206
KO`P HUJAYRALI ORGANIZMLARNING KELIB CHIQISHI
HAQIDAGI ASOSIY NAZARIYALAR.
Ashirova Shahnoza Nig’matillayevna
Chirchiq shahar 2- umumiy o’rta ta’lim maktabining
biologiya fani òqituvchisi
Annotatsiya. Barcha ko`p hujayrali hayvonlarning taraqqiyoti yagona hujayradan
boshlanadi. Biogenetik qonun asosida qaralganda esa bu - Metazoa ning ajdodlarini
bir hujayralilar ekanligini isbotlovchi dalildir. Bir xil hujayralardan tuzilgan morula
va blastula taraqqiyot davrlari esa evolyutsion jarayonning (filogenezning) kelgusi
etaplarida ko`p hujayralilarning ajdodlari sharsimon, koloniya bo`lib
yashovchi
morey va blastey deb ataluvchi sodda hayvonlarni eslatdi. (Gekkel nazariyasi).
Kalit so’zlar. I. Xadji, A.A. Zaxvatkin, I.I.Mechnikov, xivchinlilar sinfi,
Gekkel
nazariyasi, filogenez, blastula, morula, Metazoa, Biogenetik qonun.
Eng tuban darajada taraqqiy etgan ko`p hujayralilar qaysi hayvonlardan kelib
chiqqan? Ko`pchilik olimlarning fikricha tuban darajadagi ko`p hujayralilarning
ajdodlari xivchinlilar sinfiga oid sodda hayvonlarning koloniyali formalari bo`lmish
geterotrof organizmlar bo`lgan. Shunday xulosaga ular quyidagi dalillarga asoslanib
kelishgan: 1) sodda hayvonlarning va ko`p hujayrali
organizmlarning hujayra
tuzilishi va bo`linish jarayoni bir-biriga juda o`xshash; 2) sodda hayvonlar eng oddiy
tuzilgan organizmlar sifatida ko`p hujayralilardan oldin paydo bo`lgan bo`lib,
keyinchalik ularning ajdodlariga aylangan; 3) koloniyali xivchinlilarning tanasini
juda ko`p bir xil tuzilgan hujayralarga bo`linishi ularni har xil yo’nalishda
differensiallashishini yengillashtirgan; 4) barcha ko`p
hujayrali hayvonlarning
embrional taraqqiyotining dastlabki davrlari bir hujayrali organizmlarni eslatadi.
Ammo hozirgi koloniyali sodda hayvonlar va eng sodda tuzilgan ko`p hujayralilar
o`rtasida katta farq mavjud: birinchisida aniq vazifalarni bajaruvchi hujayra
guruhlari yo`q, ikkinchisida esa bu hol juda yetarli darajada ifodalangan. Ular
orasidagi oraliq formalar hech iz qoldirmasdan yo`qolib ketgan bo`lishi mumkin,
207
shu sababli ham olimlar ko`p hujayralilarning kelib chiqishini aniqlash maqsadida
biogenetik qonundan foydalanib kelishgan.
Blasteyalar hujayralari bir qatlamga ega bo`lib, ular suvda suzib yuruvchi hayvonlar
bo`lgan. Bu hujayralar orasida farq bo`lmagan va ular harakat qilish, oziqa ushlash
va hokazo kabi muhim hayotiy funksiyalarni bajarishgan.
Qaysi yo`l bilan sharsimon bir qavatli blasteydan ko`p hujayralilar kelib chiqqan?
Bunga aniq javob tuban ko`p hujayralilarning (bulutlar)
embrional taraqqiyotini
o`rganish natijasida buyuk rus olimi I.I.Mechnikov tomonidan berilgan. Uning
nazariyasi bo`yicha blasteyaning ayrim hujayralari oziqani ushlab vaqtincha
koloniyaning ichiga kirgan va bu oziqalar esa u yerda hazm bo`lgan (hujayralar esa
keyinchalik yana tashqariga chiqishgan). Bu xil xulosaga dalil bo`lib bulutlarda
hujayralarning bo`sh holda joylashganligi va ularda o`rin almashish hollari ro`y
berishi mumkinligi hisoblanadi.
Shunday qilib blasteyalarda dastavval hujayralar ma`lum
bir vazifani bajarishga
vaqtinchalik ajralgan: tashqi hujayralar harakat vazifasini, ichkilari – oziqlanishni
amalga oshiradi. Lekin bunday bo`linish yetarli emas, chunki koloniyani harakatga
keltiruvchi hujayralar boshqa tuzilishga (mustahkam
qobiqqa va xivchinga ega
bo`lishi), ovqat hazm qilishda qatnashuvchilari bo`lakcha tuzilishga (yupqa
qobiqqa) ega bo`lishi kerak. Keyingi evolyutsiyada shunday hol ro’y bergan. Shu
sababli ham tuban darajadagi ko`p hujayralilarda parenximuladagi harakatni
ta`minlovchi tashqi qavatdagi ixtisoslashgan hujayralarni I.I.Mechnikov kinoblast,
ichki - oziqani hazm qilishda qatnashuvchi maxsus hujayralarni - fagotsitoblast deb
yuritgan va bulutlarni shu xil evolyutsiya, ya`ni parenximella deb ataluvchi, ichakka
ega bo`lmagan, oddiy tuzilgan hayvonlardan kelib chiqqanligini isbotlab bergan.
Gekkel juda ko`p olimlarning embriologiya sohasidagi
ma`lumotlarini
umumlashtirib
va tartibga solib, (o`zi maxsus tajribalar o`tkazmasdan) 1874 yilda
"gastrey" nazariyasini yaratgan(1-rasm). U o`zining bu nazariyasiga asoslanib ikki
qavatli ko`p hujayralilarning kelib chiqishini quyidagicha ta`riflagan: tuxumni