6-Amaliy mashg‘ulot
Mavzu: Beton qorishmasi tayyorlash jarayonining texnologik parametrlarini
aniqlash.
Nazariy ma’lumotlar
6.1.Beton ishlab chiqarish texnologiyasi.
Beton texnologiyasida asosiy etaplar:
—
beton qorishmasini tayyorlash;
—
transportirovka qilish;
— joylash, qolipga quyib buyum olish,zichlash;
— beton qotishini tezlashtirish;
qolipdan echish;
omborxona.
12.1-rasm. Beton tayyorlash texnologiyasi
Beton tayyorlash uchun shag‗al 1, lentali konveyer 3 orqali, vintli ta‘minlagich 5
ga tashlanadi, vintli ta‘minlagich 4 orqali idishdagi shag‗alni aralashtirgich 12 ga
tashlanadi. Qum aralashtirilib keyin lentali konveyer 4 orqali ta‘minlagich 6 ga
tashlanadi. Vintli ta‘minlagich 6 kerakli miqdordagi qumni beton aralashtirgich 12
ga tashlanadi. Asosiy to‗ldiruvchilarga tashlangandan so‗ng
sement va suv ham
kerakli miqdorda sement silosi va suv bunkerli 8 dan sement dozatori 9, suv
dozatori 10 orqali kelib aralashtirgichga tashlanadi. Beton aralashtirgichda bu
tashlangan komponentlar
yaxshilab aralashtirilib, varyanka 13 orqali
avtomeshalka 14 ga tashlanadi.
Qurilish
qorishmasi deb, tarkibida bog‗lovchi material, suv,
mayda
to‗ldirgich, qo‗shimchadan iborat qorishmani qotishdan hosil bo‗lgan sun‘iy tosh
materialiga aytiladi. Qurilish qorishmalari suvoqchilikda, tosh, g‗isht,
bloklardan
devor qurishda,
devorbop bloklar, plita taxtalar tayyorlashda ishlatiladi. Qurilish
qorishmalarini tayyorlashda to‗ldirgichlarning yirikligi 5mm oshmasligi lozim.
Qurilish qorishmalari bog‗lovchini turiga qarab zichligi va ishlatilish joyiga qarab
bo‗linadi.
6.2.Betonning tarkibi deganimizda, sement, shag‘al, qum, suv va