ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Raqamli iqtisodiyot – bu jarayonlarni tahlil qilish natijalaridan foydalanish va
katta hajmdagi ma‟lumotlarni qayta ishlash asosida turli xildagi, texnologiyalar,
asbob-uskunalar, tovar va xizmatlarni saqlash, sotish va yetkazib berish
samaradorligini jiddiy ravishda oshirishga imkon beradigan, raqamli texnologiyalarga
asoslangan elektron biznes va elektron tijorat bilan chambarchas bog„liq iqtisodiy
faoliyat, hamda shu faoliyat natijasida ishlab chiqariladigan va sotiladigan raqamli
tovarlar, xizmatlar yig„indisidir. Ba‟zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki
veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi.
Birinchi marta 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte “Raqamli
iqtisodiyot” terminini amaliyotga kiritgan bo„lsa, hozirda bu istilohni butun
dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar – deyarli barcha
qo„llamoqda [2].
Zamonaviy taraqqiyotning keyingi istiqbolida katta hajmli ma‟lumotlar bilan
ishlash texnologiyalari (Big Data), sun‟iy intellekt, neyrotexnologiyalar, kvant
texnologiyalari, buyumlar interneti, robototexnika va sensorika, raqamli elektron
platformalar, bulutli va mobil texnologiyalar, virtual va qo„shimcha reallik
texnologiyalari, kraudsorsing, blokcheyn texnologiyalari, kriptovalyutalar va ICO,
3D- texnologiyalari singari raqamli texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb
etmoqda.
Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko„prog„ida beqiyos
o„zgarishlar keltirib chiqarishi ta‟kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki ekspertlari
fikricha, tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga ko„payishi milliy
iqtisodiyotlar yalpi hajmini har yili o„rtacha 0,4-1,4 foizga oshirish imkonini beradi
[8].
Shu o„rinda raqamli iqtisodiyot tushunchasiga to„xtalib o„tsak. Bu o„zaro
bog„liq bo„lgan ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish, iste‟mol qilish va boshqaruv
jarayonlarining (insonlararo, mashinalararo, bulutlar va katta hajmdagi raqamlar
(BIG DATA) orqali) raqamli texnologiyalar hamda internet yordamida ma‟lumot
almashinishni optimallashtirish orqali katta foyda ko„rishga qaratilgan faoliyatdir [2].
Dunyoda raqamli iqtisodiyot o„sishining sur‟atlari yiliga deyarli 20 foizni
tashkil
etmoqda.
Taraqqiy
etgan
davlatlarda
raqamli
iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7 foizga yetgan.
Ular hozirning o„zida raqamli iqtisodiyotning joriy qilinishidan