1-3-mavzu. O‘zbekiston – umumiy uyimiz. (3 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: ko‘p millatli, baynalminal markazlar, bir oila farzandlaridek,
ahil va inoq, xalqlar do‘stligi, umumiy uyimiz, yagona Vatan, oila muqaddas
kabi tayanch so‘zlar va so‘z birikmalari.
Grammatika: So‘z birikmasi, uning turlari (1 soat), otli birikmalar va fe’lli
birikmalar (2 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid matnlar, rivoyatlar, maqollar va she’rlar.
4-6-mavzu. Mening tengdoshlarim. (3 soat, A2+ 4 soat)
Leksika: mening tengdoshlarim, maktabimiz faxri, yutuqlarga erishmoq,
yaratilgan imkoniyatlar, iqtidorli yoshlar, iste’dodini namoyon qilish,
barkamol avlod, do‘stlikni qadrlamoq kabi tayanch so‘zlar va so‘z birikmalari.
Grammatika: Moslashuv, boshqaruv, bitishuv (3 soat).
Adabiy o‘qish: mavzuga oid matnlar, suhbatlar, she’rlar.
7-9-mavzu. Ilm – taraqqiyot negizi. (3 soat, A2+: 4 soat)
Leksika: ilm-fan, kitob mutolaasi, kitob - sir-asrorlar kaliti, ilm –
taraqqiyot negizi, qomusiy olimlar, donishmandlar, buyuk alloma, kashfiyot,
bebaho boylik, kelajak uchun poydevor kabi so‘zlar va so‘z birikmalari.
Grammatika: Gap, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (2 soat), tuzilishiga
ko‘ra turlari (1 soat).
Adabiy o‘qish: ilm haqidagi matnlar, rivoyatlar, maqollar, she’rlar.
Nazorat ishi: bayon. (1 soat)
Xatolar ustida ishlash. (1 soat)
182
10-11-mavzu. O‘zbek tilshunoslari. (2 soat, A2+: 3 soat)
Leksika: tilshunoslar, qomusiy tilshunos olim, o‘zbek adabiy tili
asoschisi, o‘zbek tilining rivojlanish bosqichlari, o‘zlashgan so‘zlar, atamalar,
imlo qoidalari, lug‘at boyligi kabi so‘zlar va so‘z birikmalari.
Dostları ilə paylaş: |