgan va o‘tish
iqtisodiyoti mamlakatlariga bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish
uchun beriladigan yordam hisoblanadi. Xalqaro texnik hamkorlik
dasturlari xalqaro tashkilotlar tomonidan va ikki tomonlama shartno-
malar asosida amalga oshirilishi mumkin. Texnik hamkorlik texnik
yordam olayotgan mamlakatning texnologik rivojlanish darajasini
oshirishga yo‘naltiriladi. Texnik yordamni boshqa xalqaro yordam-
lardan ajrata bilish kerak. Chunki, boshqa turdagi iqtisodiy yordamlar
rivojlangan mamlakatlar tomonidan Osiyo va Afrikaning kambag‘al
mamlakatlariga oziq-ovqat, ichimlik suvi, yoqilg‘i va boshqalar bilan
bog‘liq muammolarini hal etish uchun budjetdan moliyalashtiriluvchi
mablag‘lar shaklida bo‘ladi.
Xalqaro texnik hamkorlik - mamlakatlarga qaytarib olish sharti
bilan yoki beg‘araz asosda texnologik jarayonlar, mahsulot ishlab
chiqarishni tashkil etish va boshqarish to‘g‘risida yordam ko‘rsatish.
Bu turdagi hamkorlik ishlab chiqarishning har qanday sohasida
amalga oshirilishi mumkin. Iqtisodiyot sohasida texnik hamkorlik
asosan iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish, statistika, pul
va budjet siyosati, hududlarni rivojlantirish, loyihalarni texnik-
iqtisodiy asoslash kabi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi. Texnik
yordamning quyidagi tashkiliy turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Texnologik grantlar - rivojlangan mamlakatlar tomonidan texnolo-
giyalar, texnologik sig‘imkorligi yuqori tovarlar yoki moliyaviy
mablag‘larni ilgor texnologiyalarni sotib olish, personallarni o‘qitish
va qayta tayyorlash uchun begaraz uzatishdir. Grantlar donorlar
tomonidan texnik yordam loyihalari doirasida texnologiyalar va asbob-
uskunalarni yetkazib berish, mutaxassislarni jo‘natish va kadrlarni
qayta o‘qitishni ko‘zda tutadi.
Texnik yordamni moliyalashtirish — texnik yordam olayotgan
tomonning shartnomaga muvofiq tashkiliy vazifalarni bajarishi bilan
341
birgalikda mazkur loyihani moliyalashtirishda ham ishtirok etishini
nazarda tutadi. Odatda, texnik yordam olayotgan tomonning loyihani
moliyalashtirishdagi ulushi kam bo‘lsa-da, texnik hamkorlikning bu
turidan foydalanish hukumatning texnik yordamdan mamlakatda
samarali foydalanishdan manfaatdor ekanligidan dalolat beradi.
Texnik
yordam
mexanizmlari.
Loyihada
qatnashayotgan
mamlakatlar soniga qarab ikki va ko‘p tomonlama texnik yordam
turlari bir-biridan farqlanadi.
Ikki tomonlama texnik hamkorlik - donor mamlakat bilan texnik
yordam olayotgan mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi kelishuv bo‘yicha
amalga oshiriladi.
Ko‘p tomonlama texnik hamkorlik - texnik yordam oluvchi
mamlakatga bir necha mamlakatlar tomonidan qo‘shma loyihalar
shaklida texnik yordam ko‘rsatish.
BMTning Taraqqiyot dasturi (HP) rivojlanayotgan mamlakatlarga
texnik yordam ko‘rsatishni boshlagan birinchi xalqaro tashkilot
hisoblanadi. Shuningdek, XVF, Jahon banki va boshqa xalqaro tash-
kilotlar ham muntazam texnik yordam dasturlarini amalga oshiradilar.
Dostları ilə paylaş: |