GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) ISSN (E): 2347-6915 Vol. 10, Issue 6, June (2022) 364
adabiyot, musiqa kabi sohalar, nihoyatda rivojlandi. O‘rta Osiyo renessansi ta’siri Xuroson va
Hindiston, hattoki, Yevropa mamlakatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
“Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan
biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-
ne buyuk, zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy
sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning
tarixan eng yuqori bosqichiga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘
allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi”[1]– deb
ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov.
Amir Temur tomonidan Turonzaminda uyg‘onish davrining ikkinchi boshqichini boshlab
berilganligini to‘laqonli o‘rganilishi mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Yurtboshimiz
aytganidek, “Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o‘rganish, uning ma’no-
mazmunini farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamiz, birinchi galda ziyolilarimiz, butun
jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo‘lishi shart”[1].
ASOSIY QISM
XIII asr boshida mo‘g‘ullar hujumi natijasida o‘ta tushkun ahvoldagi madaniy hayot XIV
asrning ikkinchi yarmiga kelib asta-sekin jonlana boshladi.
Samarqand bu davrda Temur davlatining markazi sifatidagina emas, balki Sharq va G‘arbdagi
madaniy jihatdan eng rivoj topgan olim fozillari, madrasalari, bozorlari, bog‘u-rog‘lari bilan
turli o‘lka vakillarini o‘ziga jalb etuvchi muhim ma’naviy markazga aylandi.
Islom dini bu davrda Amir Temur va Temuriylar siyosatida, mamlakatdagi ma’naviy birlik,
madaniy yuksalish, adolatni o‘rnatish va saqlash ishiga qaratildi. Islom dini asosida
shakllangan tasavvuf olimlari, ayniqsa, naqshbandiya bu davr ma’naviyatining g‘oyaviy asosi
bo‘lib xizmat qildi. Naqshbandiya islomga tayangan holda insonning axloqiy poklikka,
mehnatga, intilishga va bilim egallashga keng yo‘l ochib beruvchi g‘oyalarni targ‘ib qilib,
ma’naviy-ijtimoiy hayotda muhim ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bahouddin Naqshband, Yoqub
Charxiy, Xoja Muhammad Porso, Xoja Ahror kabi naqshbandiya nazariyotchilavri shu davrda
yashab ijod etdilar.[2]
XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asrda Amir Temur va Temuriylar, Shohrux, Ulug‘bek, Husayn
Boyqaro davrlarida Movarounnahr va Xuroson islom doirasidagi mafkuraviy erkinlik,
madaniyatga e’tibor ilm-fan, adabiyot, san’atning tez rivoj topishiga olib keldi. Samarqandda
rasadxona qurilib, Ulug‘bek ilmiy maktabi shakllandi, aniq fanlar rivojida katta yutuqlar qo‘lga
kiritildi. Qozizoda Rumiy, Koshiy, Ali Qushchi kabi olimlarning asarlari butun musulmon
olamiga mashhur bo‘ldi. Gumanitar – ijtimoiy fanlar va rassomlik, xattotlik oliy cho‘qqilarga
ko‘tarildi. Jomiy, Behzod, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond Xondamir kabi mashxur adib,
rassom, tarixchilarning nomlari boshqa o‘lkalarda ham tez ma’lum bo‘ldi. Fors tili o‘z mavqeini
saqlagan xolda adabiyotda turkiy tilning roli kuchayib ketdi[3].
Bu davrda turkiy tildagi she’riyat sultoni Alisher Navoiy ijod etib, o‘zining dostonlari, ilmiy-
tarixiy asarlari bilan madaniyat tarixida o‘chmas iz qoldirdi.
Temuriyzoda shahzodalardan biri Shohrux Mirzo davrida Xurosonda siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy
va madaniy jihatdan ancha rivojlandi, ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Masjidlar,
madrasalar, xonaqolar, rabotlar, sardobalar, qishloq va qo‘rg‘onlash qurilib, mazkur qurilishlar