Imtihon javoblari


 O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/31
tarix11.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#96249
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
huquq-2021

 
2. O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini 
qonunga xilof ravishda egallash.
O‗qotar qurol, o‗q dorilar, portlovchi moddalar portlatish qurilmalarini o‗ғrilik yoki 
firibgarlik yo‗li bilan qonunga xilof ravishda egallash 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari 
yoki 2 yildan 6 yilgacha ozodlikni cheklash yohud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish 
bilan jazolanadi. (JK, 247-modda). 
 
19-BILET 
1. DXX va uning vazifalari
O‗zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati huquqni muhofaza qiluvchi 
organlar 
tizimining 
muhim bo‗g‗inidir. U O‗zbekiston Respublikasining 
konstitutsiyaviy tizimi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi manfaatlarini tashqi va ichki 
tahdidlardan himoya qiluvchi 
vakolatli organ sifatida faoliyat yuritadi. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning 2018- yil 14- martdagi “O„zbekiston Respublikasining davlat xavfsizlik 
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi farmoni bilan O‗zbekiston 
Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O‗zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik 
xizmatiga aylantirildi. Bunda har qanday, hatto kichik ko‗lamdagi muammo ham 
mamlakatning milliy xavfsizligiga dahli bordek bu maxsus xizmat masalalari doirasiga 
kiritilishi va uning vakolatlarini haddan tashqari kengaytirib yuborilishiga yo‗l 
qo‗ymaslik farmonda nazarda tutilgan muhim jihatlardandir. Davlat xavfsizlik xizmati 
davlat ahamiyatidagi haqiqiy tahdidlarnigina o‗z vakolat doirasida deb qarashi hamda 
ularning oldini olish, aniqlash va ularga qarshi kurashishni o‗zining maqsad va 
vazifasiga aylantirishi bu farmonda belgilab qo‗yilgan. Ya‘ni, ushbu farmon xavfsizlik 
xizmati sohasidagi tub islohotlarga asos soldi deb aytsa bo‗ladi. O‗zbekiston 
Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati 2018- yil 5- aprelda qabul qilingan ―Davlat 
xavfsizlik xizmati to‗g‗risida‖gi qonun asosida faoliyat yuritadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati quyidagi vazifalarni amalga 
oshiradi: 


- mamlakat davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya 
qilish. Bu sohadagi qonunbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va barham berish. Bu 
borada razvedka va kontrrazvedka faoliyatini amalga oshirish
- mamlakat davlat chegaralarini qo‗riqlash va himoya qilish; 
- davlat xavfsizligiga va manfaatlariga tahdid solishi mumkin bo‗lgan millatlararo irqiy 
va diniy adovatga sabab bo‗lishi mumkin bo‗lgan buzg‗unchilik faoliyatining oldini 
olish, aniqlash va barham berish
- terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik kabi illatlarning oldini olish, aniqlash 
va barham berish; 
- qurol-yarog‗, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy 
muomalasiga qarshi kurashish; 
- davlat siri bilan bog‗liq joylarda bu sirlarning saqlanishi, maxsus aloqa hamda axborot 
xavfsizligini ta‘minlash ustidan nazoratni amalga oshirish; 
- davlat manfaatlari va xavfsizligiga xavf tug‗dirishi mumkin bo‗lgan korrupsiyaga 
qarshi kurash olib borish; 
- iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, tarixiy-madaniy, ma‘naviy sohalarda davlat 
manfaatlari va xavfsizligi bilan bog‗liq hamda o‗z vakolatlari doirasida bo‗lgan faoliyat 
bilan shug‗ullanish. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin