25-BILET
1. Elektr xavfsizlik choralari.
2. 0,4 m/s
2
tezlanish bilan tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan jismning
ma’lum vaqtdagi tezligi 9 m/s ga teng. Jismning shu vaqtdan 10 s oldingi tezligi
qancha bo‘lgan?
3. Ikki silindrsimon jism ustida yotgan chizg‘ich 4 cm oldinga suriladi. Jismlar
qancha masofaga harakatlanadi?
202
26-BILET
1. Ideal gaz holatining tenglamalari. Izojarayonlar.
2. 12 V kuchlanishga mo‘ljallangan 6 kW quvvatli elektroliz qurilmasida
2 soat davomida qancha kumush moddasi yig‘iladi?
3. Telefon ko‘rayotganda boshingizni to‘g‘ri tuting!
Insonning bosh qismi 5 kg atrofida bo‘ladi, 15° egilsangiz, bosh 12 kg yukka
aylanadi, 30° da 18 kg, 45° da 22 kg, 60° da 27 kg yuk bilan bo‘yin umurtqalariga
og‘irlik tushadi. Savol: telefon ko‘rayotganda boshning egilishi inson salomatligiga
ta’sir qiladimi?
27-BILET
1. Yerning sun’iy yo‘ldoshlari.
2. Po‘lat sim uchlariga 8·10
7
Pa mexanik kuchlanish qo‘yilganda qanday
nisbiy uzayish bo‘ladi? Po‘lat uchun Yung moduli 200 GPa.
3. Po‘lat ignani yog‘lab, suvli idishga solinganda u cho‘kmasdan suzib yuradi.
Agar elektrlangan ebonit tayoqchani yaqinlashtirilsa, igna qanday harakat qiladi?
28-BILET
1. Quyosha va Oy tutilishi.
2. 4 m/s tezlik bilan yugurib ketayotgan 40 kg massali bola 1 m/s tezlik bilan
harakatlanayotgan 20 kg massali aravachani quvib yetib, uning ustiga chiqib oldi.
Aravachaning bola bilan birgalikdagi tezligi qancha?
3. Qisqa tutashish natijasida simlar yonib ketdi. Nima uchun simning yongan
qismini zanjirdan uzmasdan uni suv yoki o‘t o‘chirgich bilan o‘chirish mumkin emas?
29-BILET
1. Rezistorlar. Reostatlar.
2. Massasi 200 g bo‘lgan alyuminiy qozonda 1,5 l suvni 20°
C dan
qaynagunicha isitishi uchun qancha issiqlik miqdori kerak?
3. Qayiqning oqim bo‘ylab suzganida sarflagan vaqti
shunday
masofada
oqimga
qarshi
suzganda
sarflagan
vaqtidan 3 marta kam bo‘ldi. Qayiqning oqim
bo‘ylab
suzish tezligi oqimga qarshi suzish tezligidan necha
marta katta bo‘lgan?
202
30-BILET
1. Jismlarning o‘zaro ta’siri. Kuch.
2. Induksiyasi 0,4 T bo‘lgan magnit maydonga induksiya chiziqlariga tik
ravishda elektron uchib kirdi. Unga ta’sir etuvchi kuch 0,64 pN bo‘lsa, uning tezligi
qanday bo‘lgan?
3. Nima uchun yuqoridan tushayotgan tomchilar shar shaklida bo‘ladi?
Dostları ilə paylaş: |