11
Bo’yoqchilik gruntovkalari – tiniqmas lak - bo’yoq qoplamalaridan oldin yuzaga
surkaladigan gruntovka tarkiblardir.
Fenolli FL-OZK- gruntovkasi (GOST 9109-81) pigmentlar va
to’ldiruvchilarning fenolfarmalegidli smolalari asosida tayyorlangan lakdagi
o’simlik moylari va erituvchilar qo’shilgan suspenziyasidir. Ishlatish oldidan
NF-1 yoki JK-1 sikkativlari (4%gacha) qo’shib aralashtiriladi; silliq, bir jinsli,
xira yoki biroz yaltiraydi, parda hosil qiladi, yong’in chiqishi jixatidan xavfli,
zaxarli. U qora metal va yog’och buyumlarning yuzalarini gruntovkalash
uchun ishlatiladi. U metall yuzasiga oqim ko’rinishida quyiladi.
FL-OZJ – gruntovkasi (GOST 9109-81) rangli metallar va ularning
qotishmalaridan yasalgan buyumlarning yuzasini gruntovkalash uchun ishlatiladi,
cho’tka bilan surtiladi, purkaladi, buyum ustiga quyiladi yoki buyum
gruntovkaga botirib olinadi. Pigmentlar va to’ldiruvchilarning fenolfarmalegidli
smolalari asosida tayyorlangan lakdagi o’simlik moylari va erituvchilar
qo’shilgan suspenziyasidir. Ishlatish oldidan NF-1 yoki JK-1 sikkativlari
(4%gacha) qo’shib aralashtiriladi; silliq, bir jinsli, xira yoki biroz yaltiraydi,
parda hosil qiladi; yong’in chiqishi jihatidan xavfli, zaxarli.
Gliftalli GF-0119 gruntovkasi (GOST 23343-79*) pigmentlar va
to’ldiruvchilarning alkid lakda erituvchilar, sikkativ va stabilizatorlar qo’shib
tayyorlangan suspenziyasidir. Bir jinsli xira yoki qisman yaltiroq parda hosil
qiladi , yong’in chiqish jihatidan havfli, zaxarli. Har - xil emallar surtish
oldidan metall va yog’och yuzalarni gruntovkalashga mo’ljallangan, yuzalarga
cho’tka bilan surtiladi, purkaladi, buyum gruntovkaga botirib olinadi yoki
gruntovka buyum yuzasiga oqim ko’rinishida quyiladi.
Dostları ilə paylaş: