Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanmadarslikdagi har bir mavzuni 
samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari va o‘qituvchining 
darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir 
darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish 
11 


usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va 
boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv 
nashri. 
Darsliklarning multimediali ilovalari 
— 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standarti va 
o‘quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanini samarali 
o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda 
video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni 
nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanining asosiy 
mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi 
manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim 
resursi. 
3. O‘quv-metodik majmualar davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va 
dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va 
gigiyenik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun 
metodik qo‘llanma va darslikning multimediali ilovalarini o‘z ichiga oladi. 
4. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish qonun hujjatlari hamda ushbu 
Umumiy talablarga muvofiq amalga oshiriladi. 
2-bob. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari 
uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsad va vazifalari 
5. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy o‘rta va 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun zamonaviy fan va texnika 
rivojini hisobga olgan holda kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida o‘quv 
materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilg‘or 
xorijiy tajribani samarali tatbiq etishdan iborat. 
6. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari 
quyidagilardan iborat: 
o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari hamda 
ularning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash; 
o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor, moddiy va ma’naviy merosga qadriyatli 
munosabatni tarkib toptirish
davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim, 
ko‘nikma va malaka hamda kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish; 
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlantirish
yangi avlod o‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish; 
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini 
shakllantirish; 
umumta’lim fanlarini o‘qitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida 
ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish. 

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin