segmentlari uchun qulay va arzon bo’lgan usuliga aylantirish g’oyasi yotadi.
Bozorning globallashuvi mamlakatlar va ayrim hududlarning o’z
chegaralaridan tashqarida faoliyat ko’rsatishga intilishiga aytiladi.
Bu haqda
savdoning liberallashuvi, investitsion to’siqlarning olib tashlanishi,
erkin
tadbirkorlikning paydo bo’lishi va boshqalar dalolat beradi. Yirik korxonalar
doirasida esa globallashuv ichki bozor chegaralaridan chiqish va jahon bozorini
o’zlashtirishga umumiy yondashuvning shakllanishini bildiradi. Bularning hammasi
shunday
xulosaga olib keladiki, zamonaviy marketing yo’nalishlari va
tendentsiyalari korxona darajasida muvaffaqiyatli amalga oshirish uni boshqarish
konsepsiyasi sifatida qabul qilish, funksiyalararo koordinatsiyaning rivojlanishi va
qarorlarni qabul qilish, korporativ madaniyatni takomillashtirish bo’yicha
funksiyalararo guruhlarning yaratilishini talab qiladi.
Ishonchimiz komilki, marketing kelajagi aynan
ana shu konsepsiya bilan
bog’liq. Ba'zi bozorlarda esa u allaqachon ustunlik qilmoqda. Dorilar, o’yinchoqlar,
oziq-ovqat mahsulotlari, sport jihozlari, kompyuterlar
va boshqalarni ishlab
chiqarishni misol sifatida keltirishimiz mumkin.
Bundan buyon iste'molchilar bozorda uyushgan kuch tarzida namoyon
bo’ladilar. Bu esa tovar ishlab chiqaruvchilar faoliyatida ancha qiyinchiliklarga olib
keladi.
Konsyumerizm, qisqacha qilib aytganda, iste'molchilarning o’z huquqlarini
himoya qilishi yo’lidagi harakati deb tushuntiriladi. Bunda iste'molchilarning
harakati iqtisodiy evolyutsiyaning mahsuli sifatida,
ishlab chiqaruvchilar
iqtisodiyotidan iste'molchilar iqtisodiyotiga, sotuvchilar bozoridan xaridorlar
bozoriga o’tish sifatida qaraladi. Konsyumerizm
marketing konsepsiyasiga
ishonchsizlik bildirmaydi, balki uning amaliyotda real tadbiq etilishini talab qiladi.
Tabiiy resurslarning cheklanganligani anglab olish va iste'mol va
marketingning
atrof-muhitga
ta'siridan
tashvishlanishni
ifodalovchi
Dostları ilə paylaş: