5. MChJni budjetga soliqlar bo‘yicha qarzlari 880 000 so‘m 20xx yil
6-yanvarda tuman soliq inspeksiyasiga o‘tkazib berildi.
Shuningdek,
davlatning
maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz 200 000 so‘m
ham shu sanada
o‘tkazib berildi.
6. 20xx yil 5-yanvarda mol yetkazib beruvchilarga 2 500 000 so‘m miqdorida
bo‘nak berildi.
7. MChJning qisqa muddatli bank kreditining bir qismi 10 000 000 so‘m 20xx
yil 8-yanvarda hisob-kitob scho‘tidan to‘landi.
8. Kassadan to‘lov qaytnomasiga asosan 20xx yil 18-yanvarda 10 000 000
so‘m ish haqi tarqatildi.
9. 20xx yil 10-yanvarda mol yetkazib beruvchilardan 12 000 000 so‘mlik
materiallar olindi.
10. Xaridor va buyurtmachilardan 20xx yil 17-yanvarda 2 800 000 so‘m
miqdorida bo‘nak olindi.
11. Ishlab chiqarishda ishlayotgan ishchilarga
ish haqi hisoblandi
(28.01.20xx yil): 10 000 000 so‘m.
- hisoblangan ish haqiga nisbatan ijtimoiy soliq (12 %) hisoblandi – 1 200 000
so‘m;
- ishchilarga hisoblangan ish haqidan daromad solig‘i hisoblandi – 1 200 000
so‘m;
- hisoblangan ish haqiga nisbatan 1 % kasaba uyushmasiga 100 000 so‘m
ajratma hisoblandi.
- hisoblangan ish haqiga nisbatan 0,1 % shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya
hisob raqamiga 10 000 so‘m ajratma hisoblandi.
12. Asosiy ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asosiy vositalarga 20xx yil 29-
yanvarda eskirish hisoblandi – 5 614 000 so‘m.
Dostları ilə paylaş: