A. I. To’rayev, F. F. Axrorov, M. M. Rahmatov



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/56
tarix09.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95294
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56
 
 
 
 


53 
6-MAVZU. SALJUQIYLAR DAVLATINING 
BOSHQARUV TIZIMI VA HARBIY, SIYOSIY TARIXI 
 
Reja: 
1. Saljuqiylat davlating vujudga kelishi. 
2. Saljuqiylar davlatining davlat boshqaruv tizimi. 
3. Saljuqiylar davlatining harbiy san’ati. 
4. Saljuqiylar davlatida harbiy unvon va mansablar. 
5. Saljuqiy hukmdorlarning hukmronlik yillari. 
Tayanch iboralar: 
Saljuq, suboshi, Tug’rulbek, Malikshoh, manglay, avanggard, otabek, 
amiri xoris, javshan tenure, Chug’rul, оmil, Devoni istifo, G’iyosiddin 
Muhammad. 
 
Saljuqiylar davlatining siyosiy tarixi. 
Saljuqiylar sulolasi turkiy o’g’uz qavmining qiniq urug’i yoki 
qabilasidan chiqqan bo’lib, hozirgi Janubiy Qozog’iston hududlariga 
to’g’ri keluvchi Sirdaryoning o’rta oqimidan Talas vodiysigacha, 
Sirdaryoning quyi oqimlarida ko’chib yuruvchi etnik guruhlar bo’lgan. 
Manbalarning ma’lumotlar berishicha, bu sulolaning paydo bo’lishi 
qiniq qabilasi vakili bo’lgan, Saljuq nomi bilan bog’liq edi. X asrning 
o’ratalarida o’g’uzlar Yabg’usining xizmatida bo’lib, yirik harbiy 
unvon-“Suboshi” unvoniga savozor bo’ladi. Bu haqida Mahmud 
Qoshg’ariy “Saljuq Su-boshi” deya ma’lumot beradi.
1
X asrning 
ikkinchi yarmida ko’plab o’g’uz qabilalari o’z davlatlarini tuzdilar.
2
Saljuqiylar X asr oxirlarida dastlab Nurota tog’lari hududlariga ko’chib 
keladilar. Bu o’g’uzlarning boshlig’i Saljuqbekning nabiralari aka-uka 
To’g’rulbek Muhammad va Chug’rulbek Dovud edilar.
Qoraxoniy turklar XI asrning 20-yillariga borib o’g’uzlarni siqib 
qo’yishdi natijada ular boshqa yerga ko’chib ketishga majbur bo’ldilar.
O’g’uzlarning rahbari Mahmud G’aznaviyga murojaat qilib Xuroson 
hududiga o’rnashishga ijozat so’raydilar. Buning evaziga Mahmud 
qo’shiniga yordam berish majburiyatini oladilar. Mahmud ularga 
Shimoliy Xurosondagi Saraxs va Obivard oralig’idagi hududga 
1
Эшов.Б. Ўзбекистон давлатчилиги ва бошқаруви тарихи. -T.: 2012. -Б.185. 
2
Воҳидов.Ш, Қодиров.А. Шарқнинг машҳур сулолалари. -T.: 2013. -Б.154. 


54 
joylashishga ruxsat beradi. Vohada 4000 oila kelib joylashdi. Ular 
ortidan o’g’uzlarning boshqa guruhlari kelib o’rnashdilar, ushbu 
jarayon ayniqsa Mahmud vafotidan so’ng kuchaydi. Ma’sud 
hukmronligining dastlabki yillarida Xurosonda turk aholisi ancha 
ko’paydi.
Natijada janggovar ko’chmanchilar va o’troq aholi o’rtasida 
to’qnashuvlar yuz berdi. Yildan yilga saljuqiy sarkardalar Ma’suddan 
yangi hudud talab qila boshladilar. 
1035-yili Xurosonda vaziyat keskinlashdi. Saljuqiy o’g’uzlarga 
qarshi Ma’sudning o’zi saralangan qo’shin bilan yurish boshladi. Lekin 
o’g’uzlarning qo’li baland keldi. Ma’sud ularga Niso, Farova va 
Dehistonni berishga majbur bo’ldi. Yuqoridagi hududlar ham 
saljuqiylarni qoniqtira olmadi, ko’p o’tmay Marvni talab qilishdi. 
Bunga javoban Ma’sud ularga qarshi qo’shin jo’natdi. Bu safar ham 
G’aznaviylar qo’shini tor-mor bo’ldi, shundan so’ng Saljuqiylar 
Nishopurni jangsiz egallashdi va o’sha yerda To’g’rulbek nomiga xutba 
o’qildi. 
1038-yil Saljuqiylar davlati tashkil topgan sana bo’lib 
hisoblanadi. To’g’rulbek 1038-yilda 3 ming kishilik qo’shin bilan 
deyarli hech qanday qarshiliksiz Nishopurni egallaydi.
1
Lekin 
G’aznaviylarga qarshi kurash davom etadi. Ma’sud ularni Nishopurdan 
quvib chiqarishga erishdi. Keyin Ma’sud o’zi katta qo’shin bilan yurish 
boshladi. Qo’shinda fillar bo’lishiga qaramay askarlar orasida yakdillik 
yo’q edi. 1040-yil may oyida bo’lgan Dandanakon jangida 
G’aznaviylar qo’shini qaqshatqich zarbaga uchradi. Ma’sudning o’zi 
bir amallab qochib qutuldi. Dandanakon jangidan so’ng Xuroson 
Saljuqiylar qo’liga o’tdi: To’g’rulbek Nishopur taxtiga chiqdi. 
Chug’rulbek esa Marvda taxtga o’tirdi. G’aznaviylar takibida esa 
G’azna va Panjob qoldi. To’g’rulbek 1055-yilda Bag’dodni oldi. Endi 
Abbosiylar Saljuqiylarga tobe bo’lib qoldi shundan so’ng Xuzustonni 
egalladi. Natijada butun Eron Saljuqiylar qo’li ostiga o’tdi. 1054-yilda 
Ozarbayjon va Eronni egallagan Ravvodiylar To’g’rulbek 
hukmdorligini tan oldi. 1056-yil Iroqdan Movounnahrgacha bo’lgan 
hududda vabo tarqaldi. 1058-yili Kare va Malatyani egallashdi. 1059-
yil Chug’rul vafot etdi. To’g’rulbek umrining oxirigacha butun 
1
Shamsuddinov.R, Karimov.Sh. Vatan Tarixi, -T.: “Sharq”, 2010. -B.202. 


55 
mamlakat hukmdoriga aylandi. 1062-yilda Fors va Sheroz egallandi. 
Saljuqiylar davlati hududi Amudaryodan Frotgacha bo’lgan hududlar 
bilan chegaralandi.
1
To’g’rulbek vafot etgach uning o’g’il farzandi 
bo’lmaganligi tufayli uning jiyani Alparslon (1061-1072) davrida 
g’olibona yurishlar davom etdi. Ammo mamlakatning eng kuchaygan 
davri Alparslonning o’g’li Sulton Malikshoh (1072-1092) nomi bilan 
bog’liq. 1089-yil Malikshoh qo’shinlari Farg’ona vodiysini egallab 
Sharqiy Turkistonga bordi. Davlatning inqirozi esa Sulton Sanjar nomi 
bilan bog’liq. To’g’rulbek davridayoq Kermonda Saljuqiylar davlati 
(1041-1187) tashkil topdi, keyinroq Kichik Osiyoda ham Saljuqiylar 
davlati tarkibiga qo’shib olindi.
1092-yili, Malikshoh vafot etgach toj-u taxt uchun kurash avj oldi. 
Malikshohning xotini Turkon xotun ko’plab sarkardalarni o’z tomoniga 
og’dirib to’rt yashar o’g’li Mahmudni hukmdor bo’lishiga erishdi. 
Biroq Malikshohning boshqa xotinidan tug’ilgan o’g’li Barqiyog’rug’ 
taxtga chiqdi. Uni vazir Nizomulmuk tarafdorlari qo’llab-quvatlagandi. 
Shu tariqa Saljuqiylar davlatida ikki hukmdor paydo bo’ldi: Mahmud 
Isfahonda Barqiyog’rug’ Rayda hukmdorlik qildilar va o’z nomlaridan 
tanga zarb qildirdilar. 1094-yil Mahmud tarafdorlari qirib tashlandi. 
Barqiyog’rug’ vafot etgach (1118) Malikshohning tirik o’g’illari Sanjar 
va Muhammad davlatni ikki qismga bo’lib oldilar. Saljuqiylar davlatida 
isyon va g’alayonlar boshlanib ketdi. Bu isyon va g’alayonlar 
hokimiyat tepasiga 1118-yilda- “Ulug’ saljuqiylar”ning eng so’nggi 
vakili Suton Sanjar (1118-1157) kelgach tinchidi.
2
1117-yili 
G’aznaviylar bo’ysundirildi o’lpon to’lashga majbur qilindi. 
Saljuqiylar davlati uch qismga bo’lindi. Sharqiy: Movarounnahr, 
Xorazm, Xuroson G’arbiy: Iroq va Ko’niyo (Kichik Osiyo) 
sultonliklariga bo’linib ketdi. 1122-yil Gruzin shohi Dovud IV 
Saljuqiylar qo’shinini yengib Tbilisini egalladi. 1131-yili Mahmud 
vafot etgach taxt uchun kurash avj oldi. 1134-yilda To’g’rul 
o’ldirilgach keyin taxtga ukasi Ma’sud (1134-1152) o’tirdi. 1137-yilda 
Qoraxoniylar Eloqxoni Mahmud Qoraxitoylardan yengilgach o’zining 
oily hukmdori bo’lgan Sulton Sanjarni yordamga chaqirdi. Nihoyat 
ittifoqchilar qo’shini 1141-yili sentabr oyida Samarqand yaqiniga kelib 
1
Воҳидов.Ш, Қодиров.А. Шарқнинг машҳур сулолалари. -T.: “Академия”, 2013. -Б.156. 
2
Shamsuddinov.R, Karimov.Sh. Vatan Tarixi, -T.: “Sharq”, 2010. -B.204. 


56 
birlashdilar ammo Qoraxitoylarning hujumi natijasida Sulton Sanjar 
boshchiligidagi qo’shinlar mag’lubiyatga uchraydilar natijada sultonlar 
sultoni deb ulug’langan Sulton Sanjarning obro’siga o’nglanmas putur 
yetdi. 1153-yilda Balx shahri atroflarida yashovchi O’g’uzlar 
qo’zg’olon ko’tardilar. Qo’zg’olonga sabab qilib soliqlarning 
oshirilgani aytiladi. Saljuqiylarning so’nggi yirik vakili Sulton Sanjar 
Balx O’g’uzlaridan yengilib asir olinadi. Uch yillik asirlikdan so’ng 
1156-yili taxtga qaytadi. Ammo biroz vaqt o’tgach 1157-yilda xastalik 
bilan vafot etdi. 1194-yilda Xorazmshohlar hukmdori bo’lgan Takash 
sharqiy va g’arbiy Saljuqiylar davlatini tugatdi.
1
Faqatgina Ko’niyoda 
(Kichik Osiyoda) Saljuqiylar davlatining bir qismi saqlab qolindi. 
1308-yilda Saljuqiylar davlati butunlay tugatildi. Ushbu davlat o’rnida 
butun g’arb olamida mashur bo’lgan Usmoniylar imperiyasi tashkil 
topdi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin