Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


I.  BOLA – UCHQUR XAYOL EGASI



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

I. 
BOLA – UCHQUR XAYOL EGASI 
(12 soat, A2+:8 soat ) 
 
2-4-mavzu. G‘afur G‘ulom. “Shum bola” qissasi. (3 soat, A2+: 5 soat) 
G‘afur G‘ulomning hayoti va ijodi haqida qisqacha annotatsia. 
“Shum bola” qissasida topqir, hozirjavob bola obrazining hajviy talqin 
etilishi. Hayotiy hodisalarga kulgi nazari bilan qarash, qissada yozuvchining 
tarjimai holiga doir unsurlarning ifodalanishi va bu holning yozuvchi ijodiy 
uslubiga xos xususiyat ekanligi. Asar tilidagi xalqchillik, jamiyatning turli 
tabaqalariga xos jihatlarning mohirona tasvir etilganligi.
5-6-mavzu. Turob To‘la. “Do‘nan” hikoyasi. (“Yetti zog‘ora” qissasidan)
(2 soat, A2+: 3 soat) 
Turob To‘laning hayoti va ijodi to‘g‘risida ma’lumot.
Adibning “Yetti zog‘ora” qissasida bolalik xotiralari bilan bog‘liq 
voqealarning ifodalanganligi. “Do‘nan” hikoyasida hikoyachi bola obrazi. Uning 
Do‘nan laqabli otga bo‘lgan muhabbati va bu muhabbat tasviri orqali bola ruhiy 
olamiga xos bokiralik, samimiylik, sadoqat tuyg‘ularining tasvir etilganligi. 
Hikoyaning tarbiyaviy ahamiyati. 
7-10-mavzu. X. To‘xtaboev. “Sariq devni minib” romani. (4 soat, A2+: 6 
soat).
X.To‘xtaboevning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot.
Roman qahramoni – Hoshimjon sarguzashtlarining obraz tabiati bilan 
uyg‘unligi. Hoshimjondagi yalqovlik va intizomsizlik qusurlarining qahramon 
taqdirini nojoiz yo‘llarga solib yuborganligi va bu holning ta’sirchan ifodalanishi. 
Roman qahramoni tabiatidagi quvnoqlik, topqirlik, hozirjavoblik, 
qo‘nimsizlik singari xislatlarning asar voqealari rivojidagi o‘rni. Qalpoqcha 
yordamida “ulg‘aygan” va turli ixtisoslikni “egallagan” Hoshimjonning har safar 
chuv tushishi sabablari, qahramon tabiatining yoqimli va noxush jihatlari hamda 
ular o‘rtasidagi aloqadorlik. Asar tilining o‘ziga xosligi.

Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin