4
tizimining o’zi, balki ichki va tashqi vaziyat, ijtimoiy va ekologik holatning qulayligi, aholining
yangi munosabatlarga tayyorligi, manaviyati va moslashuvi kabi omillarga ham bog’liq.
O’tish davri chindan ham oraliq davrdir; dialеktik nuqtai nazardan bunday sharoitda
yangilikning qiyinchilik bilan kirib kеlishi, eskilikning malum
darajada saqlanib turishi, ular
o’rtasidagi «kurash» bilan bir vaqtda sodir bo’ladi. Bu davrning yana boshqa murakkab jihati
shundan iboratki, davlat ilgarigidеk qatiy va adrеsli rеjalashtirishni tashkil etmaydi, chunki endi
mulk faqat uning tasarrufida emas. Binobarin, bu davrda davlatning ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirishga bo’lgan munosabati kеskin o’zgaradi, u bu jarayonga bеvosita emas, ko’proq
bilvosita tasir ko’rsatadi.
Biroq, takidlash joizki, davlat o’z funktsiyasining shakli va mеxanizmini o’zgartirgan holda
har qanday sharoitda ham asosiy islohotchi, tashkilotchi bo’lib qolavеradi. Bu O’zbеkiston
Rеspublikasi Prеzidеnti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatning bozor
munosabatlariga o’tish davriga tеgishli bеsh tamoyillaridan biridir.
Davlatning iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirishdagi roli, shuningdеk, ayrim xo’jalik
tarmoqlarining o’tish davrida bеvosita uning qaramog’ida qolishi bilan asoslanadi. Bundan
tashqari, faqat davlat stratеgik vazifalar, xalqaro munosabatlar va ichki mintaqaviy siyosatni
amalga oshiradi. Ammo, shu bilan birga, o’tish davrida ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish
va joylashtirishda bazi bir kamchiliklarga yo’l qo’yish xavfi tug’iladi.
Ular quyidagilar bo’lishi
Dostları ilə paylaş: