76
mehnat bozorida muvozanatli vaziyat bo’lishi shart emas, deb
hisoblashadi.
yangi klassiklar ishsizlikning noilojdanligini inkor etadilar va
kambag’allikka qarshi kurash dasturlarini tan olmaydilar. Ularning
fikricha, ishsizlik ko’pincha ko’ngilli tusda bo’ladi va ishni «erkin tanlash»
natijasida yuzaga keladi: ishdan bo’shatilgan
odamlar kasblarini, yashash
joylarini almashtirishni xohlamaydilar va kamaytirilgan mehnat haqiga
rozilik bermaydilar. Ba’zida ushbu yo’nalish namoyandalari eng kam ish
haqi darajasini pasaytirish va ishsizlik yuzasidan beriladigan nafaqalarni
qisqartirish tarafdori bo’lib chiqadilar, chunki shu yo’l
orqali ish bilan
bandlik darajasi oshadi, deb hisoblaydilar.
Fridman hukumatning kam haq olib ishlaydigan va ijtimoiy jihatdan
zaif himoya qilingan aholi qatlamlariga yordam ko’rsatishga qaratilgan
ijtimoiy chora-tadbirlariga qarshi chiqib, uni samarasiz deb hisoblaydi.
Iqtisodiyotni tartibga soluvchi asosiy vosita pul deb hisoblaydi. Shuning
uchun inglizcha «mone» so’zi pul ma’nosini berganligi uchun, bu
yo’nalish ishtirokchilarini monetaristlar nomi bilan ataganlar. Fridman
asarlarining ko’pchilik
qismi pul muammosiga, pul muomalasiga, kredit-
pul siyosati strategiyasiga bag’ishlangan. Keynsga qarama-qarshi o’laroq,
monetaristlar byudjet va soliq tartibiga qarshi chiqadilar va umuman davlat
tomonidan tartibga soluvchi narsalar eng kam miqdorga keltirilishi kerak,
deb hisoblaydilar. Ularning asosiy g’oyasi — iqtisodiyotning ahvoli va
kon’yunkturaning holatidan qat’i nazar, pulning barqaror emissiyasidir.
Fridman AQSH monetar tarixini tadqiq qilish asosida pul massasining
o’zgarishi bilan milliy daromadning o’zgarishi o’rtasida mustahkam
bog’liqlik bor, deb hisoblaydi. Pul taklifining o’zgarishiga
ular jami
talabning barcha tarkibiy qismlariga (faqat investitsiyalarga emas) ta’sir
ko’rsatuvchi omil sifatida qaraydilar. Fridman pul qoidasining mohiyati,
muomaladagi pulning har yilgi ko’payish foizi ichki milliy mahsulotning
har yilgi o’sish foizi bilan mos kelishi lozim, bunda narxlarning o’sishi
hisobga olinishi kerak.
Monetaristlar erkin quvvatlar va ish kuchi mavjud bo’lgan pul
massasining o’sishi narxlarning o’sishiga olib kelmaydi, deb hisoblaydilar.
Buni bizdagi monetaristlar nazariyasi tarafdorlari ham bilib qo’yishlari va
hisobga olishlari muhimdir. Kontseptsiyaning yana bir muhim qoidasi,
qisqa muddatli pul siyosatidan voz kechish va uni uzoq muddatli pul
siyosati
bilan almashtirishdir, chunki pul massasining o’zgarishi
iqtisodiyotga darhol ta’sir ko’rsatmaydi, balki birmuncha vaqtdan keyin
ta’sir qiladi.
77
Monetarizmning ijobiy ta’siri pulning tovarlar olamiga ta’sir
ko’rsatish mexanizmini, pul siyosatining iqtisodiyot rivojiga ta’sir
ko’rsatishini batafsil tadqiq qilishdan, davlat byudjetini balanslash
zarurligini asoslab berishdan iboratdir.
Yuqorida aytilganlardan hozirgi vaqtda iqtisodiy tafakkurning ikki
asosiy yo’nalishi: bir tomondan, klassik va neokonservativ (monetaristik)
yo’nalish,
ikkinchi tomondan, keynschilik va neokeynschilik yo’nalishi
mavjuddir. Birinchi yo’nalish erkin bozorni saqlab qolishni va jami taklifni
kengaytirish zarurligini yoqlab chiqsa, ikkinchi yo’nalish jami talabni
rivojlantirish va davlatning iqtisodiy rolini, uning tartibga soluvchi
vazifasini kuchaytirishni yoqlab chiqadi.
Dostları ilə paylaş: