91
Javob. Jismoniy tarbiya darsi-jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining tizimli shakli
bo’lib, bir xil yoshdagi, bir xil kointengentdagi bolalarga 45-minut vaqtda dastur
mavzularning o’qitish jarayoni tushuniladi.
52.
Savol. Jismoniy tarbiya darslarining vazifalari nimalardan iborat?
Javob. Jismoniya tarbiya darslari o’quvchilarni ta’lim berish, tarbiyalash va
sog’lomlashtirishdek vazifalarni amalga oshiradi.
53.
Savol. Jismoniy tarbiya darslarini ta’lim berish vazifasi nimalarga
qaratilgan?
Javob. Jismoniya tarbiya darslarida ta’lim berish vazifalari o’quvchilarni o’quv
dasturi asosidagi jismoniy mashqlarni bajarishga ularni mustahkamlash va
takomillashtirishga, kunikma va malakalarni rivojlantirishga hamda harakatlarni
amaliyotda qo’llashga o’rgatishga yo’naltirilgan. Shuningdek o’quvchilarni jismoniy
tarbiya va sport, sog’liqni saqlash, chiniqish, jismoniy madaniyatga doir nazariy
bilimlarni oshirishga qaratilgandir.
54.
Savol. Jismoniy tarbiya darslarida tarbiya vazifalari nimalarga
yo’naltirilgan?
Javob. Jismoniy tarbiyadarslarida o’quvchilarni barcha insoniy fazilatlarini,
jumladan aqliy, ahloqiy, etik-estetik tarbiyalash, shuningdek ularda millat parvarlik,
vatanparvarlik, insonparvarlik kabi ko’plab ijobiy g’oyalarni singdirish kabi vazifalar
hal etiladi.
55.
Savol. Jismoniy tarbiya darslarida sog’lomlashtirishga yo’naltirilganlig
vazifasi qanday bajariladi?
Javob. Jismoniy tarbiya darslari jarayonida darsni to’g’ri uyushtirish, sanitariya
gigiyena qoidalariga rioya qilish, darslarni ochiq havoda o’tkazish orqali o’quvchilarni
ish sog’lomlashtirish vazifalari hal qilinadi.
56.
Dostları ilə paylaş: