183
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz sanoati aholining sifatli mebel, gilam
mahsulotlari, engil avtomobillarga bo’lgan ehtiyojini to’liq ta’minlay oladi.
Yurtimizda televizorlar, kondistionerlar va ekologik xavfsiz
muzlatgichlar ishlab
chiqarish hajmi sezilarli darajada o’sdi. Trikotaj mahsulotlari, oyoq kiyimlar
tayyorlash va engil sanoatning boshqa tarmoqlari yuqori sur’atlar bilan rivojlanib
bormoqda.
Agar 2000
yilga qadar, o’tish davrining ob’ektiv shart-sharoitlari tufayli,
aholining asosiy nooziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabi va ta’minoti pasaygan
bo’lsa, so’nggi o’n yillikda bu boradagi ko’rsatkichlarda barqaror o’sish
tendenstiyasi kuzatilmoqda.
Bu jarayonda uy xo’jaliklari eskirgan va noquylay maishiy va
elektrotexnika
buyumlaridan voz kechib, yangi, zamonaviy, sifat jihatidan eski
buyumlardan keskin farq qiladigan mahsulotlarni tez sotib olmoqda.
Qayd etilgan davrda mutlaqo yangi mahsulotlar paydo bo’ldi. Bugun ularni
xonadon egalari katta qiziqish bilan sotib olmoqda:
raqamli televizor va
fotoapparatlar, sun’iy yo’ldosh antennalari va mobil telefonlar, DVD pleyerlar,
kompyuter va unga qo’shimcha qurilmalar, noutbuklar
va boshqa elektron
texnikalar, qurilish materiallarining yangi turlari, qadoqlash buyumlari va boshqa
ro’zg’or ashyolari shular jumlasidandir. Shunisi e’tiborliki, xonadonlarning
zamonaviy maishiy va elektrotexnika bilan ta’minlanish sur’atlari
yurtimizning
barcha hududlarida bir maromda, mutanosib tarzda o’sib bormoqda (9.4-jadval).
Dostları ilə paylaş: