bo`lib, aksmonopoliya siyosati bunga yordam berishi kerak.
Aksmonopoliya siyosatining ta`siri haqida xulosa qilib shuni aytish
mumkinki, samarali iqtisodiyot yirik monopolistik iqtisodiy tuzumga qarshi kurash
va monopol harakatlarning oldini olish hamda raqobat ta`sirini kuchaytirishni talab
etadi. Aksmonopoliya siyosatida qonunchilik byudjet va banklarning moliyaviy
harakatlari bilan to`ldiriladi. Bir tomondan, soliq oldida barcha xo`jalik
ishtirokchilari bir xil tenglikka ega bo`lsa, ikkinchi tomondan, alternativ ishlab
chiqarish yaratilib, mayda va o`rta korxonalar uchun soliq sohasida ma`lum
imtiyozlar bo`lmog`i zarur.
Bozor munosabatlari ta`siri kuchayib borishi bilan raqobat ham o`z mazmunini
o`zgartirib boradi, ya`ni takomillashadi. Albatta hozirgi davrdagi raqobat holati,
uning ta`sir etish mazmuni oldingi bozor raqobatidan tubdan farq etadi. Sobiq
sho`ro bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobat juda stixiyali, shafqatsiz ta`sirda bo`lib,
uni haqiqatan ham "yovvoyi raqobat" deb atashadi. Nomiga yarasha ta`sir
mazmuniga ham ega edi. Hozirgi davrda davlat ta`siri, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
darajasi "yovvoyi raqobat" bilan "madaniylashgan raqobatni" yuzaga keltirgan.
Lekin "yov-voyi raqobat" faqat o`tgan davr uchun xos, deb bo`lmaydi.
Madaniylashgan raqobat aralash iqtisodiyot sharoiti uchun xos bo`lib, sekinlik
bilan asosiy raqobatga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: