xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va
jahon adabiyoti namunalari (nasriy,
she’riy asar yoki ulardan olingan parcha)ni farqlaydi va tahlil qila oladi;
badiiy tasvir vositalarini farqlay oladi;
asarda tasvirlangan insoniy his-tuyg‘ular xususida fikr yurita oladi;
badiiy asarda aks etgan voqelikni estetik tahlil qila oladi;
asar qahramonlari xarakteriga xos fazilat va nuqsonlarga munosabat bildiradi,
baholay oladi, ularni hozirgi kun bilan qiyoslab xulosa chiqara oladi;
xalq og‘zaki ijodi, mumtoz, zamonaviy va jahon adabiyotiga oid asar va
uning qahramonlariga yozma hamda og‘zaki tavsif bera oladi;
musiqa yoki rangtasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qila oladi va so‘z
bilan ifodalab bera oladi.
A2+
asarning g‘oyaviy-badiiy xususiyati va yozuvchi mahoratini baholay oladi;
adabiy janr imkoniyatlaridan kelib chiqadigan badiiy-estetik hodisalarga
mustaqil va ijodiy munosabat bildira oladi;
asarlarga annotatsiya hamda kichik xabar, lavhalar yoza oladi;
notiqlik san’atida reja va vaqt me’yorining ahamiyatini tusha oladi.
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat)
Takrorlash: (1 soat)
Nazorat ishi: Test. (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2 soat)
O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan
asarlar:
Fuzuliy. G‘azallar.
Robindranat Thakur. “Suba” hikoyasi.
Sergey Yesenin. She’rlar.
Mavzularni o‘rganish uchun – 48 soat (A2+: 74 soat).
Nazorat ishlari uchun – 12 soat (A2+: 16 soat).
Takrorlash uchun – 4 soat.
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi – 4 soat (A2+: 8 soat).
Dostları ilə paylaş: