Leksika: xotira, xotirlash, qadr, qadriyat, qadrlash, yaxshilik, mardlik,
jasorat, fidoyi insonlar, bobom xotiralari, xotira va qadrlash maydoni, mangu
olov, abadiy qoladi kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: O‘tgan zamon hikoya fe’li (1soat). O‘tgan zamon hikoya
fe’lining tuslanishi (1 soat). Ularning bo‘lishsiz shakli (1 soat).
Adabiy o‘qish: Xotira kuni, xotira va qadrlashga oid adabiy matnlar,
rivoyatlar, maqollar, she’rlar.
Nazorat ishi: matn yaratish. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. (1 soat)
44-46-mavzu. Ona shahrim. (3 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: zamonaviy binolar, keng ko‘chalar, chiroyli bekatlar,
ko‘priklar, bozorlar, qadimiy obidalar, turar-joy komplekslari, qurilmoqda,
barpo etilmoqda kabi tayanch so‘z va birikmalar.
Grammatika: Hozirgi zamon fe’llari (1soat). Hozirgi zamon fe’llarining
tuslanishi (1 soat). Ularning bo‘lishsiz shakllari (1 soat).
Adabiy o‘qish: Shahrimiz bilan bog‘liq ma’lumotlar, adabiy matnlardan
parchalar, maqollar va she’rlar.
47-49-mavzu. Dam olish rejasi. (3 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: yozgi ta’til, ta’til rejasi, dam olish oromgohlari, sayohat, tog‘lar
bag‘ri, bolalar oromgohida, dala hovlida, dam olmoqchiman, chiqmoqchi-
man, bormoqchiman, rejalashtiryapman kabi tayanch so‘zlar va birikmalar.
Grammatika: Kelasi zamon fe’llari (1soat). Kelasi zamon fe’llarining
tuslanishi (1 soat). Ularning bo‘lishsiz shakllari (1 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid adabiy matnlardan parchalar, suhbatlar, she’rlar.
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar
Dostları ilə paylaş: