4.Katta guruh: 5-6 yoshni o’z ichiga oladi. “Alpomish” dostonida o’yin
faoliyati orqali odamlar bilan muloqotda bo’lish, kattalarga hurmatda bo’lish,
kichiklarda izzatda bo’lish fazilatlari shakllantiriladi. Jumladan, dostonda “ot o’yini”
tasvirining alohida berilishi shunchaki emas. Chunki xalqimiz orasida “ot o’yinini
ko’rgan kishi baxtli bo’ladi” degan ishonch bor. Shuning uchun hozirgacha to’ylarda “ot
o’yini” namoyish etiladi. Buning uchun ot niqobini kiyib olgan kishi to’y davrasini
aylanib, o’yin ko’rsatadi. Dostonda ot o’yini shunday tasvirlanadi: “Boybo’rining
Qultoy degan yilqichi quli bor edi. Alpomishga enchi bir tarlon biyasi bor edi. Bir
yag`roq qulun tug`di, bu tulpor, deb Boybo’riga olib kelib bergan edi. Necha yildan beri
tablada boquvli turgan edi. Choparlar kelib ketgandan keyin tabladagi ot sag`risi toshib,
yoli qulog`idan oshib, yulduzni ko’zlab, paraqqos boylab o’ynay berdi. Ammo dostonda
Boybo’ri yakka-yu yolg`iz o’g`li Alpomishning begona yurtga tanho ketishini
xohlamagani uchun, bu holat yaxshiligini bilsa-da, uni yomonlikka yo’yib: “Shu
yomonlagurning o’ynagani xam yaxshilik emas», – deydi va otning sag`risiga uch-to’rt
tayoq tushirib, tabladan chiqarib, Qultoyning qoshiga olib borib, yilqilarga qo’shib
qaytadi. Bu o’yin bir qaraganda oddiy otni minib, choptirishdek tuyulsa-da, u birinchi
navbatda, otlarning sarasini ajratgan, boshqa tomondan yosh yigitlarni ot minishga, ot
bilan muomala qila olishga, otning ustida o’zini tuta bilishga, epchil, chaqqon, pishiq va