tashkil etilishi mumkin.
Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo‗lib,
nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat‘iy belgilab olinadi va maxsus dastur
doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi.
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulq-
atvoriga ta‘sirini o‗rganish maqsadida bevosita
ichkaridan kuzatuv tashkil
qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o‗sha guruh yoki oila
hayotiga tabiiy ravishda
qo‗shiladi vazimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda
kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo‗l bilan olingan
ma‘lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qiymatli bo‗lsa, ikkinchi
tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo‗lsa, o‗zi ham guruh
hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim hodisalarni
subyektiv ravishda qayd
etadigan bo‗libqolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish
buning aksi – ya‘ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan
chetda bo‗ladiva faqat bevosita ko‗zi bilan ko‗rgan va eshitganlari asosida
xulosalar chiqaradi.
Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, rofessional ko‗rsatgichlarni qayd
qilishda so‗zsiz afzalliklari bor, lekin, shu bilan birga kuzatuvchinitsg rofessional
mahorati, kuzatuvchanliga, sabr-qanoatiga bog‗liq bo‗lgan
jihatlar, yana tulangan
ma‘lumotlarni subyektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo‗lgani uchun ham biroz
noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda
ishlatiladi. Umuman kuzatish vositasida ma‘lumotlar to‗lashga qaror qilgan kimsa
har doim ham aniq kuzatuv
obyektini ajratib olishi, undan nimalarni
kutayotganligini tasavvur qilishi, kuzatuv daftarini tutib, kuzatilayotgan odam
yoki guruhning faoliyatini mahlum muddat davomida
bosqichma-bosqich izchil
tarzda qayd qilib borishi, izlanishlari nihoyasida esa barcha to‗langan
mahlumotlarni psixologik jihatdan tahlil qila olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: