4. Qadimgi Misr san`ati. Me`morchilik, haykaltaroshlik, rassom-chilik,
musiqa, qo`shiq va xalq o`yinlari qadimgi Misr san`atining ajoyib namunalari
hisoblanadi. San`atning bu turlari Misrda juda qadim zamondan boshlab rivoj
topgan edi.
8
Misr fir`avnlari va yuqori tabaqaga mansub a`yonlar me`mor-chilikka katta
e`tibor berganlar. Yuqori Nilning ikki sohilidagi tog`larda me`morchilikda
ishlatiladigan har turli toshlar ko`p bo`lgan. Fir`avn, a`yon nomlari va
ruhoniylarga qarashli saroylar, ibodatxonalar, maqbaralar va boshqa ma`muriy
binolar ana shu toshlardan qurilgan. Tosh konlarida yuz minglab qullar va asiriar
ishlatilgan. Misrga xos me`moriy obidalardan biri piramidalar – Misr
ehromlaridir. Bu jihatdan Sakkaradagi Joser, Gazadagi fir`avn Xeops ehromlari,
boshi odam, tanasi sher surat qilib ishlangan sflnks va boshqalar o`zlarining
ulug`vorligi bilan kishilarni hayratga solib kelgan.
Misrda haykaltaroshlikka ham katta e`tibor berganlar. Misr haykaltaroshlari
tosh bo`laklaridan, butun tog` qoyalaridan fir`avn, amaldor, ruhoniy, oddiy
kishilar va hayvonlarning haykallarini ishlaganlar. Bu jihatdan Ramzes II,
Amenemxet III, Tutanxamon, Exnaton, uning xotini Nefertiti, amaldor Raxotep,
mirzo haykallari diqqatga sazovordir.
O`sha vaqtlarda Misrda rassomlik ham ancha rivoj topgan edi. Saroy,
ibodatxona va ma`muriy binolarning devorlariga fir`avnlar, amaldorlar va
ruhoniylar, hamda afsonaviy voqealardan olingan rasmlar ishlangan.
Misrliklar san`atining yana bir turi kuy, qo`shiq va raqsdir. Misrda puflab,
urib va chertib chalinadigan not, sistra, qayroq, arfa, ud va boshqa asboblar
keng tarqalgan edi. Misrda raqs san`ati ham yuksak darajada rivoj topgan edi.
9
Qadimgi Misr san’ati.
Qadimgi dunyo san'ati deyilganda, ko'p hollarda ibtidoiy jamoa tuzumidan
to quldorlik tuzumining inqirozga yuz tutishigacha bo'Igan davr san'ati
tushuniladi. Shu davrda hashamatli me'morlik binolari, nafis dekorativ-amaliy
san'at buyumlari, chuqur mazmunli tasviriy san'at asarlari maydonga keldi.
Qadimgi dunyo tarixida bir qator muhim 'madaniyat o'choqlari bo'lganki,
bularning mavjudligi keyinchalik yer yuzida san'at va madaniyatning ravnaqiga,
kuchli ta'sir ko'rsatgan. Shunday madaniyat o'choqlari orasida ikki daryo oralig'i
(Messopotamiya), Misr, O'rta Yer havzasidagi davlatlar, ayniqsa, Gretsiya, Rim
davlatlarining roli benihoyadir. Misrda 5000 yil burun ilk sinfiy jamiyat -
quldorlik davlati paydo bo'ldi. Misrning tabiiy sharoiti insonni juda erta hayotga,
hayot uchun kurashishga da'vat etdi. Bu hoi, o'z navbatida, uning ongining
o'sishiga, tasavvurining kengayishiga olib keldi, aql taraqqiyotini tezlatdi.
Meditsina, astronomiya, matematika rivojlan-di. San'at sohasida katta yutuqlar
qo'lga kiritildi. Qadimgi Misrda yaratilgan haykaltaroshlik, rassomchilik,
amaliy-dekorativ san'ati va me'morchilik yodgorliklari hanuzgacha o'zining
badiiy qiymatini yo'qotgani yo'q. Tasviriy san'atda shartli belgilardan
foydalanish Misr san'atida juda erta boshlandi va uning xarakterli tomonini
tashkil etdi. Misrliklarning bunday badiiy fikrlashlarini ular yaratgan sfinkslarda
ham ko'rish mumkin. Odam boshli, sher (arslon) tanali haykallar orqali inson
kabi aqlli, arslon kabi kuchli zotlar timsolini yaratganlar. Shu obrazlar orqali
fir'avnlarni
kuchli
va
donishmand
siymo
darajasiga
ko'tarishga,
ilohiylashtirishga harakat qilganlar. Shu bilan Misr san'atida realistik san'at
oqimining mavjudligini ham inkor etib bo'lmaydi. Bu hoi, ayniqsa, oddiy xalq
hayotiga bag'ishlangan tasvirlarda ko'proq uchraydi. Oddiy turmush voqealari
jonli, real va ba'zan yengil yumor bilan ishlangan tasvirlar kishida hamon estetik
/;ivq va yengil kulgi uyg'otadi. Turli qushlar, hayvonlar (yovvoyi mushuk,
maymun , qo'ng'iz va hokazolar) tasviri realligi va ta'sirchan ishlanganligi bilan
kishi xotirasida yaxshi saqlanadi.
Misr san'atida mayjud bo'Igan bu realizm oqimi, ayniqsa, Fir'avn Exnaten
(Amen Xoap IV) davrida yuksak kamolotga erishdi. Shu davrda yaratilgan nodir
haykaltaroshlik namunalaridan biri bo'Igan Nefertiti haykali hozirgi kunda ham
go'zallik ramzi tarzida kishiga quvonch baxsh etadi. Bu haykal o'zining ishlanish
mahorati, o'rinli lopilgan material (sarg'ish qumtosh) obrazning yanada latofatli
va ko'rkam bo'lishiga xizmat qiladi. Ochiq chehra, tabassumga shaylanib turgan
lablar, katta ochilgan ko'z, qirra burun - bularning hammasi ayollarga xos nafis
va nazokatli xislatlarni ochishga yordam beradi. Misr san'atida me'morchilik
yetakchi o'rinni egallab kelgan, san'atning boshqa turlari esa shu san'at bilan
bog'liq holda rivojlangan. Misr me'morchiligining namunalaridan biri - bu
mastaba va piramida(ehrom)lardir. Shularning ichidagi eng yirik fir'avn ehromi
bu Giza yaqinidagi Xeops piramidasidir. Bu piramidaning balandligi 146,6 m,
asosining uzunligi 233 m. U hozirgi kunda ham yaxshi saqlanib qolgan. Tarixchi
Gerodotning gapiga qaraganda, bu piramida 30 yil mobaynida qurilgan. Uni
qurish uchun 100 000 qul haydab olib kelingan va ular chet eldan keltirilgan
10
qullar hisobiga to'ldirilib borilgan. Piramida og'irligi 2-3 tonnali ohaktoshdan
qurilgan bo'lib, uni qurish uchun 2 300 000 ohaktosh bo'lagi ishlatilgan. Bu
piramidalarning vazifasi faqat maqbara ustiga qo'yilgan yodgorlik toshi emas.
Bular, avvalo, fir'avnlarni ulug'lash, ularni ilohiylashtirish va shu bilan
fuqarolarda podsho hokimiyatining mustahkamligiga ishonch tug'dirish va ularni
doim qo'rquv asoratida saqlash va itoatkor bo'lishini ta'minlash edi.
Misrda saroylar va ayniqsa ibodatxonalar qurilishiga alohida ahamiyat
berilgan. Har bir qurilgan saroy va ibodatxonalarning ichki va tashqi tomoni
tasviriy san'at asarlari bilan bezatilgan. Shunday muhtasham ibodatxonalar
qurilishi, ayniqsa, yangi podsholik davrida (eramizdan avvalgi ikki minginchi
yillar) keng taraqqiy etgan. Bu davrda yaratilgan Luksor va Karnak ibodatxona-
larida g'oyat katta ustunli zallar, ochiq ustunli hovlilar bo'Igan, uning
kiraverishiga mustahkam minor (pilon)lar tiklangan, ro'parasiga esa sfinkslar
galleyasi ishlangan. Ibodatxonaning devorlari devoriy surat, bo'rtma tasvir va
ierogliflar bilan qoplangan.
Afrikaning shimoliy-sharqida, Nil daryosining quyi vohasida bugungi Misr
Arab Respublikasi yerlarida juda qadim paytlarda (yer.av.VI ming yillik) bir
qancha qabilalar yashagan. Yeramizdan avvalgi 4000 yillikda shu yerda yer
yuzida birinchi sinfiy jamiyat kurtaklari nish urdi, quldorlik davlatlari yuzaga
keldi, rivojlandi. Yeramizdan avvalgi 4000 yillik oxiri-3000 yillik boshlariga
kelib esa ular yagona yirik despotik davlatga aylandi. Qadimgi Misr san’ati
tarixi ana shu davlatlarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va inqirozidan tortib to
Makedoniyalik Iskandar (Aleksandr Makedonskiy)ning yurishi bilan uning
ellinistik dunyoga qo’shilib ketishigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi,
o’rganadi, taxlil etadi. Qadimgi Misr uzoq yo’lni bosib o’tdi. Deyarli 4000
yildan ortiq vaqtni o’z ichiga olgan bu davr mobaynida tasviriy va amaliy san’at,
me’morchilikning nodir durdonalari yuzaga keldiki, ular bugungi kunda ham
o’zining ulug’vorligi va yuksak badiiyligi bilan kishilarni hayajonlantiradi.
Qadimgi Misr san’ati o’zining butun taraqqiyoti mobaynida din va uning turli
marosimlari bilan uzviy bog’liq holda rivoj topdi. Me’morchilik esa san’atlar
ichida yetakchi o’rinni egallab, ularning xarakter va uslubiga o’z ta’sirini
o’tkazdi. Yeramizdan avvalgi XXVII asrlarda Misr tarixida eng gigant
piramidalar qurildi. Piramidalar ansambli ichida eng kattasi Xeops
piramidasidir. Balandligi 146,6 metr, asosi yesa 233 m. Tarixchi Gerodotning
ta’rifiga ko’ra, Xeops piramidasi 20 yil mobaynida qurilgan. Piramidaga toshlar
olib kelish uchun kerak bo’lgan yo’lni qurish uchun esa 10 yil ketgan.
Fivadagi Karnak va Luksor ibodatxonalari gigant me’morchilik
majmualaridandir. Karnak (yer.av.XVI asr, me’mor Ineni) va Luksor
ibodatxonalari (yer.av. XV asr, me’mor kichik Aminxotep) me’morlar birinchi
bor ochiq hovli atrofini kolonadali yechib, yangi podsholik me’morchiligining
o’ziga xos tomonlarini shakllanishiga asos soldilar. Bu majmualarda Qadimgi
Misr me’morlik an’analarining muhim tomonlari o’z ifodasini topdi, shu bilan
11
birga, tantanali va hashamatli bo’lib borayotgan marosimlar bilan aloqador
bo’lgan me’morchilikning yangi ko’rinishlari namoyon bo’ldi.
Tasviriy san’at. Qadimgi Misr tasviriy san’ati me’morchilik bilan bog’liq
xolda rivoj topdi. Ijtimoiy hayotning murakkablashib borishi va sinfiy
jamiyatning yuzaga kelishi bilan u boshqaruvchi sinfning kuchli ideologik
quroliga aylandi.
Dinastiyagacha bo’lgan davrdan bizgacha ko’pgina haykaltaroshlik,
rassomlik va amaliy san’at namunalari yetib kelgan. S’Hular ichida turli diniy-
magik marosimlar o’tkazishda qorishtirish uchun foydalanilgan yassi, yupqa,
kul rang, yashil, qora tosh-shifer plitalar alohida o’rin ‘gallaydi.
Rassomlikda yangi mavzular ham keng o’rinni yegallay boshladi.
Rassomlar har bir obraz hatti-xarakatini tabiiy va go’zal bo’lishiga e’tibor bera
boshladilar. Mayda plastinada janrli kompozisiyalar yaratish, odamlarni
harakatda ko’rsatish xollari, oddiy kishilar mehnatini tasvirlash bu davrda keng
rivojlandi.
Qadimgi Misr realistik san’atining eng gullagan davri yangi podsholikka
to’g’ri keldi. Rassom va haykaltaroshlar zadagonlar hayotiga bag’ishlangan
serjilo devoriy suratlar, nafis relef va haykaltaroshlik asarlari yaratdilar. Ular
asrlar mobaynida saqlanib kelayotgan hayotiy kompozisiyalar yaratdilar,
emosional tomonlariga e’tibor qaratdilar.
12
XULOSA
Shunday qilib qadimgi Misr madaniyati o'zining qadimiyligi
va rivojlanish darajasi bilan boshqa xalqlar madaniyatidan
ustun turgan.Qadimgi Misr madaniyati Yunoniston Rim va
Sharq xalqlari madaniyatining rivojiga ta'sir ko'rsatgan.
13
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Avdiyev Qadimgi sharq tarixi Toshkent-1964
2. Dmitriyeva " Kratkaya istoriya iskusstva" "Iskusstva" 1985
3. Ergashev "Qadimgi sivilizatsiyalar"Toshkent "O'zbekiston"2016
4. Kuzishina "Istoriya drevnogo vostoka" Moskva 1979
5. Sultonov "Qadimgi dunyo tarixi" Toshkent "Sharq"2010
Dostları ilə paylaş: |