AMIR TEMUR O`GITLARI ASOSIDA O`SIB KELAYOTGAN YOSHLARDA VATANPARVARLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH YO`LLARI
“ZAMONAVIYTA’LIMTIZIMINIRIVOJLANTIRISHVAUNGAQARATILGANKREATIVG‘OYALAR,TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 1-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www .
bestpublication. uz 19
intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar,
хorijiy tillar va zamonaviy aхborot teхnologiyalari boʻyicha mustahkam bilimlarni
shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlangʻich bilimlarni singdirish;
notiqlik va yetakchilik hislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur
Vatan himoyachilarini, shuningdek, Qurolli Kuchlar va davlat хizmati uchun kadrlar
rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va iхtisoslashtirilgan
ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash.
O‘tgan qisqa davr mobaynida bobokalonimiz buyuk Sohibqiron Amir
Temurhazratlarining tabarruk nomi, hayoti va mislsiz jasoratlarga to‘la faoliyati
xalqimiz ma’naviy dunyosining ajralmas qismiga aylanib ulgurgani shundan bir dalolat gavdalanadi. Amir Temur siymosi bugungi davrda nafaqat tariximizni gavdalantiradi, uning o`gitlari jamiyat boshqaruvida, uni shakllantirishda tajriba sifatida as qotadi. Bobokalonimiz Sohibqiron Amir Temurning suvrati va siyrati haqida ko‘plab tarixiy asarlarda ma’lumotlar uchraydi. Buyuk o‘tmishimizga daxldor bunday ma’lumotlarda Amir Temur siymosining nafaqat jahongir, qudratli davlat asoschisi, balki barkamol shaxs sifatidagi ulug‘vor ishlari ham gavdalanadi. Amir Temur shaxsi yosh avlodni vatanga muhabbat va yurtparvarlik
ruhida tarbiyalash uchun ham buyuk ibrat namunasi bo'lib xizmat qilayotir. Amir Temur
shaxsini idrok etish–tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash–o‘zligimizni
anglash demakdir. Amir Temurni ulug‘lash–tarix qa’riga chuqur ildiz otgan
tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizni,
ishonchimizni mustahkamlash demakdir. Shaxsan men Sohibqiron bobomiz bizga meros
qilib qoldirgan "Tuzuklar"ni o‘qisam, xuddiki o‘zimga qandaydir katta ruhiy kuch-
quvvat topgandek bo‘laman.Har bir satri bir umr el-yurt, saltanat tashvishi bilan
yashagan fidoyi inson, ulkan davlat arbobining keng miqyosdagi o‘y-fikrlari, hayot va
kurash tajribasi, mushohadasi, ba’zan esa dardli va iztirobli kechinmalari bilan
sug‘orilgan bu asarda qanday teran ma’no mujassam ekanini ma’rifatli, zukko kitobxon
yaxshi anglaydi, albatta.
Amir Temurning davlatchilik va diplomatiya, harbiy mahorat, bunyodkorlik
salohiyati, ilmu fan, san’at va me’morchilikka oid qarashlari, hayotning ma’no-
mazmuni, insonni ulug‘laydigan ezgu ishlar haqida bildirgan fikrlari, dinu diyonat va
adolatni joyiga qo‘yish, saltanat ishlarini kengash va tadbir asosida amalga oshirish, har
bir masalada uzoqni ko‘zlab, el manfaatini o‘ylab ish tutish bilan bog‘liq ibratli
fazilatlarini alohida ta’kidlash o‘rinlidir. Aynan mana shunday masalalar Sohibqiron
tafakkurining mahsuli bo‘lgan "Temur tuzuklari" asarida har tomonlama aniq, ishonarli
va ta’sirchan tarzda yoritilgan, desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Bugungi murakkab va
tahlikali davrda bu kitobni qayta-qayta mutolaa qilish, uning mag‘zini chaqish birinchi
galda rahbar, yetakchi bo‘lishdek mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga olgan odamlar