O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYA VAZIRLIGI
ANGREN UNIVERSITETI
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Maktabgacha ta’lim muassasida applikatsiya ishiga o’rgatishning
vazifalari va turlari
Bajardi:
Aynakulova Mamura Abdugafurovna
Tekshirdi:
G’iyosova Mushtariy Abduganiyevna
Angren 2023
Maktabgacha ta’lim muassasida applikatsiya ishiga
o‘rgatishning vazifalari va turlari
Reja:
1.
Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o‘rgatish.
2.
O‘rta guruhda applikatsiya qilishga o‘rgatish.
3.
Katta guruhda applikatsiya qilishga o‘rgatish.
4.
Tayyorlov guruhida applikatsiya qilishga o‘rgatish.
Maktabgacha ta’lim muassasida applikatsiya ishiga o‘rgatishning vazifalari va turlari
Applikatsiya ishiga o‘rgatishning asosiy maqsadi–tevarak-atrofdagi borliqni tasavvur qilishda bolalarga
yordam berish. Ularda kuzatuvchanlikni rivojlantirmoq, estetik go‘zallik hissini tarbiyalamoq hamda tasvirlab
berish usullarini o‘rgatmoqdir. Bu bilan birga tasviriy faoliyatning eng asosiy vazifasi – ma’lum bir yosh uchun
mos tasviriy materiallari bilan turli xil predmetlarning turli timsollarini yaratish kabi ijodiy bolalarda shakllantirish
amalga oshiriladi.
Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o‘rgatish. Applikatsiya so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib,
«joylashtirish» degan ma’noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turidir. Applikatsiyada
ishlatiladigan ashyo o‘ziga xosligi bilan ajraladi. Qog‘oz, somon, quritilgan o‘simlik o‘ramga joylashtirilib, turli xil
yelim bilan yelimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq – ularga esa tikiladi. Applikatsiya bir xil rangli yoki rangli
bo‘ladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko‘p ranglisi esa go‘zallik. Uni ham buni ham badiiylik bo‘ladi.
Applikatsiyaing chamalash asosiy belgisi bo‘lib hisoblanadi.
Applikatsiya o‘ziga xosligi katta doirachalardan iborat. Rang applikatsiyaning ifodalash darajasini oshiruvchi
vositadir. Shuning uchun applikatsiya ishida ranglarning uyg‘unlashuviga mos tushishi xayoliy va dekorativ
kompozitsiyaning ifodaliligi garmoniyasini izlab topishdir. Applikatsiya qog‘ozda kompozitsion uquvni bilishga
sharoit yaratadi. Tarbiyalanuvchi tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya
predmetning umumiy, tipik va individualdan belgisini ko‘ra olishiga o‘rgatadi, ularni o‘zaro bog‘liqligi, butun,
qismlar, simmetrik chamalash rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma–bosqich ko‘rsatish
malakasini ko‘rsata oladi.
Мaktabgacha ta’lim muassasasida applikatsiya mashg‘ulotlari birinchi kichik guruhdan boshlab olib boriladi.
Bu guruhda barcha mashg‘ulotlarda bolalar kattalar tomonidan qilib berilgan tayyor shakllarni qog‘ozga to‘g‘ri,
turli xil joylashishda terib chiqib va yopishtirshga
qaratilgandir. Bu guruhda asosiy vazifa - bolalarni
yelimlash usullarini o‘rgatishdir.
Кattalar uchun oddiy hisoblangan, bu malaka qator harakatlarni
ketma-ket bajarishdan iborat bo‘ladi, ya’ni mo‘yqalamni to‘g‘ri
ushlab, unda ozgina yelim olish, shaklni teskarisi bilan qo‘yib,
yelimni butun shaklga tekis qilib surib chiqish, surayotgan chap
qo‘lining barmog‘i bilan shaklni tutib turish, so‘ng mo‘yqalamga
ehtiyotkorlik bilan
qo‘yib, shaklni sekin
rang tomoni bilan o‘girib, qog‘oz varag‘ining kerak joyiga qo‘yish va
salfetka yordamida sekin bosish, chetlaridan chiqib ketgan ortiqcha
yelimni sekingina artib olish. Bu yoshdagi bolalarga ana shu
harakatlarni egallab olish, albatta oson emas. Eng sodda shakl -
kvadrat va doira uning uchun shu shakllardan ishni boshlash lozim. Yil
davomida bolalar shu shakllarni nomini to‘g‘ri aytishni egallab olishlari lozim. Lekin butun yil davomida
o‘tkaziladigan applikatsiya mashg‘ulotlarida faqat shu shakllar bilan kifoyalanib qolish bo‘lmaydi. Bu guruhda
bolalarda dastlab bir; keyin 2-3 qismdan tuzilgan predmetlarni (qo‘ziqorin, bayroqcha, qorbobo, uy)
yopishtirishga o‘rganadilar. Shuningdek, yil oxiriga borib bolalar olti-yetti xil rangni qizil, ko‘k, sariq, yashil,
jigarrangni to‘g‘ri aytib berishlari lozim. Bu guruh bolalariga qaychi berilmaydi, chunki bolalarning qo‘l harakati
yetarli taraqqiy etmagan va hali qurish nazorati yetarli bo‘lmaganligi sababli bolalar qo‘lidagi qaychi xavf
tug‘dirishi mumkin.
Kichik guruhda bolalarni applikatsiya qilishga o‘rgatishida ish
uchun
beriladigan materiallar va mashg‘ulotni tashkil etish ahamiyatiga
egadir.
materialning rangi bolalarni dikkatini tortib ularni chalg‘itadi.
Shuning
uchun dastlabki mashg‘ulotlarda material alohida paketlarda,
tushuntirilib bo‘lgandan so‘ng tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni
tushuntirib bo‘lganidan so‘ng material tarqatilib, bolalar materialni
topshiriqqa mos ravishda kesmaga terib chiqadilar. Tarbiyachi
dastlab
elementlarni qo‘yib chiqilganini tekshiradi, shundan keyingina
bolalarga yelim ishlatish uchun beriladi. Bu guruhda tarbiyachi
bolalar
bilan naturani kuzatish namuna bilan birgalikda olib borish kerak.
namunani ko‘rsatish jarayonida tarbiyachi shaklning rangini aniq
atash va
barmog‘i bilan uni ko‘rsatib, shu shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko‘rsatib beradi. Tarbiyachi tomonidan
ishni bajarilishini ko‘rsatib berilishi, bolalarni turli malaka va o‘quvini vujudga kelishida muhimdir. shuningdek,
tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko‘rsatib boradi. Qanday shaklni oldi, qanday ishlab qo‘yib yelim surtdi va
boshqalar. Tarbiyachi o‘zining har bir harakatini so‘z bilan birgalikda olib boradi.
Kichik maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar esa tayyor shakllarni va ularning rangini bir-biriga moslab,
tanlab yopishtiradilar. Juda yaxshi estetik effekt bilan qilingan ishlar, ayniqsa dekorativ bezaklar guruh xonasini
bezatish mumkin. Shunday qilib, olib borilgan tekshirish ishlari shuni ko‘rsatadiki, yaxshi uyushtirilgan
appilikatsiya mashg‘ulotlari, bolalarni boshqa mashg‘ulotlarga, dekorativ, predmetli va syujetli mashg‘ulotlariga
ijobiy ta’sir etadi. Bolalarda sensor madaniyat oshadi, qo‘l bilan tahlil qobiliyati o‘sadi va badiiy didlari
shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: |