b) Transformizm va Kreatsionizm oqimi namoyondalari o‘rtasidagi
kurash bo‘yicha Klaster tuzing va izohlang.
IV. Yangi mavzu yuzasidan talabalar o‘rtasida savol – javob, bahs
uyushtirish.
V. Talabalar bilimini baholash.
VI. Mashg‘ulotni yakunlash va xulosa qilish.
VII.Talabalar bilimini nazorat qilish uchun test
topshiriqlari
Transformizm va
kreotsionizm oqimining
g’oyalarining umimiy
xususiyatlari
Kreotsionizm
oqimining
g’oyalarining o’ziga
xos xususiyatlari
Tranformizm oqimining
g’oyalarining o’ziga xos
xususiyatlari
1.Quyidagi fikrlarni mos holda juftlang.
1) M.V.Lomonosov 2) K.Volf 3) J.Byuffon
a) hayot dastlab anorganik tabiatdan hosil bo‘lib, organik molekulalar
(mayda moddalar)
dan tashkil topgan
b) barcha borliq asosida materiya yotadi, uning asosiy hossalari biri
harakatdir.
c) o‘simlik organlari “sharchalarga” ega bo‘lgan do‘ngliklardan
paydo
bo‘ladi.
A) a-1; b-2; c-3
B) a-3; b-1; c-2
C) a-3; b-2; c-1
D) a-2; b-1; c-3
2.Ular har xil vazifa bajarishidan qat’i nazar, tuzilishi o‘zaro o‘xshash.
Bunday organlarni J.Sent- Iler qanday
deb atagan.
A) Gomologik
B) Analogik
C) Rudiment
D) Atavizm
3. J.Kyuve (a) va J.Sent-Iler (b) fikrlarni quyidagi ma’lumotlarga
asoslangan holda juftlang.
1. hayvonlar bir reja asosida rivojlangan 2.
korrelyasiya prinsipining
asoschisi 3. hayvonlar 4 reja asosida tuzilgan 4. gomologik organlarga anologik
organlar deb ta’rif bergan 5.baliqning kalla suyagi bilan sutemizuvchilar
embrionining kalla suyagini o‘zaro taqqoslagan 6.Bo‘g‘imoyoqlilar o‘zgaragan
umurtqali hayvonlardir
A) a-1,2,3; b-4,5,6
B) a-1,4,5; b-2,3,6
C) a-2,3; b-1,4,5,6
D) a-1,6; b-2,3,4,5
3. Kimlar dastlabki murtak (embrion) tuxum hujayrada joylashgan,
deb ta’kidlashganlar?
A) Animalkulist B) Ovist C) Preformizm D) Kreotsionizm
4. Jorj Kyuve morfologiya fanining vazifasiga qanday ta’rif bergan?
A) Hayvonlarning tuzilishini ifodalash.
B) Hayvonlarning tuzilish va qonunyatlarini ochish.
C) Hayvonlarning faqat tashqi tuzilishini o‘rganish.
D) Hayvonlarning ichki tuzilishini o‘rganish.
5. Korrelyativ organlarga mos javobni tanlang?
A) Bir xil vazifani bajaruvchi organlar.
V) Tuzilishi o‘xshash organlar.
S) Bir biriga bog‘liq organlar.
D) Ajdod belgilarini takrorlavchi organlar.
6. Noto‘g‘ri fikrni toping?
A) A.O. Kovalevskiy, I.I. Mechnikovlarning embriologiya sohasidagi
tadqiqotlar natijasida umurtqali va umurtqasiz hayvonlarning
kelib chiqishi
bir ekanligi isbotlandi.
V) J.Kyuve “yashash sharoiti” prinsiplarini tushuntirishda gomologik
va analogik organlardan foydalandi?
S) J.Sent Iler hayvonlarning organi “muvozanat prinsipi” asosida
rivojlanishini takidlaydi.
D) K.Volf preformistlar fikrini
tamomila asossiz deb hisoblab,
epigenez nazariyasini e’lon qildi.
7.Jorj Byuffonga ta’luqli fikrlarni toping.
1. 1707 –yil tavallud topgan 2. 1719-yil tavallud topgan 3.
Transformizm tarafdori 4. Preformizm tarafdori 5. Uning fikrlari telologiya
dunyoqarashiga to‘g‘ri keladi
A) 1,3
B) 2,4
C) 1,5
D) 2,5
8. Organizmlar asta-sekin o‘zgaradi, ayrim hollarda esa o‘zgarish to‘satdan
vujudga kelishi mumkin. Ushbu fikrni ifodalashda J. Sent-Iler nimani misol qilib
ko‘rsatdi?
A) Odamning qo‘li bilan qushlar qanoti o‘zaro analogik ekanligini
B) Baliqning kalla suyagi va sutemizuvchilarning kalla suyagi o‘xshash
ekanligini
C) Itbaliq suvdan quruqlikka chiqqanda jabrasi o‘pka bilan almashishini
D) Barcha tirik organizmlarda korrelyativ organlar borligini
9. J. Sent –Ilerning hato fikrlarini toping?
1. Hayvonlarni sistemaga solishda faqat nerv sistemaga e’tibor berishi 2.
Korrelyativ organlarni o‘zaro bog‘liq organlar deb atagan 3. Analogik organlarni
kelib chiqishi bir xil organlar deb atagan 4.
Hasharotlarning oyoqlari
umurtqalilarning qovurg‘asi bilan o‘xshashligini e’tirof etgan. 5. Tiplar
o‘zgarmaydi degan fikrni ilgari surgan.
A) 1,5
B) 2,4
C) 3,4
D) 2,3
10.Quyida qaysi olim transformizm oqimi tarafdori emas?
A)K.Gelvetskiy B)M.V.Lomonosov C)J.Byuffon D)J.Kyuve