Ўзр вазирлар Маҳкамасининг


Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi



Yüklə 1,12 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/209
tarix06.04.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#93890
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   209
Ona tili DTS va o\'quv dasturi 6.11.2017y

 
Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: 
A2 
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy adabiyot namunalari (nasriy, she’riy, 
dramatik asar yoki ulardan olingan parcha)ni farqlaydi va tahlil qila oladi; 
badiiy tasvir vositalarini farqlay oladi, ularni berilgan matndan topadi va 
tahlilda foydalana oladi; 
asarda tasvirlangan insoniy his-tuyg‘ular xususida fikr yurita oladi; 
asar qahramonlari xarakteriga xos fazilat va nuqsonlarga munosabat bildiradi, 
baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab xulosa chiqara oladi; 
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy adabiyotga oid asar va uning 
qahramonlariga yozma hamda og‘zaki tavsif bera oladi; 
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z 
bilan ifodalab bera oladi.
A2+ 
asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyati va yozuvchi mahoratini baholay oladi; 
adabiy janr imkoniyatlaridan kelib chiqadigan badiiy-estetik hodisalarga 
mustaqil va ijodiy munosabat bildira oladi; 
asarlarga annotatsiya, hamda kichik xabarlar yoza oladi; 
nutqning ma’no turlari: tavsif, hikoya qilish va mushohadaning o‘ziga xos 
jihatlarini tushuna oladi. 
 
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat)
Nazorat ishi: Test. (1 soat)
Takrorlash: (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2 soat)
 
 25-26-mavzu. Usmon Nosir. “Yurak”, “Nil va Rim”, “Monolog” 
she’rlari. (2 soat, A2+: 4 soat)
Usmon Nosirning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. Shoirning adabiy 
merosi. Shoir she’rlarida tabiat go‘zalliklari bilan pokiza qalbli inson tuyg‘ulari 
o‘rtasidagi hamohanglik. Usmon Nosir she’rlarida odamning go‘zallikka munosib 
bo‘lishi ulkan bir istak sifatida ifodalangani. 
“Yurak” she’rining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. She’rdagi tuyg‘u va fikr 
parvozi. She’rning ohangdorligi. “Nil va Rim” she’ri – erk madhiyasi ekanligi. 
She’rda tarixga – ozodlik va mustaqillik uchun olib borilgan asriy kurash 
sahifalariga murojaat qilib, insoniy erk uchun kurashning abadiyligi va 
davomiyligi masalasining yuksak ifoda etilgani.
“Monolog” she’rida sevgi mavzuining o‘ziga xos talqini. Shoir uslubidagi 
ichki shiddatli ritm va keskinlik, o‘xshatish va jonlantirishlarning originalligi. 
Shoirning betakror so‘z qo‘llash mahorati. Usmon Nosir lirikasining faqat 
o‘zigagina xos bo‘lgan qirralari. 
92 



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin