Imtihon javoblari


 Tuhmat nima? Tuhmat qilganlik uchun qanday jazo qo’llaniladi?



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/31
tarix11.04.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#96249
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
huquq-2021

 
2. Tuhmat nima? Tuhmat qilganlik uchun qanday jazo qo’llaniladi? 
Tuhmat qilish, ya‘ni bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydurmalar 
tarqatish shunday harakatlar uchun ma‘muriy jazo qo‗llanilganidan keyin sodir etilgan 
bo‗lsa eng kam oylik ish haqining 200 barovarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha 
ahloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. (JK, 139-modda). 
4-BILET 
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi va uning faoliyati?
O‗zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‗mitasi, Davlat bojxona qo‗mitasining 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‗yicha bosh-qarmalari, 
bojxona komplekslari va bojxona postlaridan iborat bo‗lgan bojxona organlari huquqni 
muhofaza qiluvchi organlardir. Ular O‗zbekiston Respublikasining yagona bojxona 
siyosatini amalga oshirishga mas'uldirlar. Bojxona organlarining asosiy maqsadi 
mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir. Bojxona organlari o‗z 
faoliyatini O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ―Davlat bojxona xizmati 
to‗g‗risida‖gi qonuniga, boshqa qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga amal 
qilgan holda yuritadilar. Bojxona organlarining asosiy vazifalaridan bojxona haqidagi 
qonun 
hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, bojxona to‗lovlarini undirish, bojxona 
sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va ularga chek qo‗yish kabilarni 
ajratib ko‗rsatish mumkin. So‗nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar bojxona 
sohasini ham chetlab o‗tmadi. Natijada mamlakatimizda tubdan yangilangan, 
zamonaviy, xalqaro andozalarga mos bojxona tizimi yaratilmoqda. 2.Fuqaroning 
shaxsiy huquqini paymol etish 
2.Fuqaroning shaxsiy huquqlari va erkinliklarining paymol etilishi, deganda nima
tushuniladi? 
Davlat hokimiyatni amalga oshirish usullari va uslublari tizimiga siyosiy tartibot 
deyiladi. Mamlakatdagi siyosiy vaziyat, ya`ni jamiyatdagi siyosiy erkinlik darajasini 
aynan siyosiy tartibot belgilaydi. Hokimiyat ustida turgan siyosiy kuchlarning davlatni 


boshqarishdagi kullaydigan usullari va uslublarining yaxlit tizimi siyosiy tartibot deb 
ataladi. Siyosiy tartibot asoslari ikki xil bo‗ladi: 
1.Demokratik. 
2.Nodemokratik. 
Demokratik tartibot 
sharoitida insonning siyosiy va fuqarolik huquqlari hurmat 
qilinadi. Fuqarolar davlat hokimiyat idoralarini to‗zishda va ularning faoliyatida 
faolishtirok etadilar. Demokratik hokimiyatning yagona manbai xalq irodasi
bo‗ladi. «Demokratiya» - yunoncha «xalq hokimiyati» degan ma‘noni anglatadi. 
Agar davlatda demokrtik tartibot xukmron bo‗lsa, bu davlatda fuqarolar umume‘tirof 
etilgan 
huquq va erkinliklardan tula foydalanadilar, davlat esa ularni har 
tomonlama kafolatlaydi va ximoya qiladi.
Demokratik tartibot 
belgilari: 
1) shaxsning iqtisodiy jihatdan erkin bo‗lishi; 
2) Inson va fuqaro huquqlari erkinliklarining e‘tirof kilinishi va kafolatlanishi; 
3) Davlat boshqaruvi ozchilikning kupchilikka buysunishi tamoyil asosida amalga 
oshirishi; 
4) Hokimiyat vakolatlarining o‗ulinishi; 
5) Ijtimoiy xayotda fikrlar xilma-xilligi (pluralizm), 
ijtimoiy-siyosiy 
birlashmalarning kupligi;
6) Qonun ustuvorligi
Ishtirok etish orqali o‗zlari iloji boricha kuprok a‘zolarini hokimiyat idoralariga 
kiritishga harakat qiladilar. Demokratik saylovda galaba kilgan siyosiy partiyalar 
hukumatni tuzish va o‗z siyosatini o‗tkazish huquqiga ega bo‗ladilar. Demokratiyaga 
zid tartibot - nodemokratik tartibot deb ataladi. Bunday tartibotda davlat idoralari 
demokratik tamoyillar va qoidalarga rioya etmaydilar. Aksincha, ularni doimo yoki tez-
tez bo‗zadilar. O‗z-o‗zidan ma‘lumki, bunday siyosiy tartibotda fuqarolarning huquq va 
erkinliklari poymol etiladi, kupol ravishda bo‗ziladi,ba‘zan juda shafkatsizlik bilan 
muxolifat bartaraf etiladi. Ba‘zida esa parlament singari demokratik institutlar yo‗q 
qilinadi. 

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin