Asosiy va yordamchi turlar assortimenti
• O'rmonlarning o'sishi va iqtisodiy sharoitlarini
hisobga olgan holda asosiy turlar belgilanadi.
Ignabargli va aralash o'rmonlar zonasi uchun
asosiy turlar sifatida qarag'ay, qoraqarag’ay,
tilog’och va kedr, yaproqbargli o'rmonlar zonasida
va
o'rmon-dasht
zonasida
-
qarag'ay,
qoraqarag’ay, eman, terak, dasht zonasida -
qarag'ay, eman, qayrag’och, terak, oq akatsiya.
Janubiy mintaqalarda eman, yongʻoq, bodom,
pista, oʻrik, shumurt kabi turlar ekiladi. Unumdor
tuproqlarda aralash o’rmonlar hosil qilinadi.
• Madaniy o’rmonlarning optimal zichligi
o’rmon o’sish sharoiti, madaniy o’rmon
turlariga bog’liq va o’rmonlarni qayta tiklash
bo’yicha mintaqaviy ko’rsatmalarga asosan
amalga oshiriladi. Agarda katta hajmdagi ekish
materialidan foydalanilsa, ekish joylari 1,5-2
barobarga qisqaradi. Madaniy o’rmon ekish
ishlari odatda 1-3 yoshdagi urug’ko’chatlari
yoki 4-5 yoshdagi ko’chatidan (ayrim turlarda
urug’I yoki qalamchasidan bo’lishi mumkin)
ekib barpo etiladi.
Urug’idan madaniy o’rmon ekish
• Madaniy o'rmonlarni urug’idan ekish asosan
zich o't qoplami bo'lmagan va ildizbachkili
yaproqbargli turlar o'smagan ochiq joylarda,
shuningdek, katta urug'li (eman, yong'oq,
kashtan) turlarning o'rmonlarini barpo etishda
qo'llaniladi. Urug'lar sepiladi va jo’yaklarga
qator qilib ekiladi. Hayotning birinchi yillarida
noqulay ob-xavo va boshqa turli sabablarga
ko'ra ekilgan o'simliklarning bir qismi nobud
bo'lishi mumkin. Bunday holda, madaniy
o’rmonlarni to’ldirish ishlari amalga oshiriladi.
|