3
KIRISH
5311000–Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni
avtomatlashtirish va
boshqarish (tarmoqlar bо‘yicha) bakalavriat ta’lim yо‘nalishi–fan va texnika
sohasidagi yо‘nalish bо‘lib, paxta, tо‘qimachilik, yengil va matbaa sanoatida
avtomatlashtirish va boshqarish tizimlarining har xil turlarini ishlab chiquvchi va
ulardan foydalanuvchi korxonalarida kompleks masalalarni yechish; paxta,
tо‘qimachilik, yengil va matbaa sanoati texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish
va boshqarish bо‘yicha ishlab chiqarish, izlash,
tayyorlash, tadqiq qilishga
yо‘naltirilgan inson faoliyati vositalari, usullari majmuasini qamrab oladi.
Ta’lim yо‘nalishi negizidagi mutaxassislikning vazifasi – talabalarda
mustaqil ravishda ishlab chiqarishning ma’lum tarmoqlaridagi texnologik
jarayonlarni avtomatlashtirishning nazariy va amaliy masalalarini yechish, ularga
tegishli turli hisob-kitob ishlarini bajara olish va ularni tо‘g‘ri tanlash bо‘yicha
yо‘nalish
profiliga mos bilim, kо‘nikma va malakani shakllantirish, avtomatik
boshqarish tizimlarining asosini belgilovchi texnologik jarayonlarni va ishlab
chiqarishni avtomatlashtirishga qо‘yilgan talab darajasidan kelib chiqib hisob-kitob
qilish, tо‘g‘ri tanlash, loyiha hujjatlarini tayyorlashni о‘rgatishdan iborat.
AVTOMATLASHTIRISHNING TEXNIK VOSITALARI fani bо‘yicha:
Birlamchi о‘zgartirgichlar –datchiklar. datchiklarga qо‘yiladigan talablar.
Parametrik va generatorli datchiklar (reostatli, sig‘imli, iiduktivli, transformatorli,
optoelektronli, induksionli, pyezoelektrikli, termoelektrikli va boshqalar)
ishlash
prinsipi, asosiy tavsiflari, konstruktiv parametrlari, afzalliklari va kamchiliklari.
Raqamli chiqishli datchiklar.
Kuchaytirgichlar. Modulyatorlar va demodulyatorlar. Asosiy turlari, ish
prinsipi,
tavsiflari.
Kuchaytirgichlarda
teskari
aloqalar.
О‘zgarmas va
о‘zgaruvchan tok kuchaytirgichlarining avtomatik boshqarish tizimlarida
ishlatilishi. Yarim о‘tkazgichli, operatsion,
magnitli tiristorli, elektromashinali,
gidravlik va pnevmatik kuchaytirgichlar.
Relelar. Mantiqiy elementlar. Tuzilishi va ishlatilish vazifalari bо‘yicha
relelarning sinflanishi. Kontaktorlar. Kontaktli va kontaktsiz, yarimо‘tkazgichli,
optik, issiqlik relelarining tavsiflari va konstruksiyalari. Komutatorlar, Asosiy
mantiqiy amallar va ularning avtomatika elementlari va qurilmalarida amalga
oshirilish misollari.
Avtomatik tizimlarning ijrochi elementlari. Ijrochi
elementlarning umumiy
xarakteristikalari va sinflanishi, elektromagnitli ijrochi qurilmalar, elektromagnitli
muftalar, о‘zgarmas va о‘zgaruvchan tokli ijrochi dvigatellar, qadamli va moment
dvigatellari.
Mantiqiy funksiya va mantiqiy qurilma tushuncha. Mantiqiy funksiyalarni
berilish usullari. Bul algebrasining asosi. Mantiqiy elementlar. Mantiqiy
funksiyalarni Karno kartasi yordamida minimizatsiyalashtirish.
Triggerlar, shifratorlar,
deshifratorlar, kod о‘zgartiruchilar, multipleksorlar
va demultipleksorlar, registrlar, sanoq va jamlovchi qurilmalar, matritsa tarkibli
4
dasturlanuvchi
mantiqiy qurilmalar, yarimо‘tkazgichli xotira qurilmalari, raqamli
qurilmalarning nazorati va tashxizlash.
Analog – raqam va raqam – analog о‘zgartiruvchilarda ishlatiladigan
signallarning turi. Analog signalni raqamli signalga о‘zgartirish ketma-ketligi.
Analog-raqam о‘zgartiruvchi qurilmalarning turlari va ularning kо‘rsatgichlari.
Ketma-ket yaqinlashuvli va parallel analog-raqam о‘zgartirish qurilmalari. Raqam-
analog о‘zgartiruvchi qurilma turlari va kо‘rsatgichlari.
Aloqalarning shinali tarkibi. Mikroprotsessor tizimining ish tartiblari.
Mikroprotsessor tizimining arxitekturasi. Mikroprotsessor tizimining turlari.
Mikroprotsessorli
tizim
shinalari
va
almashuv
sikllari.
Magistraldagi
qurilmalarning vazifalari.
Operandalarni manzillash: manzillash usullari, xotirani qisimlash,
bayt va
sо‘zlarni manzillash. Protsessor registrlari. Protsessorning buyruqlar tizimi.
Protsessorda buyruqlarni bajarilishi. Protsessorning tezligi
Mikrokontrollerlarning turlari va tarkibi. Mikrokontrollerning protsessor
yadrosi:
mikrokontroller
protsessor
yadrosining
tarkibi,
mikrokontroller
protsessorining buyruqlar tizimi, mikrokontrollerning sinxronizatsiya sxemasi.
Mikrokontrollerning axborot va dasturlar xotirasi: dasturlar xotirasi, axborotlar
xotirasi, mikrokontroller registrlari, mikrokontroller steki, tashqi xotira.
Dostları ilə paylaş: