p-n o’tish toklari. Elektron va kovakning o‘rtacha issiqlik
energiyasi yarimo‘tkazgich temperaturasi bilan belgilanadi va kT ga
teng, k — Bolsman doimiysi, T - absolut temperatura. Yarimo‘tkazgichdagi
har bir zarra energiyasi o‘rtacha energiyadan farq qiladi. Aynimagan
n -yarimo‘tkazgichda energiyasi W t dan kichik boimagan elektronlar
konsentratsiyasi Bolsman taqsimotiga binoan quyidagi ifoda
bilan aniqlanadi:
𝒏 = 𝒏
𝒏
∗ 𝒆𝒙𝒑 (−
𝑾
𝒕
𝒌𝑻
) Undan yuqori energiyali zarrachalar soni eksponensial ravishda keskin
kamayishi ko‘rinib turibdi. Bu yerda n n — asosiy zaryad tashuvchilaming
konsentratsiyasi. Shunga o‘xshash ifoda kovaklarni energiyalar bo'yicha
taqsimlanishini belgilaydi.
p – va n - yarimo‘tkazgichlar kontaktga keltirilganda energiyasi
yuqori bo'lgan zaryad tashuvchilar
𝑊
𝑡
≥ 𝑈
𝑘
/𝑞 p-n o‘tish orqali qo‘shni
sohalarga diffuziyalanish hisobiga p-n o‘tishning elektr maydoniga
teskari yo‘nalishda siljiydilar. Natijada diffuziya toki I DIF hosil bo‘ladi.
Asosiy zaryad tashuchilaming p-n o‘tish orqali diffuziyalanishi bilan bir
vaqtda noasosiy zaryad tashuvchilaming p-n o‘tish maydoni yo‘nalishida
siljishi boshlanadi. Bu maydon noasosiy zaryad tashuvchilarga
tezlatuvchi ta’sir ko‘rsatib, dreyf tokini hosil qiladi. p-n o‘tishga elektr
kuchlanish berilmaganda termodinamik muvozanat yuzaga keladi, ya’ni
diffuziya va dreyf toklari absolut qiymatlari teng bo‘ladi. Diffuziya va
dreyf toklari qarama-qarshi tomonlarga yo‘nalgan boigani sababli p-n o‘tish orqali tok oqmaydi, ya’ni makroskopik zaryad tashish amalga
oshmaydi (1d-rasm).