Estetika nazariyasi Reja: Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/11
tarix07.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#94613
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
7-mavzu. Estetika nazariyasi



Estetika nazariyasi 
Reja: 
1. Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati. 
2. Falsafa tarixida estetik qarashlar evolyusiyasi. Estetika kategoriyalari. 
3. Estetika va dizayn. Xalq amaliy san’atining estetik jihatlari. 
4. San’atning estetik mohiyati. 
 
1. Dunyoni estetik idrok etishning mohiyati. 
Nafosat falsafasi yoxud Estetika eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch 
ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Biroq u o’zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha 
bu fanning asosiy muammosi bo’lmish go’zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at 
turlariga bag`ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o’z aksini topgan 
edi. «Estetika» atamasini birinchi bo’lib olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714—1762) 
ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug` olmon faylasufi G. Leybnits (1646-1716) 
ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi.
Leybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga: aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg`uga bo’ladi 
va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o’rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha 
aql-idrokni o’rganadigan fan – mantiq, iroda-ixtiyorni o’rganuvchi fan esa – axloqshunoslik 
(etika)ning falsafada ko’pdan buyon o’z o’rni bor edi. Biroq his-tuyg`uni o’rganadigan fan falsafiy 
maqomda o’z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u «his qilish», 
«sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» 
so’zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo’shliqni to’ldirdi. 
Endi Nafosat falsafasi fanining mohiyatini anglatadigan «san’at falsafasi» va «go’zallik 
falsafasi» iboralariga to’xtalamiz. Nafosat falsafasi tarixida birinchi ibora tarafdorlari ko’pchilikni 
tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o’tganimizdek, san’at bu fanning yagona tadqiqot ob’ekti 
emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni 
go’zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu fan shug`ullanadi. 
Demak, uning qamrovini san’atning o’zi bilangina chegaralab qo’yishga haqqimiz yo’q. Zero 
bugungi kunda inson o’zini o’rab turgan barcha narsa-hodisalarning go’zal bo’lishini, har qadamda 
nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz 
uchadigan samolyot, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan 
dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog`lar – hammasidan nafis bir ruh 
ufurib turishi lozim. 
Estetika bir tomondan, san’atning paydo bo’lishidan tortib, uning turlari-yu janrlarigacha, 
san’at asarining ichki murvatlaridan tortib, san’atkorning ijodkorlik tabiatigacha bo’lgan barcha 
jarayonlarni o’rganadi. Ikkinchi tomondan, san’at uchun umumiy qonun-qoidalarni ishlab 
chiqadi va tadbiq etadi. Uchinchi tomondan esa, san’at asarini idrok etayotgan kishi ruhidagi 
o’zgarishlarni nafosat nuqtai nazaridan tadqiq qiladi. 
Shunday qilib, nafosat san’atni to’la qamrab oladi va uning ich-ichiga kirib boradi: badiiy 
asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi – idrok 
etuvchiga etib borgunigacha bo’lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ulardan 
nazariy xulosalar chiqaradi. Zero «San’at falsafasi» iborasining siri ana shunda. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin