9
Gruntovkavkalar, ularning turlari va ularning ishlatilish sohalari
Gruntovkavkalarning turlari
Gruntovkalar duradgorlik va bo’yoqchilik gruntovkalariga bo’linadi.
Duradgorlik gruntovkalari - yog’och tekisturasini ko’rsatmaydigan (shaffof) lak -
bo’yoq qoplamalar ostidan yog’ochga surkaladigan tarkib.Shaffof
qoplamalar
ostiga surkaladigan gruntovkalar rangsiz yoki bo’yalgan bo’lishi mumkin. Ular
tarkibida parda hosil qiluvchi moddalar sifatida smolalar (karbomid va boshqa
), yelimlar, alifmoylar, to’ldiruvchilar
sifatida pemza, kaolin, talk, trepel, bor,
kraxmal, shisha yoki yog’och uni, erituvchi va suyultiruvchilar sifatida
skipidar, uayt spirit, suv va boshqalar. Plastifikatorlar
sifatida vazelin moyi,
glitserin, yo’goch tusiga o’xshatib bo’yash uchun bo’yovchi sifatida gumin va
sintetik bo’yoqlar qo’shiladi.
Yog’ochni shaffof qilib pardozlash uchun quyidagi duradgorlik
gruntovkalari ishlab chiqariladi[7-8]
НЦ-48 gruntovkasi nitrosellyulozali gruntovka bo’lib nitrosellyuloza laki
bilan bo’yaladigan yuzalarni gruntovkalash uchun ishlatiladi.
Purkash metodi
bilan surkaladi.
НЦ-0140 gruntovkasi randalangan shponlar bilan qoplangan yuzalarning
sirtlariga ma’lum tus berishda foydalaniladi. Uni valli
stanoklarda surtish yoki
pnevmatik purkagichlar yordamida sepish mumkin. Tarkibida mayin dispersli
pigmentlar, bo’yoqlar, nitroselluloza, smola, plastifikatorlar
hamda uchuvchan
organik erituvchilar bo’ladi. Uning dastlabki qovushqoqligi B3- 4 viskozometri
bo’yicha 20…70 c. Uchmaydigan moddalarning massa ulushi 21±1 % ga teng.
Gruntlovchi tarkiblarning ish qovushqoqligi valli stanoklar uchun 20±5 c,
pnevmatik purkagichlar uchun esa 15±2 c bo’lsa yaxshi natija beradi. Qurish
18…23
o
C haroratda 10-20 min, 80
o
C li haroratda esa 45-50 sek. Gruntovka
yog’ochni bir tekisda bo’yaydi va unda yog’och tukchalari do’ppayib
chiqib
qolmaydi. Shu sababli grunt quriganidan keyin sirtlar jilvirlanmaydi. НЦ-0140
gruntovkasi yog’och materiallarni nitrosellyuloza va poliefir laklari bilan
laklashdan oldin ishlatiladi.