Ashiniylar sulolasi davrida davlat boshqaruv tizimi. Xoqon-turk xoqonligida davlatning oliy hukmdori unvoniga ega
bo’lgan. Xoqonlik nasldan naslga o’tib kelgan.
Elxon-Bumin xoqon jujanlar ustida qozonilgan to’la g’alaba
sharafiga “elxon” unvoni bilan boshqargan.
Tavachi-hukmdorning
muhim
topshiriqlarini
bajaruvchi
yordamchisi, saroy amaldorlarni ustidan nazoratchi. Dele (teginlar)-taxt vorisi yoki valiahd shahzodalar ular ma’lum
bir hududni boshqarishgan.
Abag’asi-xoqonning amakisi va maslahatchisi hisoblanadi.
Cho’r-xoqonlik g’arbidagi o’n o’q qabila ittifoq dulu (tulis)
qabila urug’lari sardori G’arbiy qanot amaldorlarini rahbari
hisoblangan vazir darajasidagi amaldor.
Erkin-o’n o’q qabilalar ittifoqining besh nushibi urug’i sardorlari.
Sharqiy qanot amaldorlarini rahbari hisoblangan vazir darajasidagi
amaldor. Fuli (ya’ni bo’ri)-xoqonning tan soqchilar guruhi. Ag’achi-xoqonlikda xazinachi vazifasini bajaruvchi.
Imga-mol(soliq) yig’uvchi amaldor.
Otachi-tabiblar shunday atalgan.
Qam-Kohin, duoxon. Toyin-toyun- budda jamoasida rohiblar shunday unvonga ega
bo’lgan.
Damochi(tamg’achi)-xoqonlikka kelgan xatlarni nazorat qilgan
va saqlagan
(arxivchilar). Xitoy sayyohi Syuan Szyan Sharqiy Turkistonning vassal
hukmdorlar xatlarini xoqonga bergan paytda xoqon xatlarni diqqat
1
Ўзбекистон миллий енсиклопедия. -T.: 2000. -Б.687.
9
bilan kuzatgan va ko’zdan kechirgan ularni “damochi” (tamg’achi) deb
ataluvchi kishiga saqlash uchun topshirganini yozadi.
Yalavas-elchi, xon bilan hududni bog’lab turuvchi xonning
buyruqlarini xalqqa yetkazuvchi kishi.