Bir million dasturchi” loyihasi doirasida ta’lim olayotganlar soni 200 ming nafardan ortdi



Yüklə 486,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix07.04.2023
ölçüsü486,2 Kb.
#94639
1   2
Maqolaga sharx - Ibrohimov H

Mohinur QUDRATULLAYEVA



“Bir million dasturchi” maqolasiga Sharh 
Yurtimizda farzandlarimizni kuchli, bilimli aqlli va zukko, 
jaxon standartlariga talab beradigan bilimli yoshlar bo‗lib 
tarbiyalanishida yurtimizda ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. 
O‘zbekistonda boshlang‘ich ta‗lim va ta‗limga zamonaviy yondashuv 
ta‗lim jarayonini aniq vositalar yordamida samarali tashkil etish 
hozirgi davr talabidir. Yurtimizda qo‗yilgan o‗quv maqsadlarga 
muvaffaqiyatli erishish natijalarini kafolatlash bugungi kunda biz 
pedagoglarning oldimizda turgan muhim vazifalarimizdan biridir. 
Hozirgi kunda maqsadimiz va istaklarimiz uchun turli dasturlash 
tillarini o‗rganishimiz kerak. Yurtimizda umum ta‗lim maktablarimiz 
zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari bilan 
to‗liq jihozlangan. Hozirgi kunda ta‗lim jarayonida interfaol metodlar 
va axborot texnologiyalarini o‗quv jarayonida qo‗llashga bo‗lgan 
qiziqish kundan –kunga ortib bormoqda. Bunday bo‗lishning 
sabablaridan biri shu vaqtgacha an‗anaviy ta‗limda o‗quvchilar faqat 
tayyor bilimlarni egallashga o‗rgatilgan bo‗lsa, zamonaviy 
tehnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini 
o‗zlari qidirib topish va mustaqil o‗rganish, fikrlash, tahlil qilish hatto 
yakuniy hulosalarni ham o‗zlari keltirib chiqarishga o‗rgatadi. 
O‗qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi , shakllanishi bilim olishi 
va 
tarbiyalanishiga 
sharoit 
yaratadi 
va 
shu 
bilan 
birga 
boshqaruvchilik funksiyasini rivojlantiradi.
Yurtimizda AITI sohasi kundan kunga rivojlanib bormoqda. 
Maktablarimizda o‗quvchilar informatika darslarini chuqur o‗rganib, 
amaliy va nazariy tarzda o‗rganib kelmoqda. AITI Parklar, o‗quv 
markazlari tashkil etilmoqda. Ko‗plab loyihalar ishlab chiqilib 
o‗quvchilarni 
bilimlarini 
rivojlantirish 
ularning 
inteluktual 
solohiyatlarini oshirish yo‗lida ko‗plab musobaqalar, 
startap 
loyihalar 
tashkil etilmoqda. ―Bir million dasturchi‖ loyihasi ham shular 
jumlasidandir.
 Mart oyining yakuniy holati bo‗yicha respublika miqyosida 
uzbekcoders.uz portali orqali ro‗yxatdan o‗tib, ―Bir million dasturchi‖ 


loyihasi doirasida tastartaplim olayotganlar soni 200 ming nafardan 
ziyodni tashkil etdi. ―Bir million dasturchi‖ loyihasi doirasida 
bitiruvchilar salmog‗i bo‗yicha yuqori natijalarni ko‗rsatgan Karmana 
tumanidagi 2-maktab hamda Qo‗ng‗irot tumanidagi 39-maktabga 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‗asi — ―Spark‖ avtomobili 
topshirildi. Aytish joizki, dasturiy mahsulot va raqamli xizmatlarni 
taqdim etish uchun qulay shart-sharoit yaratish, ularni ichki hamda 
tashqi bozorga olib chiqish, innovatsion ishlanmalarni rag‗batlantirish 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning muhim 
shartlaridan biridir. Shu ma‗noda, O‗zbekiston Hindistonning axborot 
va texnologiya kompaniyalari bilan birgalikda dasturiy ta‗minotni 
ishlab chiqish, startaplarni jadallashtirish bo‗yicha qator loyihalarni 
yo‗lga qo‗ydi. 
Texnika va kommunikatsiya asrida insonlarning dunyoqarashi, 
fikri kun sayin o‗zgarib bormoqda. Bugungi kunda ularni 
hayratlantirish, turmush tarzini butkul o‗zgartirib yubora oladigan 
loyihalarni ishlab chiqish ham qiyinlashyapti. Buning asosiy 
sabablaridan biri, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan faol foydalanishi, dunyoda ro‗y berayotgan 
yangiliklar, voqea-hodisalardan tez xabardor bo‗lishidir. Shunga ko‗ra, 
sohada yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularda ijodkorlik, 
kreativlikni yanada rivojlantirish maqsadida yangi loyihalar ishlab 
chiqilmoqda. Bu loyihalar ularning iste‗dodi, ixtirolari hamda 
g‗oyalarini hayotga tatbiq etishda muhim rol o‗ynaydi. 
Yaqindagi chiqqan Prezident qarori bilan AITI sohasida 
o‗qiydigan yoshlarga ta‗lim kreditlari ajratilishi haqida hukumat qarori 
79-son 27.02.2023 yil bilan iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 
ta‗lim kreditini moliyalashtirish jamgarmasi hisobidan nodavlat ta‗lim 
tashkilotlarining o‗quv kurslarida ta‗lim olayotgan talabalarga ta‗lim 
kreditlari ajratish tartibi to‗grisida nizom tasdiqlandi. Bu esa biz 
talabalarga yanada ko‗proq imkoniyatlar yaratadi. Biz talabalar esa 
berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yanada o‗z ustimizda 
ishlashimiz talab etiladi.
810/22 Guruh talabasi Ibrohimov Hayitmirza Qaxramon o‘g‘li 

Yüklə 486,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin