Basharti, termoyader energetikasi mavjud bo‘lganda u barcha mezonlar
bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallagan bo‘lur edi. Hali u yaratilgani yo‘q, shunchaki
talab xolos. Murakkab texnikaviy va texnologik vazifalar hal etilishi lozim.
O‘zbekistonda ishlab chiqarishni elektrlashtirish borasida juda katta ishlar
amalga oshirilishi tufayli yildan yilga elektr energiyasi ishlab chiqarish
ko‘paymoqda. Agar 2000 yilda 46 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan
bo‘lsa, 2001 yilda 48 mlrd. kVt/soatga yaqin elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Respublikada olimlar va energetika sanoati mutaxassislari “O‘zbekiston
elektroenergetikasining taraqqiyot konsepsiyasini“ ishlab chiqqan edilar. Bu
konsepsiyaga binoan 2010 yilda 96 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab
chiqarilgan. Bunday o‘sishning asosiy qismi issiqlik elektr energiyasi tayyorlash
hisobiga bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: