Innovasiyalar vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 249,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix13.04.2023
ölçüsü249,3 Kb.
#97295
  1   2
G\'aznachilik yagona axborot tizimi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA 
INNOVASIYALAR VAZIRLIGI 
 TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

 90K-2 GURUH TALABASI QARSHIBOYEVA SEVARANING
GAZNACHILIK FANIDAN 
 MUSTAQIL ISHI 
 
 
 
 
 
 
 

Toshkent 2023 


G‘aznachilik yagona axborot tizimining takomillashuvi 
Hozirgi kunda davlat budjeti daromadlari va xarajatlari kassa ijrosi 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligining O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankida ochilgan hisob-kitob raqami hamda hududiy 
g‘aznachilik bo‘linmalari uchun ochilgan hisob-kitob raqamlari orqali amalga 
oshirilmoqda. Bunday tartibda faoliyat yuritish uchun uslubiy va texnikaviy asos 
vazifasini “G‘aznachilik” deb nomlangan maxsus majmuaviy dastur xizmat 
qilmoqda.
“Davlat moliyasini isloh qilish” majmuaviy dasturining turli modullari 
orasida tegishli informatsiyalar bilan almashinuv jarayonlari modullararo 
mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu mexanizmlar paketning o‘zak 
qismida hamda modul tizimining alohida sozlash tizimlarida joylashtirilgan. 
Modul paketining o‘zak qismi normativ-spravochnik tipidagi informativ blokka 
ham ega. Ushbu informativ blok negizida bajariladigan operatsiyalar 
klassifikatori, G‘aznachilik hamda bank bo‘linmalari haqidagi spravochniklarda 
saqlab qo‘yiladi. 
“Daromadlarni boshqarish” moduli yordamida davlat budjetiga kelib 
tushadigan soliq to‘lovlari va boshqa xil majburiy to‘lovlarning turlari va qaysi 
bir budjetga tushirilishi lozimligiga qarab ro‘yxatga olib borish, belgilab 
qo‘yilgan normativlarga muvofiq turli darajali budjetlarga tushiriladigan 
mablag‘larning kundalik taqsimlanishi haqida ma’lumotlar olish, Yagona g‘azna 
hisobraqamiga tushayotgan mablag‘lar haqidagi kundalik ma’lumotlarni jamlash, 
budjetga kundalik kelib tushgan soliq to‘lovlari va ularning taqsimoti haqida 
ma’lumotlar bilan tanishib borish mumkin bo‘ladi.
Davlat budjet(lari)ning kirim qismiga tushadigan mablag‘lar jumlasiga 
amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq joriy etilgan soliq to‘lovlari hamda 


boshqa xildagi majburiy to‘lovlar (ular haqidagi to‘liq ma’lumot “G‘aznachilik” 
dasturining spravochniklarida saqlanadi) kiritiladi. Soliq to‘lovchi sub’ektlar 
budjetga tushiriladigan mablag‘larni barcha bank bo‘linmalarida amalga oshirishi 
mumkin, o‘z navbatida mazkur bank bo‘linmalari qabul qilingan mablag‘larni 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Toshkent shahridagi Bosh 
boshqarmasi Hisob-kitob kassa markazi (HKM) da ochilgan YaG‘HR ga tegishli 
maxsus hisob-kitob raqamiga o‘tkazib berishi lozim bo‘ladi. Budjetga 
to‘lanadigan to‘lovlar naqd pul ko‘rinishida yoxud pul o‘tkazish yo‘llari bilan 
amalga oshirilishi mumkin. To‘lov operatsiyalari pul o‘tkazish yo‘li bilan 
bajarilganida zimmasidagi majburiyatlarini bajaruvchi sub’ektning zarur 
rekvizitlari (daromadlar kirim qilinadigan shaxsiy hisob-kitob raqamining kodini, 
soliq to‘lovchining identifikatsion raqamini (INN), kirim operatsiyalarining 
administratori (DSI, Bojxona organi)ning kodini, to‘lovlar qachon amalga 
oshirilgani haqidagi ma’lumot, YaG‘HRning hisob-kitob raqami ochilgan agent-
bankning kodini) aks ettirilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining bo‘linmalari 
taklif etilayotgan modul tizimining sozlovchi mexanizmlariga qanday ish 
tartibiga sozlanganiga qarab agent-bank beradigan ma’lumotlarni avtomatik 
tarzda yoki mexanik tarzda bajariladigan operatsiyalar yordamida qabul qilib 
olib, so‘ngra olingan ma’lumotlar tegishlicha tartibda ishlanganidan keyin turli 
darajali budjetlar bo‘yicha taqsimlab berishadi. Tushgan daromadlarni turli 
darajali budjetlar o‘rtasida taqsimlab berish operatsiyasi amaldagi qonunchilik 
normalariga muvofiq daromadlarni budjetlar o‘rtasida taqsimlash normativlariga 
asoslanib tayyorlangan maxsus spravochniklarga tayanib avtomatik tarzda 
bajariladi. Mazkur spravochniklarga g‘aznachilik funktsiyasi hamda budjet 
operatsiyalarini bajarish bilan bog‘liq jarayonlarga taalluqli ma’lumotlarni 
kiritish tizim faoliyatiga “Davlat moliyasini isloh qilish” majmuaviy dasturining 
tadbiq etilishi davrida amalga oshiriladi. Bunda amaldagi qonunchilikka asosan
davlat budjetining daromadiga tushiriladigan mablag‘larni turli darajali budjetlar 
orasida taqsimlab berish normativlari e’tiborga olinadi. Davlat budjetining kirim 


qismiga tushiriladigan mablag‘larni turli darajali budjetlar orasida taqsimlab 
berish jarayonlari amaldagi normativlarga mos ravishda bajarilishi, shuningdek, 
“Davlat moliyasini isloh qilish” majmuaviy dasturining tegishli spravochniklari 
bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘ladigan soliq summalarini to‘g‘ri belgilab berilishi 
ustidan qat’iy nazorat o‘rnatmoq uchun G‘aznachilikning bo‘linmalarida mas’ul 
xodimlar 
tayinlanib, 
ular 
normativspravochnik 
materiallariga 
taalluqli 
o‘zgarishlarni muntazam ravishda kuzatib bormog‘i kerak.
Davlat 
budjetining 
kirim 
qismiga 
tushiriladigan 
mablag‘lar 
G‘aznachilikning YaG‘HR ga kelib tushgani haqida ma’lumot olinganidan keyin 
to‘plangan barcha daromadlar summasi haqidagi ma’lumotlar generatsiyalanib 
(bir erga jamlanib), tahlil qilinadi va shundan keyin jamg‘arilgan mablag‘lar 
darajasiga qarab tegishli budjetlar orasida taqsimlanadigan summalar miqdori 
aniqlanadi, buxgalteriya hisobini yuritish bo‘yicha muayyan operatsiyalar 
bajariladi, avtomatik tarzda G‘aznachilikning YaG‘HR ga kelib tushgan absolyut 
summalar hamda har xil budjetlarga ajratilgan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar 
shakllantirilib saqlab qo‘yiladi.
Ushbu modul G‘aznachilikning YaG‘HR ga kelib tushgan mablag‘larni 
qayd qilish va ular bilan bog‘liq turli xil kassa operatsiyalarini bajarish bo‘yicha 
quyidagi vazifalarni bajarishga imkon beradi:

G‘aznachilikning YaG‘HR ga kelib tushgan kirimlar hisobini yuritish 
(jumladan, kundalik tartibda YaG‘H ga kelib tushgan summalar hamda turli xil 
budjetlarga qaerdan va kimning nomidan kelgani aniqlanmagan mablag‘lar 
haqidagi tegishli ma’lumotlarni tahlil qilish va ishlash);

belgilangan normadan ortiq miqdorlarda ilgariroq budjetga o‘tkazilgan 
mablag‘larni qaytarib berish hamda turli xil budjetlarga qaerdan va kimning 
nomidan kelgani aniqlanmay qolgan mablag‘larni egasini aniqlab qaytarib berish;

soliqning biron bir turi bo‘yicha belgilangan normadan ortiq miqdorlarda 
budjetga o‘tkazilgan mablag‘larni boshqa turdagi soliq to‘lovlari bo‘yicha 


mavjud qarzdorlik hisobiga o‘tkazib tafovut o‘rnini qoplash (amalda bo‘lgan turli 
xil soliq to‘lovlari bo‘yicha balans hosil qilishga xizmat qiladi), shuningdek, 
tasniflanib ulgurilmagan kirimlarni turli xil darajadagi budjetlarga ajratib berish;

mamlakat miqyosida yig‘iladigan soliq va boshqa xildagi majburiy 
to‘lovlarni turli darajadagi budjetlarga o‘tkazib berish imkonini beradi; eng 
muhimi shuki, to‘planadigan mablag‘larni bir xilda quyi darajali budjetdan 
yuqoridagisiga va aksincha, yuqori darajadagi budjetdan quyi darajadagi 
budjetlarga o‘tkazib bera oladi;

o‘zaro hisob-kitoblarni qayd etish asosida barcha kassa operatsiyalari 
haqidagi ma’lumotlarni jamlash uchun qulaylik tug‘diradi, bunday imkoniyatning 
yaratilishi oqibat natijada aniq maqsadga yo‘naltirilgan loyihalar bo‘yicha 
xarajatlarni amalga oshirish vaqtida tomonlarning o‘zaro hisobkitoblarini qayd 
etish imkonini beradi;

dastur ish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni aniqlab 
tuzatish imkonini ham beradi;

budjetga kelayotgan kirimlarni hamda ularni qaytarib berish bilan bog‘liq 
kassa operatsiyalari bo‘yicha turlicha hisobot tayyorlanadi, shuni hisobga olib 
turib turli xil hisobotlarni tayyorlash mumkin bo‘ladi;

modul tizimi negizida normativ-spravochnik ma’lumotlarini o‘rnatish va 
sozlash imkonini beradi (ushbu modul asosidagi funktsional vazifalarning 
muvaffaqiyatli bajarilishi uchun yuqorida aytib o‘tilgan spravochniklar tizimga 
kiritib qo‘yilishi kerak);

modul tizimi negizida memorial orderlar haqidagi (jumladan, analitik 
buxgalteriya hisoblariga oid yozuvlar qayd etiladigan jamlangan (yig‘ilgan, 
terma) memorial orderlarning tuzilgan vaqti, qayd qilish raqami haqidagi tegishli 
ma’lumotlarni) spravochnik o‘rnatilishi mumkin; 



buxgalteriya hisoblar rejasining tuzilishi bilan bog‘liq jarayonlar 
(xususan, budjetning kirim qismi bo‘yicha hisobga olinadigan barcha kassa 
operatsiyalarini bajarishga doir turli xildagi analitik materiallarning ro‘yxati)ga 
oid rasmiy yozishma materiallari bo‘yicha spravochnik o‘rnatishga imkon beradi.
Tizim bo‘yicha turli xil ma’lumotlarni qabul qilib olish hamda masofaga 
uzatish uchun maxsus – “Ma’lumotlarni qabul qilib ular bilan ishlash, uzatish” 
deb nomlangan modul ham yaratilgan. G‘aznachilikning turli bo‘linmalari hamda 
agentlik vazifasini bajaruvchi bank tizimi o‘rtasida operativ tarzda kerakli 
ma’lumotlar bilan almashinuv jarayonini yo‘lga qo‘yish uchun maxsus 
kommunikatsiya tizimlari yordamida yoxud kurerlar vositasida ta’minlanadigan 
aloqa tizimi o‘rnatilishi kerak. Bunday aloqa tizimidan foydalanish vaqtida 
agentlik vazifasini bajaruvchi bank tomonidan yozib beriladigan rasmiy 
hujjatlarning ko‘chirma nusxasi G‘aznachilikka elektron variantda yuboriladi. 
Ayni vaqtning o‘zida agentlik vazifasini bajaruvchi bank tomonidan yozib 
beriladigan rasmiy hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini jamlab qo‘yiladigan, 
harakati nazorat qilinadigan va o‘zaro aloqadorlik munosabatlarida bo‘lgan har 
ikki tomondan yuboriladigan rasmiy hujjatlar jumlasiga avtomatik tarzda 
kiritiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan operatsiyalarning avtomatik tarzda bajarilishini 
“Ma’lumotlarni qabul qilib ular bilan ishlash, uzatish” deb nomlangan modul 
ta’minlab beradi.
Davlat budjetining daromad va xarajatlari moddalar bo‘yicha amalga 
oshirilgan kassa operatsiyalariga asoslanib “Bosh kitob” deb nomlangan modul 
tomonidan G‘aznachilikda yuritiladigan Bosh kitobda qayd etilishi uchun alohida 
ma’lumot tayyorlanadi. Bu xildagi ma’lumotlar har kuni kun davomida 
muntazam ravishda G‘aznachilikka yuborib turiladi. G‘aznachilik tarkibiga 
kiruvchi barcha bo‘linmalardan kerakli ma’lumotlarni yig‘ib olganidan keyin har 
kun davomida bir marotabadan jamlangan ma’lumotlar Bosh kitobga qayd etiladi 
va bajarilgan ishlar asosida joylarga tasdiqlangan ma’lumotlar yuboriladi. 
Yaratilgan modul kommunikatsiya tizimidagi aloqalar nisbatan yomon 61 


ishlaganida, 
G‘aznachilikning 
hududiy 
bo‘linmalaridan 
yuboriladigan 
ma’lumotlarning kelishi nisbatan sust kechganida ham bir maromda ishlab 
turishga qodir.
G‘aznachilikning har bir hududiy bo‘linmasidan keladigan, u нerda amalga 
oshirilgan kassa operatsiyalari haqidagi, ma’lumotlarga asoslanib hisobotlarni 
generatsiyalovchi alohida modul yordamida har xil hisobotlar (budjetning 
daromad qismiga kelib tushgan tushumlar, daromadlarni turli xil budjetlar 
o‘rtasida taqsimlanishi, budjetning xarajat qismi bo‘yicha amalga oshirilgan 
operatsiyalar, budjetdan xarajatlari amalga oshirilgan loyihalar haqida, 
shuningdek, har qanday yig‘ma va konsolidatsiyalangan) tayyorlasa bo‘ladi. 
Tadbiq etilayotgan informatsion tizim avval aytib o‘tilgan asosiy funktsiyalardan 
tashqari budjetdan xarajatlari amalga oshiriladigan tashkilotlarga budjetdan 
tashqari manbalardan ajratib beriladigan mablag‘larning qabul qilinishi va 
sarflanishi haqidagi to‘liq ma’lumotlarni avtomatik tarzda hisobga olib 
keyinchalik nazorat qilib borishga imkoniyat yaratib beradi.

Yüklə 249,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin