68
ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonining majburiy elementi ishlab
chiqarish xarajatlarining asosiy qismi hisoblanadi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlari uch guruhga bo‘linadi:
ishlab chiqarish zaxiralari;
tugallanmaganishlabchiqarishvayarimtayyormahsulotlar;
kelgusi davr xarajatlari.
Ishlab chiqarish zaxiralari - ishlab chiqarishning uzluksiz davom etishi uchun
zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari xomashyo, asosiy va yordamchi materiallar,
yoqilg’i, ko’mir , gaz, torf, mazut ,xarid qilinuvchi yarim tayyor mahsulotlar,
butlovchi qismlar, qadoqlash va o‘rov materiallari, ehtiyot qismlar, yoqilg’i-
moylash materiallaridan iborat mehnat predmetlari.
Xom ashyo deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma’lum darajada
mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir qadar o‘zgargan mehnat bo’yumiga
aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xomashyo tayyor mahsulot yoki yarimfabrikat
hosil qiladi
Xomashyo resurslarini xomashyodan farq qilmoq kerak. Xomashyo
resurslariga mamlakatdagi foydali qazilma konlari, o‘rmon maydonlari, uy
hayvonlari va shu kabi tabiiy boyliklar kirsa, ular qazib chiqarilgan yoki ishlab
chiqarish uchun mehnat sarflangandagina (Mehnat vositasi yordamida ovlangan
hayvonlar, qazib olingan ma’danlar, kesilgan daraxtlar va boshqalar) xomashyoga
aylanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: